Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Tuproq paydo bo‘lishida relefning roli


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

Tuproq paydo bo‘lishida relefning roliTuproq paydo qilish muxim omillardan biri
relef. Relef asosan quyosh radiatsiyasi va namlikni yer yuzasida qayta taqsimlab byeradi. 
Relef tuzilishiga qarab 3 xil bo‘ladi makrorelef, mezorelef, mikrorelef. 
Makrorelef - katta xududlar qiyofasini belgilaydigan tekislik, plato, tog‘ tizimlari kabi 
relefning yirik shakllari tushiniladi. Bu relefning kelib chiqishi asosan tektonik xodisalar bilan 
bog‘liq. 
Mezorelef - tepalik, chuqurlik, vodiy tyerassa va ularning elementlari, yassi uchastkalar
har xil tepalikdagi qiyaliklar kiradi. Bu relefning vujudga kelishida asosan ekzogen geologik 
jarayonlar bilan bog‘liq. 
Mikrorelef - unchalik katta bo‘lmagan va nisbiy balandligi 1 m atrofidagi relefning 
mayda shakllariga aylanadi. 
Tuproq paydo bo‘lish jarayonida, relefning shakli boshqa tuproq paydo qiluvchi omillarga 
ham bevosita ta’sir etadi. M: issiqlik va namlikni qayta taqsimlaydi. O‘simliklar ham shunga
moslanadi.Xozirgi paytda relefning xolatiga va uning qayta taqsimlangan atmosfyera 
yog‘inlari miqdori bo‘yicha tuproqlar guruxlarga ajraladi.
Avtomorf tuproqlar - tekis yer yuzasida, sizot suvlari 5 m dan chuqurda joylashgan 
bo‘ladi. 
YArimgidromorf tuproqlar - sizot suvlari 3-5 m chuqurlikda hosil bo‘lgan tuproqlar. 
Gidromorf tuproqlar - yer yuzasiga 3 m dan yaqin bo‘lgan sharoitda vujudga keladi. 
Tuproqning yoshi.Tuproqning paydo bulishi jarayoni ma’lum bir vakt ichida yuz byeradi. 
Tuproq yoshi 2 xil bo‘ladi nisbiy va absolyut 
Absolyut yosh - bu tuproq hosil bo‘lgandan to shu vaqtgacha bo‘lgan davr tushiniladi. U 
bir necha yildan million yillargacha bo‘lishi mumkin. 
 Nisbiy yosh - tuproq paydo bo‘lishi jarayonining tezligini, tuproq rivojlanishi bir 
bosqichning boshqasi bilan almashuv jadalligini belgilaydi. U tuproq paydo bo‘lishi 
jarayonining yo‘nalishi va tezligiga jinslarning tarkibi va xossalari, relef sharoiti kabilarning 
ta’siri bilan bog‘liq. 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling