Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Iqlim - tuproq paydo qiluvchi omil


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

Iqlim - tuproq paydo qiluvchi omil.Iqlim havoning statistik ko‘p yillik rejimi bo‘lib, u 
yoki bu xududning asosiy gegrafik tavsifidan biridir.Iqlim geologik vaqt nuqtai nazardan
o‘zgaruvchandir. Tuproq paydo bo‘lish jarayoni uni jadalligida iqlimning roli nixoyatda 
kattadir. Ayrim omillar iqlimni tuproq paydo qiluvchi omillar orasida etakchi deb hisoblanadi. 
Xar bir joylarning geografik xolati (kenglik, balandlik va x.k.) bilan bog‘liq. YA’ni tuproqlar 
dengiz satxidan ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgarib boradi.Atmosfyeraning yana bir muxim 
komponentlaridan biri yog‘in sochin bo‘lib, u namlik manbaidir. YOg‘in miqdori hamma joy 
da bir xil emas. YOg‘in miqdori ekvatorga qarab oshib boradi.
O‘rta Osiyo xududlarida atmosfyera yog‘inlarining miqdori notekis bo‘lib, bu tog‘ 
tizimlarining joylanishi, qiyaliklar ekspozitsiyasi va orografiyasining boshqa xususiyatlari bilan 
bog‘liq.Saxro mintaqasida yillik yog‘in miqdori 100 mm dan kam bo‘lsa, tog‘larga
yaqinlashgan sari bu ko‘rsatgich oshib boradi va baland tog‘liklarda 1000 mm ni tashkil etadi. 
Uch asosiy omil - shiddatli quyosh radiatsiyasi, atmosfyera sirkulyasiyasi va tog‘li relef 
ta’sirida O‘zbekistonning katta qismida subtoropik, keskin kontinental iqlim ta’sirida ob 
havoning yoz oylari ancha barqaror, qish oylari ancha o‘zgaruvchan kechishi, havo 
xaroratining mavsumiy va kunlik bo‘lishi kuzatiladi. 
O‘simlik va xayvonot olamining tuproq hosilbo‘lishiga ta’siriBu omil boshqa omillarga 
nisbatan eng muximlaridan biri hisoblanadi. chunki shu omil ta’sirida tog‘ jinslaridan tuproq
hosil bo‘ladi. O‘simliklar, tuproqda yashaydigan xayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq paydo 
bo‘lishida bevosita ishtirok etadilar. Va tuproq uchun bular ekologik muhit bo‘lib hisoblanadi. 
Tuproq paydo bo‘lishida etakchi rolni, biosfyerada modda va enyergiyaning asosiy to‘plovchi 
sifatida yuqori o‘simliklar o‘ynaydi.O‘simliklar qoplami haddan tashqari xilma xil bo‘lib, tabiiy 
mintaqalar va regionlar bo‘yicha qonuniy ravishda taqsimlanadigan o‘simlik guruhlariga va 
fitotsenozlarga bo‘linadi. O‘simliklarning har bir yirik guruhida, ular uchun xos bo‘lgan
ma’lum turdagi mikroorganizmlar bo‘ladi. Bu ikki hayot shakllari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa 
majmui o‘simliklar formatsiyasi deyiladi.
O‘simliklar formatsiyasi asosan 4 ga bo‘linadi. Daraxtlar, o‘tloqlar, dasht va cho‘l 
o‘simliklari. Bundan tashqari bizani fikrimizcha madaniy o‘simliklar formatsiyasi ham bo‘lishi 
kyerak. O‘simliklarga qarab ham tuproq o‘zgaradi ya’ni o‘rmon o‘simliklari formatsiyasi 
ta’sirida, odatda podzol tuproqlar, dasht o‘simliklari ta’sirida esa qora tuproqlar hosil bo‘ladi. 
Ular hamma xossa va xususiyatlari bilan bir birovlaridan keskin farq qiladi. O‘t o‘simliklar 
ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo‘lishi jarayoni chimlanish jarayonini nomini olgan. 
Inson tomonidan tabiiy fitotsenozlarning buzilishiga yangi ikkilamchi o‘simliklar 
assotsiatsiyasi bunyodga keladi. Lekin, fitotsenoz tipi va tuproq tipi o‘rtasidagi to‘la
mutanosiblik juda uzoq davrdan so‘ng bunyodga keladi. 
YUqori o‘simliklar bilan bir qatorda , tuproqning paydo bo‘lish jarayoniga son-sanoqsiz 
tuproq faunasi vakillari - tuproqning ustida va xilma xil qatlamlarda yashovchi umurtqalilar va 
umurtqasizlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Ularni o‘lchamlariga qarab 4 guruxga ajratish mumkin. 
Mikrofauna - o‘lchamlari 0,2 mm dan kichik bo‘lgan organizmlar 
Mezafauna - o‘lchami 0,2 mm dan 4 mm gacha bo‘lgan organizmlar 


38
Makrofauna - o‘lchami 4 dan 80 mm bo‘lgan xayvonlar 
Megafauna - o‘lchami 80 mm dan katta bo‘lgan xayvonlar 
Bu organizmlarning hammasi tuproqdagi organik moddalarning parchalanishida, 
tuproqning yumshashi hamda uning suv va havo rejimini yaxshilovchi kovakchalar hosil 
bo‘lishida ishtirolk etadi. Asosan umurtqasizlar ko‘p ishtirok etadi.
YOmg‘ir chuvalchanglarini misol qilsak tuproqning bir qismini tanasiga o‘zlashtiradi. 
qolgan bir qismini ekspyeriment sifatida chiqarib tashlaydi. CH.Darvin - aytishicha dunyoda 
yomg‘ir chuvalchanglari kabi katta rol o‘ynaydigan xayvonlarni, extimol topib bo‘lmasa 
kyerak deyiladi. Darvinni ta’limotlariga ko‘ra-yomg‘ir chuvalchanglari ichaklaridan bir yilda
gektariga 22-38 tonnagacha tuproq o‘tishi mumkin.
Umuman olganda tuproq hayvonlarining eng katta funksiyalaridan biri o‘z tanalaridan 
ozuqa elementlarini va asosan, tarkibida azot saqlovchi oqsil tipidagi moddalarni sintez qilib
to‘plashdir.
Yer qazuvchi xayvonlarning ta’sirida tuproq va gruntning aralashuvi yuz byershi 
natijasida ba’zan genetik qatlamlarga ajratish qiyin bo‘ladi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling