Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik xossalari
Texnologik xossalari. Faol va kuchaytiruvchi to‘ldirgichlar xloropren
kauchuklarni mustahkamligini oshirmaydi, ammo ular texnologik xossalarini yaxshilashga, moybenzinga chidamliligini, qattiqligini va edirilishga qarshiligini ortishiga xizmat qiladi. Xloropren vulkanizatlari atmosfera, ozon, moybenzin, agressiv muhitlarga chidamli va olovbardoshliligi bilan ajralib turadi. Qo‘llanishi. Bu turdagi kauchuklar bemalol tabiiy kauchukni almashtirish mumkin va yuqori elastikli, moybenzinga chidamli materiallar olish mumkin. Ayniqsa prokladka, eng, kley, kabel obolochka ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Uning asosiy ushbu kauchkning kamchiligi yuqori zichligi, sovuqbardoshligi, issiqbardoshlik ko‘rsatgichlari pastroqligida. Etilenpropilen kauchuk (SKEP) Etilen propilen kauchuklar etilen va propilenni sopolimeri bo‘lib, eritmada kompleks katalizator ishtirokida polimerlab olinadi (Suyuq propilenda ham amalga oshishi mumkin). Agarda zanjirda 15% propilen mavjud bo‘lsa, qisman elastiklikni namoyon qiladi. Propilenni miqdori ortishi bilan (30-50%), hosil bo‘lgan kauchuk 61 amorf tuzilishga ega bo‘lib, yuqori elastikligini namoyon qiladi. Makromolekulada etilen bloklarining ko‘pligi strukturada kristallizatsiyani olib keladi, bu esa elastik xususiyatlarini yomonlashishiga olib keladi. Shu blan birga polipropilenni blok miqdori katta bo‘lsa, hosil bo‘lgan kauchukni mexanik va elastik xossalari yomonlashadi. Agarda xosil bo‘lgan kauchuk oltingugurt bilan vulkanlanmoqchi bo‘lsa, 3 chi sopolimer sifatida biror dien monomer qo‘shish kerak bo‘ladi. Odatda ular umumiy miqdorga nisbatan 0,3-2% ni tashkil qiladi. Uning miqdori ortishi bilan vulkanlanish tezligi ortadi. Sanoatda SKEP va SKEPT markalari ishlab chiqarilib, ularni Muni bo‘yicha qovushqoqligi 30 dan 80 gacha, o‘rtacha molekulyar massa 80-250 ming. Kauchuklarda turli katalizator qoldiqlari bo‘lishi mumkin (umumiy qo‘rum 0,5%). Fizik xossalari. Etilen-propilen kauchuklarning xossalari ikkila monomerning nisbatiga bog‘liq. Asosan sanoatda 30-40% li propilen mavjudli kauchuk ishlab chiqariladi va u deyarli kristallanmaydi. SKEP kauchuklarni zichligi 850-870 kg/m 3 , shishalanish harorati -58 ÷ - 65 o С, kristallanish harorati -10 o С, solishtirma hajmiy elektr qarshiligi 20 o С, 10 14 Om m. Ular aromatik va alifatik uglevodorodlarda eriydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling