Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8- MA’RUZA: O‘SIMLIKSHUNOSLIK FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Reja
Jarlik yeroziyasi. Yeroziyaning bu turi Rossiya hududida, shu jumladan O‘rta Osiyoda
keng tarqalgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer fondining kamayib ketishiga sababchi bo‘ldi hamda katta zarar keltirdi. Undan tashqari sug‘oriladigan rayonlarda jarliklarga yaqin bo‘lgan maydonlarda, tuproqning gidrologik holati ham yomonlashadi va unumdorligi pasayib, natijada ekinlar hosili ham keskin kamayib ketadi. X. Maxsudov, T. Xoshimov, A. Nigmatov keltirib o‘tgan ma’lumotlarga ko‘ra jarliklar ta’siri kuchsiz yoki kam bo‘lgan maydonlarda paxta hosilining ko‘payishi, jarga yaqin yerlarda esa hosilning kamayishi qayd etiladi. 50 8- MA’RUZA: O‘SIMLIKSHUNOSLIK FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1. O‘simlikshunoslik fanining rivojlanish tarixi 2. O‘simlikshunoslik fanining maqsad va vazifalari. 3. Tadqiqot usullari. 4. O‘simliklarning kelib chiqish markazlari. O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka yerishganidan keyin iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi muammolarni xal etish borasida dadil qadamlar qo‘yilmoqda. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi soxasida o‘tkazilayotgan isloxatlar asosida xozirgi zamon bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini tadbiq etish natijasida qishloq xo‘jaligi korxonalari, fyermyer va dexqon xo‘jaliklari bozor iqtisodi sharoitlariga moslashib o‘z o‘rinlarini topayotganligi va ishlab chiqarishni rivojlantirayotganliklari albatta katta yutuqlardan biridir. Ma’lumki, bizda qishloq xo‘jaligi asosiy tarmoqlardan biri bo‘lib, va u xar bir mamlakatdagi kabi insonlarni oziq-ovqat maxsulotlari va sanoatni xom-ashyo bilan ta’minlovchi bosh bo‘g‘in hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ko‘xna tarixga ega bo‘lib, bundan ming yillar avval ham ota-bobolarimiz qishloq xo‘jalik samaradorligini oshirish dexqonchilik va bog‘dorchilik ishlarini yaxshilash borasida tinimsiz izlanishlar olib borishgan. Xozir dalalarimizda katta maydonlarda etishtirilayotgan turli-tuman meva, sabzavot, em-xashak va boshqa texnika ekinlari avlod-ajdodlarimiz tomonidan bir necha ming yillar davomida turli- tuman yovvoyi o‘simliklar orasidan tanlash, chatishtirish, payvandlash usullari bilan yaratilgan. Demak, ko‘pchilik madaniy o‘simliklarning asosiy bunyodkori insonnning aql-zakovati va mexnati hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha yer sharida 500 mingga yaqin o‘simlik turlari mavjud bo‘lib, shulardan 20 mingdan ziyodi insonlar tomonidan ekib o‘stirilgan ekinlardir. SHulardan eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lganlari 640 ta bo‘lib, shundan 90 tasi dala ekinlari turiga kiradi. Qishloq xo‘jaligida doimo yangi navlar, yangi texnologiyalarning kirib kelishi bu soxadagi mutaxassislardan chuqur va xar tomonlama puxta bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. O‘simlikshunoslik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, axoli uchun oziq- ovqat maxsulotlari, chorvachilik uchun em-xashak va engil sanoat uchun xom-ashyo etishtirib byeradi. O‘simlikshunoslik qadimdan, ya’ni madaniy o‘simliklar paydo bo‘lishi bilan kelib chiqqan va dexqonchilik bilan doimo chambarchas bog‘liq xolda rivojlanib boradi. Dastlab dexqonchilik Xitoy, Siriya, Xindiston, Misr, Meksika va Markaziy Osiyoda rivojlana boshlagan. O‘simlikshunoslik fani xozirgi davrda, asosan dala ekinlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi va madaniy ekinlarni guruxlarga bo‘lib, ularning botanik, biologik xususiyatlarini o‘rganadi, ekinlar va navlardan muttasil mo‘l xosil olishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqadi. O‘simlikshunoslik agrokimyo, seleksiya, dexqonchilik, biokimyo, o‘simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik kabi bir qator fanlar bilan uzviy bog‘langan. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling