Microsoft Word Материал резина lotin


-Rasm. Neft kimyosi kompleksini prinsipial sxemasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

1.1-Rasm. Neft kimyosi kompleksini prinsipial sxemasi
Shina sanoati natural va izopren kauchuklari yoki qo‘llashga asoslangan. 
So‘ngi vaqtlarda izopren kauchugi kauchuklar ichida ishlab chiqarish hajmi 
bo‘yicha eng ko‘p. Shu sababli izoprenni sintez qilishni yangi samarali va 
tejamkorli texnologiyalari yaratilmoqda. Xususan, butan, butilenlarni oksidlanib 
degidrogenlashning yangi katalizatorlari ishlanmoqda, izopentanni vakuumda bir 
bosqichli degidrogenlash, izobutilen va izopenton asosida bir bosqichda izopren 
sintez qilish texnologiyalari yaratilmoqda. 
Keng tarqalgan monomerlardan biri stirol ishlab chiqarish asosan 
etilbenzolni degidrogenlashga yo‘naltirilib, qurilmalarning birlik quvvati 200-300 
ming t/y etkaziladi. Natijada mahsulot tannarxi sezilarli kamayadi. Stirolni ozgina 


13 
qismi S
8
uglevodorodlar pirolizlangan fraksiyasidan olinadi. Yaqin kelajakda 
sanoatda stirolni va propilen oksidni birgalikda ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. 
Kauchuklarga qo‘yilayotgan talablarni o‘zgarishsiz ajratib borish ularni 
maxsus sharoitlarda qo‘llash, rezina buyumlarini mexanik aralashtirish usuli bilan 
olish kabi an’anaviy texnologiyadan qo‘yish texnologiyasigacha o‘tish, bularning 
bari yangi kauchuklar va demakki ,monomerlar sintez qilishni taqozo qiladi. 
Piroliz mahsulotlarini kompleks qayta ishlash va boshqa jarayonlarda asosiy 
bo‘lmagan (pobochnie) oraliq mahsulotlar hosil bo‘ladi. Ulardan ratsional 
foydalanilsa oxirgi maqsadli maxsulotlarni etilen va benzolni tannarxini 
tushirishga erishish mumkin. Misol sifatida oldin o‘zini qo‘llanishini topmagan 
siklopentadienni keltirish mumkin. 
Yana bir qiziqarli istiqbolli yo‘nalishlardan biri butadien va izoprenni 
ma’lum, lekin bu maqsadlar uchun qo‘llanilmagan monomerlar, masalan, etilen va 
propilen bilan sopolimerlab tartibli, ketma-ket yoki alternativ sopolimerlar sintez 
qilishdir. Bu monomerlarni qo‘llash kauchuklar sifatini yaxshilabgina qolmay, 
ularning xomashyo bazasini arzon piroliz jarayonida olinadigan monomerlar 
hisobiga kengaytirish imkonini beradi. 
Suyuq kauchuklar - oligomerlar olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan 
funksional guruhli monomerlar sintez qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar ko‘lami 
kengayib bormoqda. Bu oligomerlarda zanjir yakunida (uchlarida) funksional 
guruhlarni (uretan, gidroksil, karbonil, sulfid, amin va x.k.) bo‘lishi suyuq 
kauchuklarni quyi molekulali birikmalar - choklovchi agentlar bilan past haroratda 
vulkanlashni (choklashni) amalga oshirish imkonini beradi. Bu kauchuklar asosida 
yaqin kelajakda shina ishlab chiqarishni quyish texnologiyasini yaratish va joriy 
qilish (qo‘llash) imkoni tug‘iladi. Bu yo‘nalishning samaradorligi ulkan bo‘lganligi 
uchun funksional guruhli monomerlar qimmat bo‘lishiga qaramay ,uni jadal 
sur’atlar bilan rivojlanishi kutilmoqda. 
Butadien gomologlarini (etil, propil, finilbutadien) polimerlanishi hosil 
bo‘lgan kauchuklarni strukturasi va xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilib 


14 
etilbutadien asosidagi kauchuklar juda yuqori elastiklik va dinamik yuklanishlarga 
yuqori qarshilik ko‘rsatishi bilan xarakterlanishi aniqlandi. Ammo etilbutadienni 
sintez qilishni muqobil uslubi topilganligicha yo‘q. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling