Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

Tuproq strukturasi. Tuproqning turli xajm va turli shakldagi bo‘lakcha (agregatlar)ga 
ajralishi xossasiga uning strukturasi deyiladi. Tuproqni tashkil etuvchi har bir qatlam o‘ziga 
xos strukturaga ega bo‘ladi. Ular bir-biridan strukturasining suvga chidamliligi bilan 
farqlanadi. Tuproq strukturasi bo‘lakchalari o‘lchamiga qarab uch guruhga bo‘linadi (o‘lcham 
mm hisobida). Mikroagregatlar 0,25 mm. kichik, mezoagregatlar 0,25-7,0 (10)mm, 
makroagregatlar 7 (10)mmdan katta. 
Ba’zi qatlamlar umuman strukturasiz bo‘lishi ham mumkin(sochiluvchi qum, qumli cho‘l 
tuproqlarida). Respublikamizda keng tarqalgan tuproqlarda suvga chidamli makro va 
mezostrukturalar miqdori yuqori emas. Bo‘z tuproqlar mikrostrukturaga ega. Bo‘lakcha 
(agregat) ning shakli va o‘lchamiga qarab uchta tipga ajratiladi 
1) Kubsimon-struktura bo‘lakchalari o‘zaro pyerpendikulyar bo‘lgan uchala o‘q bo‘ylab bir 
xilda rivojlangan. 
2) Prizmasimon - bo‘lakchalar deyarli tikkasiga rivojlangan.
3) Plitasimon-bo‘lakchalar ikkala gorizontal o‘q bo‘yicha rivojlangan va tikka yo‘nalishda 
qisqargan. 
I tip: 1-yirik kesakchali; 2-o‘rtacha kesakchali; 3- mayda kesakchali; 4-changsimon; 5-yirik 
yong‘oqchasimon; 6-yong‘oqchasimon; 7-mayda yong‘oqchasimon; 8-yirik donador; 
9-donador; 10-kukunsimon; 11-tuproq “marjonlari”. 


24
II tip: 12-13-ustunsimon; 14-yirik prizmasimon; 15-prizmasimon; 16- mayda prizmasimon; 17-
juda mayda prizmasimon. 
III tip: 18-slanetssimon; 19-plastinkasimon; 20-bargsimon; 21-dag‘al tangasimon; 22-mayda 
tangasimon. 
Har qanday qatlamda struktura bo‘lakchalari bir xil shakl va o‘lchamda bo‘lmaydi. 
Ko‘pincha ular aralashma strukturaga ega bo‘ladi. Ularni qayd qilish vaqtida oxirgi o‘ringa shu 
qatlamda ko‘p uchraydigan struktura nomi yoziladi. Masalan, qatlam yong‘oqsimon, mayda 
uvoqli va donador struktura bo‘lakchalaridan tashkil topib, ular orasida donador zarrachalar 
birinchi o‘rinda, mayda uvoqlilar keyingi o‘rinda bo‘lsa bu qatlam yong‘oqsimon mayda 
uvoqli-donador strukturaga ega deb ataladi.
Ayrim qatlamlar, odatda o‘ziga xos strukturaga ega bo‘ladilar. gumusli qatlam 
yong‘oqsimon uvoqli, donador strukturaga ega bo‘lsa, V qatlam prizmasimon strukturali 
bo‘lishi mumkin. 
Tuproq strukturalarini o‘rganishda rus olimlaridan V.V.Dokuchaev, P.A.Kosovich, 
V.R.Vilyams, K.K.Gedroys, N.A.Kachinskiylar O‘zbekistonlik olimlardan V.B Gusakk, 
Q.Mirzajonov, X.X.Maxsudov K.P.Paganyas va boshqalarning xizmatlari cheksizdir. 
Strukturalarni yaxshilash uchun polmyerlar, K-9,K-4:ASAK-Na ASAK- K: FAAN - Na
FAAN -K lar bor. Tuproqning yuza qismiga sepilib tuproq sturkturalarni mustaxkamlaydi 
suvga chidamliligini oshiradi. Tuproq strukturasining buzilishiga ta’sir etishi mumkin mexanik 
kuchlar, noto‘g‘ri agrotexnik tadbirlar amalga oshirilganda, almashlab ekish sistemasini to‘g‘ri 
joriy etmaslik va xokozolar. 
Tuproq strukturasining eng muxum xususiyati mayda kesakchali va donodor 
bo‘lishligidir. CHirindigi boy bo‘lgan tuproqlarning strukturasi yaxshi, donador, marjonsimon 
bo‘ladi.Tuproq strukturasi unumdorlikning belgilovchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling