Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

Tarqalishi. Rossiyaning Dnepr, Volga, Don, daryolarining tarmoqlari oqadigan 
maydonlar Stavropol baland tekisliklari, Zavoljening yuqori kismlari, O‘rta Osiyo tog‘liklari va 
tog‘ oldi qirlaridagi tuproqlar suv yeroziyasiga uchrab turadi. Sug‘oriladigan maydonlar va 
ularning atrofidagi tuproqlar jarlik yeroziyasi shaklida, suv yeroziyasiga uchragan. 
Qurg‘oqchil o‘lkalardagi, ayniqsa cho‘l va chala cho‘l tuproqlari shamol yeroziyasiga 
uchraydi. SHamol yeroziyasiga uchragan tuproqlar O‘rta Osiyoning cho‘l mintaqasi va qumli 
sahrolarining tuproqlari shamoldan yeroziyalanib, qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltirgan. 
Ba’zan shamol yeroziyasi Qozog‘iston va Ukraina yerlarining 40-50 % maydoniga zarar 
etkazgan. 
Suv yeroziyasi turlari. Tuproqning suv ta’sirida emirilishi ikki xil - yoppasiga va 
uzunasigabo‘ladi. Tuproqning yoppasiga emirilishi eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, nishab yerlarda 
yomg‘ir, qor suvlari tuproqning unumdor qatlamidan, har bir qatlamlikdagi tuproq zarrachalari 
bilan birga oziqaviy moddalarni ham past va tekis joylarga keltirib yotqizadi. Tuproqning ana 
shunday emirilgan qismida oziqaviy moddalar etishmasligi sababli, o‘simliklar nimjon bo‘lib, 
notekis o‘sadi va hosildorlik keskin kamayadi. Kuchli yeroziyalangan maydonlarda esa, ba’zan 
o‘simlik mutlaqo o‘smaydi. Nishabi past yerlarda va emirilish natijasida, oziqaviy 
moddalarning nihoyatda ko‘p to‘planishi sababli, o‘simlik g‘ovlab o‘sadi va hosili kam bo‘ladi 
yoki hosili bo‘lsa ham pishib etilishiga ulgurmaydi. 
Uzunasiga emirilishda esa suv ta’sirida tuproq bo‘ylamasiga chuqur o‘yilib, tuproqning 
unumdor qatlami bilan birga hatto tuproqning ona jinsi ham emirib ketadi. Natijada har xil 
chuqurlik va jarliklar paydo bo‘ladi. 
Sug‘orish (irrigatsion) yeroziyasi sug‘orib dehqonchilik qilinadigan baland-
pastliklarda, ekinlarni sug‘orish texnikasiga etarli rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadi. Bu 
yeroziya tufayli suv jo‘yaklarini yuvib, daladan juda ko‘p miqdorda mayda zarrachalarni oqizib 


49
ketadi, natijada tuproq unumdorligi pasayadi hamda bunday yerlarda o‘simlik yaxshi o‘sa 
olmay uning hosili kamayadi.
Suv yeroziyasi tashqi va ichki omillar ta’sirida kelib chiqadi. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling