Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI
Ibn Sino (980-1037)
Ibn Sinoning «Kitob ush-SHifo» nomli asarining bir qismi bo‘lgan toshlar to‘g‘risidagi kitobida - tog‘lar ikkita turli sabablardan, ya’ni kuchli yer qimirlashdan sodir bo‘ladigan kabi yer qobig‘ining ko‘tarilishidan yoki suvning ta’sirida yuvilishi va shamol ta’sirida emirilishidan hosil bo‘ladi - deydi. Asarda bayon etilgan tog‘ jinslari ularning kelib chiqishi, yer yuzasida ro‘y byeradigan nurash jarayonlari haqidagi qarashlari tuproqshunoslikda katta ahamiyatga ega. Ibn Sino tog‘ jinslarning kelib chiqishi xaqida geologiyaga oid echimi og‘ir bo‘lgan masalalarni ham xal etishda xizmatlari nihoyatda katta. Uning ta’kidlashicha – gil dastlab loy bilan toshning o‘rtasidagi bir moddaga, keyin yumshoq tosh singari moddaga, keyinchalik toshga aylanadi. Xuddi shu yo‘llar bilan tog‘lar hosil bo‘ladi deb dalillar bilan aytgan edi. Yerning ba’zibir sathilari qachonlardir dengiz tagi bo‘lgan, degan fikri ham diqqatga sazovordir. Olimnig fikricha «ba’zibir toshlarni maydalanganda ularning ichida dengiz jonivorlarining, masalan chig‘anoqning ayrim qismlari topiladi». Ibin Sinoning tog‘larning hosil bo‘lishi, tog‘ jinslarining kelib chiqishi haqidagi nazariyasi «geologiya fanining otasi» deb atashga asos bo‘ldi. 14 Tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra uch guruhga: magmatik, cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslariga bo‘linadi: Litosfyeraning ko‘p qismi magmatik va metomorfik tog‘ jinslardan tashkil topgan bo‘lib, faqat yupqa yuza qatlami cho‘kindi tog‘ jinslar bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida cho‘kindi tog‘ jinslari 75 foizni, magmatik va metomorfik tog‘ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi. Odatda tuproq jinslarini geologiyaning bir bo‘limi bo‘lgan petrografiya (petro-tosh, grafo-yozaman) fani o‘rganadi. Tuproq tarkibidagi minyerallar va kimyoviy moddalarning hosil qilishda magmatik, metomorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari asosiy rol o‘ynaydi. Ularning hosil bo‘lish sharoiti, davri, tarkibi bilan bir bridan farq qiladi. Qadimgi poleozoy yotqiziqlari respublikamiz miqyosida asosan oxaktoshli qumtoshlar va loyli jinslardan iborat. Respublikaning tog‘ va tog‘ oldi tekisliklarida paleogen va neogen davr yotqiziqlari ya’ni oxaktoshlar konglomyerat, shag‘al va qum qatlamlari bilan birgalikda uchraydi. Tog‘ jinslarini tabiiy omillar (iqlim) ta’sirida emrilishidan elyuviy, delyuviy, prolyuviy va boshqa shunga o‘xshagan yotqiziqlar vujudga keladi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling