25
Zich qovushmali qatlamlarni qazish ham syermehnat ish. Bu xildagi qovushma mayda
zarrachalari ko‘p bo‘lgan qatlamga xosdir.
Tuproqning namligi. Tuproqning namligi – absolyut quruq tuproq og‘irligi yoki
hajmiga nisbatan foiz bilan ifodalangan suv miqdoridir. Tuproqning
namligi undagi suv
zaxiralari, sug‘orish muddatlarini aniqlash va tuproqga o‘z vaqtida ishlov byerish uchun
aniqlanadi. Tuproqning bu belgilarini o‘rganishda har qaysi qatlamning namligini o‘rganish
ham katta ahamiyatga ega. CHunki tuproqning ba’zi belgilari uning
namlik darajasiga qarab
o‘zgaradi. Morfologik belgilariga ko‘ra tuproqlarning namlik darajasi ho‘l, nam, nimxush va
quruq bo‘ladi.
Qatlam orasidan suv tomchilari sizib tursa ho‘l tuproq, zarra oralig‘i suv bilan to‘yingan
bo‘lsa
nam tuproq, zarralar to‘zimasdan bir-biriga yopishib tursa nimxush tuproq va zarralar
to‘zigan holda bo‘lsa quruq tuproq deyiladi. Lekin tabiatda absolyut quruq tuproq bo‘lmaydi.
Tuproqning namlik darajasiga ko‘ra o‘ziga xos agrotexnika tadbirlari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: