Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5321800 - Rezinotexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ta’lim yo‘nalishilarida tahsil oluvchi talabalari uchun O‘quv qo‘llanma
- D.Y.Yuldashov, Teshabaeva E.U., Adilov R.I.
- 676-486 . Texnika fanlari doktori, dotsent Adilov R.I. taxriri ostida. Taqrizchilar: k.f.d. Yusupbekov A.X.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI ABDURASHIDOV TO‘XTAMUROD RASHIDOVICH nomidagi "YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR VA PLASTMASSALAR TEXNOLOGIYASI" kafedrasi «MATERIALSHUNOSLIK» fanidan 5321800 - Rezinotexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ta’lim yo‘nalishilarida tahsil oluvchi talabalari uchun O‘quv qo‘llanma Toshkent-2021 “Materialshunoslik: xom ashyo va sintez qilish usulari” A.B. Juraev, D.Y.Yuldashov, Teshabaeva E.U., Adilov R.I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi “676”-sonli bo’yrug’iga asosan 5321800-Rezinatenik maxsulotlat ishlab chiqarish texnologiyasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun ruxsat berilgan. Ro’yxatga olish raqai 676-486. Texnika fanlari doktori, dotsent Adilov R.I. taxriri ostida. Taqrizchilar: k.f.d. Yusupbekov A.X. - I. Karimov nomidagi TDTU “Fan v taraqqiyot” DUK professori t.f.d. Qodirov X.I. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori “Materialshunoslik: xom ashyo va sintez qilish usulari” o‘quv qo‘llanmasida elastomerlarda qo‘llaniladigan tabiiy va sintetik kauchuklar sinflanishi, kauchuklarning umumiy xossalari, qo‘llaniladigan kauchuklar tuzilishi va qo‘llanilishiga oid asosiy tushunchalar keltirilgan. Umumiy va maxsus kauchuklar tuzilishi va xossalariga ko‘ra elastomer kompozitsiyalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xom ashyo, ingredientlar, ularning hosil bo‘lishi, maqsad va vazifasi, ularning ta’sir etish mexanizmlari, ingredientlarni bir biridan farqi, tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari xamda umumiy nazariy va amaliy ma’lumotlari bayon qilingan. Talabalarda ushbu fandan olgan bilimlarini yanada mustaxkamlash va mavzularini qayta takrorlashni osonlashtirish maqsadida bayon etilgan manbalar, usul va texnologiyalar bo‘yicha nazorat savollari, topshiriqlar berilgan. 3 KIRISH Elastomerlarning asosiy vakili bo‘lgan rezina azaldan o‘zining muhim texnik jihatlari bois materialshunoslikning e’tibor markazida bo‘lgan. Rezina buyumlarini ishlab chiqarish - sanoatning yirik bo‘lagi, uni mahsuloti xalq xo‘jaligini hamma sohalarida ishlatiladi. Rezina buyumlarini (shinalar, rezina quvurlar, yuk transporter lentalar, qoplamali, po‘kakli buyumlar va x.b) va turli- tuman detallarni asosiy qo‘llovchisi bu zamonaviy transport avtomobil, havo yo‘llari, temir yo‘llari taransporti. Turli atmosferali ta’sirlarga mustahkamligi bilan dielektrik xususiyatlarni mos keltiruvchi qimmatbaho bo‘lgan izolyasiya materiali, rezina elektrotexnik sanoatida keng qo‘llaniladi. (kabellar, turli elektrik priborlar va x.k.). Yuqorida keltirilgan rezina buyumlar zarur texnik xossalari rezinani asosiy tashkil etuvchi kauchuk bilan bog‘liq. Kauchuk yuqori moleklyar birikmalar sifatida bir necha turdagi o‘ziga xos monomerlarning polimerizatsiya jarayoni mahsulidir. Monomerlar bu grekcha so‘z bo‘lib, “monos” - bir va «meros» - qism, bir qismli, bir tarkibli, bir o‘lchamli (o‘zi yoki bir biri bilan o‘zaro ta’sirlashadigan quyi molekulali birikmalar) ma’nosini anglatadi. Odatda monomerlarga quyidagi modda va birikmalar kiradi: olefinlar, dienlar, atsetilen, to‘yinmagan karbon kislotalar, siklik birikmalar, olefinlar oksidi, dikarbon kislotalar, aminokislotalar, diaminlar, fenollar va boshqalar. Ilk bor monomerlar kimyosiga 1861-1862 yillarda G. Uilyams kauchukni termik parchalab C 5 H 8 tarkibga ega bo‘lgan birikmani olgan va uni izopren deb nomlagan. Keyinchalik A. Gofan va alohida K.Shotten tomonlaridan piperilenni sintez qilishga erishgan. Ushbu birikma polimerlanish reaksiyasiga uchrashi ma’lum bo‘ldi. Undan so‘ng L.Kondakov spirtni ishqordagi eritmasida 2,3-dimetil butadien polimerlanishini ko‘rsatib berdi. 1910 yil rus olimi S.V. Lebedev ilk bor butadienni polimerlanish usulini ishlab chiqdi. Ushbu usulni yanada rivojlantirib 1912 yil esa yana bir rus olimi I.I. Ostromislen vinil monomerlar asosida polimerlarni olishga patent oldi. Keyinchalik ikkinchi jaxon urushi davrida sintetik 4 kauchuklarga bo‘lgan talab tubdan oshishi evaziga monomerlar kimyosini rivojlanishi, ayniqsa atsetilen, fenol, formaldegid asosli polimerlar olishiga olib keldi.Bu esa polikondensatsion monomerlarni olishni ortishiga asosiy omil bo‘ldi. Shulardan biri 1930 yillarga kelib U. Korozers tomonidan poliamid monomer va ular asosidagi polimerlarni sintezi rivojiga katta hissa qo‘shdi. 1935-1940 yillarda esa polimerlar olefin monomerlarini olish ustida jadal ishlar olib borildi va natijada poliolefinlarning eng birinchi vakillaridan yuqori bosimli polietilen olishga erishildi (1938 yil). 1940-1950 yilarga kelib vinilxlorid, metilmetakrilat, tetraftoretilen, stirol kabi monomerlarni olinishi rivojlana boshlandi. Bu esa yangi neft-gazni qayta ishlash sohasi, ya’ni monomerlar sanoati, ular asosida polimer va kauchuklarni hosil bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Shu bilan hozirgi kunda ko‘p sinovlardan o‘tgan va yetarli xomashyo bazasiga ega bo‘lgan polimerlarning xossalarini yanada boyitish masalasiga Respublika olimlari tomonidan katta e’tibor berilib kelinmoqda. Yetmishinchi yillar oxirida M.A.Asqarov, S.N. Trubitsina, I.I. Ismoilov, Djalilov A.T., Magrupov F.A., A.S. Rafiqov, A.S. Maxsumovalar tomonidan ko‘pgina ilmiy izlanishlar natijasida yangi monomer va polimerlar olishga erishib kelinmoqda. Bugungi kunda mubolag‘asiz kimyo sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdagi asosiy omil bo‘lib bormoqda. Zamonaviy kimyo sanoatining xarakterli alomatlaridan biri organik sintezning tez sur’atlar bilan o‘sishidir. Kimyo sanoatining rivojlanishini muhim vazifalaridan biri sanoatning barcha tarmoqlarida va turmushda zamonaviy kimyo yutuqlaridan to‘la foydalanishdir, yangi, mukammalroq va arzon xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishdir. Iqtisodiyotni kimyolashtirishning dolzarb muammolaridan biri tabiiy va sintetik yuqori molekulyar birikmalarni ishlab chiqarishni rivojlantirish masalasidir. Oxirgi yillarda sintetik polimerlarni ishlab chiqarishni tezkorlik bilan rivojlanishi quyidagi sabablar bilan bog‘liq: 5 1) Sintetik polimer materiallar ishlab chiqarishda va ulardan buyum olishda tabiiy materiallarni qayta ishlashga nisbatan mehnat sarfini va maxsulot tannarxini kamayishi. Masalan, 100 ming t. tabiiy kauchuk olish uchun 27 mln. kauchuk beruvchi daraxtiga ishlov berish kerak. Daraxt 120 ming ga maydonni egallaydi. 100 ming tonna tabiiy kauchuk olish uchun 100 ming kishi va 5,5 yil vaqt kerak. Shuncha miqdordagi sintetik kauchuk olish uchun esa 1500 kishi va bir yil yetarli. Boshqacha qilib aytganda, 5,5 yil ichida 1 t. tabiiy kauchuk, 360 t. sintetik kauchuk ishlab chiqaradi. Sintetik polimerlarni qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash katta iqtisodiy samaradorlik beradi. Masalan, yog‘och - qipiq plitalar yuqori sifatli materiallar sifatida maishiy va sanoat qurilishida, mebel ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Bu plitalar yog‘och chiqindilarini fenol-formaldegid yoki mochevino- formaldegid qatronlari bilan yelimlab olinadi. 1 t. qatrondan 16,7 m 3 plita olish mumkin. Bunda 24,5 m 3 taxta iqtisod qilinadi, ishlab chiqarish sarflari 22%, kapital mablag‘lar sarfi 34% kamayadi. O‘rmon sanoatiga va taxta (aralangan yog‘och) materiallar ishlab chiqarishga sarf bo‘lgan kapital mablag‘lar sintetik qatron va yog‘och-qirindi plitalar quvvatlarini yaratishga ketgan mablag‘lardan 1,5 barobar ko‘pdir. 2) Sintetik polimer materiallar bilan kamyob va qimmat tabiiy materiallarni birinchi navbatda rangli metallarni to‘laqonli almashtirish va ularni o‘zini uni kamyob xossali konstruksion material sifatida ishlatish imkoniyatini yaratish. Birgina mashinasozlikda 1 t. plastmassa o‘rta hisobda 3 t. rangli metallarni almashtirish imkonini beradi, bu 0,5 mln. dollar iqtisodiy samara beradi. 3). Xossalari oldindan belgilangan va rostlangan sintetik materiallarni yaratish imkoniyatiga ega. Avtomobil transporti, aviatsiya, elektrotexnika, mashinasozlik, radiotexnika, elektrotexnika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlanishi yangi materiallarga ehtiyoj tug‘dirdi. Bu materiallarni xossalari alohida talablarga javob 6 berishi kerak. Ehtiyoj ortishi bilan xossalari oldindan belgilangan yangi kauchuk va rezina materiallar yaratildi va keng tadbiq etilmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasida sintetik materiallar kelajakdagi texnik progressining ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshirishning muhim omilidir. Masalan, kauchuk asosida tayyorlanadigan rezina buyumlarisiz sanoatning birorta tarmog‘i meyoriy ishlay olmaydi. 7 Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling