Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Iqlim - tuproq paydo qiluvchi omil
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simlik va xayvonot olamining tuproq hosilbo‘lishiga ta’siri
Iqlim - tuproq paydo qiluvchi omil.Iqlim havoning statistik ko‘p yillik rejimi bo‘lib, u
yoki bu xududning asosiy gegrafik tavsifidan biridir.Iqlim geologik vaqt nuqtai nazardan o‘zgaruvchandir. Tuproq paydo bo‘lish jarayoni uni jadalligida iqlimning roli nixoyatda kattadir. Ayrim omillar iqlimni tuproq paydo qiluvchi omillar orasida etakchi deb hisoblanadi. Xar bir joylarning geografik xolati (kenglik, balandlik va x.k.) bilan bog‘liq. YA’ni tuproqlar dengiz satxidan ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgarib boradi.Atmosfyeraning yana bir muxim komponentlaridan biri yog‘in sochin bo‘lib, u namlik manbaidir. YOg‘in miqdori hamma joy da bir xil emas. YOg‘in miqdori ekvatorga qarab oshib boradi. O‘rta Osiyo xududlarida atmosfyera yog‘inlarining miqdori notekis bo‘lib, bu tog‘ tizimlarining joylanishi, qiyaliklar ekspozitsiyasi va orografiyasining boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq.Saxro mintaqasida yillik yog‘in miqdori 100 mm dan kam bo‘lsa, tog‘larga yaqinlashgan sari bu ko‘rsatgich oshib boradi va baland tog‘liklarda 1000 mm ni tashkil etadi. Uch asosiy omil - shiddatli quyosh radiatsiyasi, atmosfyera sirkulyasiyasi va tog‘li relef ta’sirida O‘zbekistonning katta qismida subtoropik, keskin kontinental iqlim ta’sirida ob havoning yoz oylari ancha barqaror, qish oylari ancha o‘zgaruvchan kechishi, havo xaroratining mavsumiy va kunlik bo‘lishi kuzatiladi. O‘simlik va xayvonot olamining tuproq hosilbo‘lishiga ta’siriBu omil boshqa omillarga nisbatan eng muximlaridan biri hisoblanadi. chunki shu omil ta’sirida tog‘ jinslaridan tuproq hosil bo‘ladi. O‘simliklar, tuproqda yashaydigan xayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq paydo bo‘lishida bevosita ishtirok etadilar. Va tuproq uchun bular ekologik muhit bo‘lib hisoblanadi. Tuproq paydo bo‘lishida etakchi rolni, biosfyerada modda va enyergiyaning asosiy to‘plovchi sifatida yuqori o‘simliklar o‘ynaydi.O‘simliklar qoplami haddan tashqari xilma xil bo‘lib, tabiiy mintaqalar va regionlar bo‘yicha qonuniy ravishda taqsimlanadigan o‘simlik guruhlariga va fitotsenozlarga bo‘linadi. O‘simliklarning har bir yirik guruhida, ular uchun xos bo‘lgan ma’lum turdagi mikroorganizmlar bo‘ladi. Bu ikki hayot shakllari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa majmui o‘simliklar formatsiyasi deyiladi. O‘simliklar formatsiyasi asosan 4 ga bo‘linadi. Daraxtlar, o‘tloqlar, dasht va cho‘l o‘simliklari. Bundan tashqari bizani fikrimizcha madaniy o‘simliklar formatsiyasi ham bo‘lishi kyerak. O‘simliklarga qarab ham tuproq o‘zgaradi ya’ni o‘rmon o‘simliklari formatsiyasi ta’sirida, odatda podzol tuproqlar, dasht o‘simliklari ta’sirida esa qora tuproqlar hosil bo‘ladi. Ular hamma xossa va xususiyatlari bilan bir birovlaridan keskin farq qiladi. O‘t o‘simliklar ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo‘lishi jarayoni chimlanish jarayonini nomini olgan. Inson tomonidan tabiiy fitotsenozlarning buzilishiga yangi ikkilamchi o‘simliklar assotsiatsiyasi bunyodga keladi. Lekin, fitotsenoz tipi va tuproq tipi o‘rtasidagi to‘la mutanosiblik juda uzoq davrdan so‘ng bunyodga keladi. YUqori o‘simliklar bilan bir qatorda , tuproqning paydo bo‘lish jarayoniga son-sanoqsiz tuproq faunasi vakillari - tuproqning ustida va xilma xil qatlamlarda yashovchi umurtqalilar va umurtqasizlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Ularni o‘lchamlariga qarab 4 guruxga ajratish mumkin. Mikrofauna - o‘lchamlari 0,2 mm dan kichik bo‘lgan organizmlar Mezafauna - o‘lchami 0,2 mm dan 4 mm gacha bo‘lgan organizmlar 38 Makrofauna - o‘lchami 4 dan 80 mm bo‘lgan xayvonlar Megafauna - o‘lchami 80 mm dan katta bo‘lgan xayvonlar Bu organizmlarning hammasi tuproqdagi organik moddalarning parchalanishida, tuproqning yumshashi hamda uning suv va havo rejimini yaxshilovchi kovakchalar hosil bo‘lishida ishtirolk etadi. Asosan umurtqasizlar ko‘p ishtirok etadi. YOmg‘ir chuvalchanglarini misol qilsak tuproqning bir qismini tanasiga o‘zlashtiradi. qolgan bir qismini ekspyeriment sifatida chiqarib tashlaydi. CH.Darvin - aytishicha dunyoda yomg‘ir chuvalchanglari kabi katta rol o‘ynaydigan xayvonlarni, extimol topib bo‘lmasa kyerak deyiladi. Darvinni ta’limotlariga ko‘ra-yomg‘ir chuvalchanglari ichaklaridan bir yilda gektariga 22-38 tonnagacha tuproq o‘tishi mumkin. Umuman olganda tuproq hayvonlarining eng katta funksiyalaridan biri o‘z tanalaridan ozuqa elementlarini va asosan, tarkibida azot saqlovchi oqsil tipidagi moddalarni sintez qilib to‘plashdir. Yer qazuvchi xayvonlarning ta’sirida tuproq va gruntning aralashuvi yuz byershi natijasida ba’zan genetik qatlamlarga ajratish qiyin bo‘ladi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling