Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
O‘simlikshunoslik fanining rivojlanish tarixi
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
O‘simlikshunoslik fanining rivojlanish tarixi Sayyoramizdagi o‘simliklarning xilma-xil bo‘lishi, ma’lum joylarda hayot kechirishi va tashqi muxit omillariga moslashishi xar qaysi o‘simlikning tarixiy rivojlanishida-evolyusiyasida 51 vujudga kelgan. Demak, xar qanday o‘simlik turi o‘z tarixiy evolyusiyasida uni o‘rab olgan tashqi muxit omillarini singdirib, asta-sekinlik va izchillik bilan sharoitga moslashadi. Uning yosh avlodlari ham kelajakda o‘zining o‘sishi va rivojlanishida xuddi shunday sharoitni talab etadi. YUqorida bayon etilgan fikrlar paleontologik dalillar asosida to‘la tasdiqlandi va tasdiqlanmoqda. Masalan, Paleozoy yerasining Silur davrida keng rivojlangan psilofitlar Devon davrida sharoitning o‘zgarishidan yo‘qolib ketgan. Ular o‘rniga yangi sharoitga moslashgan daraxtsimon paporotniklar, moxlar va zamburug‘lar rivojlangan. Mezozoy yerasining Pyerm davrida esa daraxtsimon paporotniklar o‘rniga ochiq urug‘li o‘simliklar, Qaynazoy yerasining Neogen davrida xozirgi zamon yopiq urug‘li daraxtlar, butalar va o‘t o‘simliklar yer yuzini egallab olgan. Oldingi davrlardan saqlanib qolgan va o‘zgargan sharoitga moslashgan o‘simlik turlari kamdan-kam uchraydi. Yer yuzidagi tirik mavjudotlarning rivojlanishida o‘simliklarning roli juda muximdir. Xozirgi vaqtda oziq-ovqat va xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan maxsulotlarni olish maqsadida parvarish etiladigan o‘simliklarning turi ikki mingga borib qoladi. SHu jumladan, g‘alla, poliz va mevali o‘simliklardan oziq sifatida foydalanilsa, g‘o‘za, zig‘ir, kanop va boshqa o‘simliklardan olingan maxsulotlardan to‘qimachilikda, texnikada va qurilish matyeriallari sifatida xalq xo‘jaligining turli soxalarida keng foydalaniladi. Akademik P.M.Jukovskiyning fikricha, xozirda ekilayotgan deyarli barcha madaniy o‘simliklar bizning yeramizdan bir necha ming yillar ilgari xonakilashtirilgan. Bunday o‘simliklar qatoriga bug‘doy, arpa, paxta, sholi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bizning yeramizda esa dexqonchilikka lavlagi, kauchuk olinuvchi xeveya va dori darmon byeruvchi xinin daraxti va boshqa o‘simliklar kiritildi. SHuni ham eslatib o‘tish kyerakki, xozir inson tomonidan foydalanib kelingan ba’zi bir madaniy o‘simliklarning, chunonchi, qovoq, makkajo‘xori, kunjut, banan va boshqalarning qayerda, qanday qilib dexqonchilikka kiritilganligi bizga noma’lum. Eng qizig‘i shundaki, ba’zi bir turlarga boy o‘simlik turkumlaridan dexqonchilikka jami bo‘lib, bir yoki ikkita turi jalb etilgan. Jumladan, 200 turdan tashkil topgan zig‘ir turkumidan dexqonchilikka bir tur, 70 turdan ziyodroq kungaboqardan ikkita, 400 turdan oshiqroq batat yoki shirin kartoshka turkumidan atigi bir turigina xonakilashtirilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Akademik P.M.Jukovskiyning fikricha, ba’zi bir boshoqli g‘alla o‘simliklarini xonakilashtirish jarayoni 15-20 ming yillar ilgari boshlangan. Qadimiy dexqonlar oziq-ovqat uchun eng zarur hisoblangan donli (bug‘doy, arpa), keyinroq mevali, dorivor, tolali va boshqa foydali o‘simliklarni eka boshlaganlar. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra Old Osiyo va O‘rta Osiyo, jumladan Turkmaniston tyerritoriyasida bug‘doy yeramizdan 6000-7500 yillar, arpa 7500-8000 yillar ilgari ham ekib kelingan ekan. Eng so‘nggi arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, qadimiy arpa doni Misrda topilgan, uni bundan 17000 yillar ilgari Nil daryosi xavzasida etishtirilganligi aniqlangan. Qadimiy odamlar tabiatdan yig‘ib olgan yoki o‘zlari etishtirgan donni xom xolida iste’mol qilganlar keyinroq, dondan yorma, un qilishni o‘rganganlar. Birinchi non ham 15-16 ming yillar ilgari qadimiy Misrda yopilgan. Ma’lumki, o‘simliklikshunoslikning rivojlanishi dexqonchilik bilan bog‘liq xolda kechadi. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, dexqonchilik bir joyda paydo bo‘lmasdan Yer yuzining bir qancha joylarida tashkil topgan. Fanning isbot qilishicha, eng qadimiy dexqonchilik markazlari Suriya, Misr, Iroq, Turkiya, Pyeru, Meksika va O‘rta Osiyo tyerritoriyalariga to‘g‘ri kelgan. Inson tabiatdan kyerakli va foydali o‘simliklarni tanlab olgan va bir qancha asrlar davomida sifatini yaxshilash uchun kurashgan. Natijada kyerakli o‘simlik turlari va xillari yaratilgan. Rossiyada o‘simlikshunoslikning paydo bo‘lishi XVIII asrning oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu fanning asoschilaridan biri M.V.Lomonosov (1711-1765) bo‘lib, u 1756 yilda o‘simliklarning 52 havodan oziqlanishi to‘g‘risidagi ilk fikrni ilgari suradi. Keyingi davrda o‘simlikshunoslik fanining rivojlanishiga olimlardan I.I.Komov (1750-1792) va A.T.Bolotov (1738-1833) o‘z xissalarini qo‘shganlar. Ular Rossiya agronomiyasiga asos solgan olimlardan hisoblanib, “Suv nazariyasi” ni inkor etadilar, o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun organik hamda minyeral elementlar zarur ekanligini o‘z tajribalari yordamida asoslab byeradilar. Barcha agronomik fanlar kabi o‘simlikshunoslik fanining ravnaqi XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi .Bu davrlarda olimlardan K.A.Timiryazev (1843-1920) o‘zining ish faoliyatida fotosintez jarayoni uchta qonuniyat asosida davom etishini ko‘rsatib byeradi; birinchidan, fotosintez jarayoni faqat xlorofill molekulalari tomonidan yutilgan nur enyergiyasi hisobiga o‘tadi; ikkinchidan, fotosintez yutilgan nur enyergiyasi miqdoriga bog‘liq va uchinchidan, o‘simlik bargiga tushgan yorug‘lik enyergiyasining 1-3% igina o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. K.A.Timiryazev fotosintez jarayonining kimyoviy tomonlarini mukammal ishlab chiqdi. Xlorofill qizil va ko‘k-binafsha nurlarni yutganligini va fotosintez shu nurlar enyergiyasi hisobiga sodir bo‘lishini ko‘rsatdi. O‘simliklar uchun azot elementi qanchalik ahamiyatli ekanligini batafsil tekshirgan D.N.Pryanishnikov (1865-1948) oqsilning birinchi sintezida va uning parchalanishida ammiak boshlang‘ich va oxirgi maxsulot ekanligini tasdiqladi. Oqsilning sintezlanishida aspargin va glutamin aminokislotalarining ahamiyatini ko‘rsatib byerdi. Uning asosiy ishlari o‘simliklarning oziqlanishi va minyeral o‘g‘itlar qo‘llashga bag‘ishlangan. O‘simlikshunoslikning rivojiga xissa qo‘shgan olimlardan N.I.Vavilov va uning shogirdlari 1923-1940 yillar davomida jaxonninng 65 mamlakatiga 18 ta ekspeditsiya uyushtirdilar va buning natijasida ular 250 mingdan ziyodroq o‘simlik namunalarini yig‘ib keldilar. SHulardan 36 mingtasi bug‘doy, 10 mingdan ziyodrog‘i makkajo‘xori, 20 mingga yaqini dukkakli don ekinlari, 23200 tasi em-xashak, 18 mingga yaqini sabzavot, 12600 dan ziyodrog‘i mevali o‘simliklarga tegishlidir. Xozirda bu qimmatbaxo fond Sankt-Petyerburgdagi N.I.Vavilov nomidagi o‘simlikshunoslik institutida saqlanmoqda. Mana shunday keng miqyosdagi izlanishlar va to‘plagan matyeriallarni morfobiologik, geografik va genetik tomonlaridan tekshirish natijasida N.I.Vavilov madaniy o‘simliklarni birlamchi va ikkilamchi kelib chiqish markazlarini aniqlab byerdi. Respublikamizda o‘simlikshunoslik fanining taraqqiyotiga xissa qo‘shgan o‘zbek olimlaridan akademik A.I.Imomaliev, M.V. Muhammadjonov, S.M.Miraxmedov, M.A.Karimov, Q.Z.Zokirov va N.N.Nazirovlarni aloxida ta’kidlab o‘tish lozim. O‘simlikshunoslik ham boshqa fanlar kabi botanika, o‘simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik, dexqonchilik, agrokimyo, urug‘chilik, entomologiya, fitopatologiya, mexanizatsiya va boshqa fanlar bilan bog‘liq xolda o‘rganiladi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling