Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1,72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulkanlanishi
- Vulkanizatlar xossalari
- Qo‘llanilishi
Texnologik xossalari. Bu turdagi kauchuklarni texnologik xossalariga
plastoelastik xossalari katta ta’sir ko‘rsatadi, u esa kauchukni o‘rtacha makromolekular massasiga bog‘liq. Ushbu kauchuklar plastikatsiya jarayonida mexanik va termooksidlanishga chidamli. Muni bo‘yicha qovushqoqligi 30 dan 80 gacha bo‘lib, oddiy aralashtirgichda ham turli ingredientlar bilan yaxshi kirishishadi. Ularning kamchiligi: elimlanish kuchi juda past va natijada ko‘p qatlamli rezina texnik buyumlr olishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Vulkanlanishi. Ushbu kauchuklar vulkanlanish jarayonida uchlamchi to‘rsimon tuzilishni hosil qiladi va ular peroksidlar (benzoil peroksidi, dikumil peroksidi) bilan tikiladi. Vulkanlanish 150-180 o С da 10-60 minut davomida amalga oshiriladi. 62 2.3.4-Jadvalda SKEP kauchuklarning standart retsepturalari keltirilgan: Ko‘shimchalar nomi Miqdori mass.qism SKEP SKEPT Kauchuk 100,0 100,0 Oltingugurt 0,40 2,0 Dikumil peroksidi 3,0 - Tetrametiltiruamdisulfid - 1,5 Merkaptobenztiozol - 0,5 Rux oksidi 3,0 5,0 Stearin kislota - 1,0 Texnik uglerod PM-75 50,0 50,0 Cho‘zilishdagi mustaxkamlik, MPa – 18 (SKEP-30) va 18 (SKEPT-30) Nisbiy chuzilish, % kammas – 400 (SKEP-30) va 350 (SKEPT-30) Vulkanizatlar xossalari. To‘ldirilmagan SKEP kauchuklar past mustahkamlikka ega (cho‘zilishdagi mustahkamlik 2-3 MPa). Zanjirda to‘yinmagan bog‘lari bo‘lmagani uchun ozon, qarishga va agrssiv muhitga (kislota va ishqor) chidamlidir. SHu bilan birga bo‘kishga, dielektrik xossalari yaxshiligidan kabel va elektrizolyasion materiallar olishda qo‘llaniladi. SKEP butil kauchuk bilan yaxshi vulkanlanib texnologik xossalari (issiqbardoshlik, sovuqbardoshlik) yaxshi bo‘lgan buyumlar olishga erishiladi. SKEPT kauchuklariga 30 mass.q. to‘yinmagan kauchuklar (TK, SKI, SKN, SKS) qo‘shilishi ozondan yorilishga chidamliligini oshiradi, ammo mustahkamlik xossasi kamayadi. Bunga sabab qo‘shilgan kachuklar to‘liq yaxshi sovulkanlamasligidandir. Ushbu turdagi kauchuklarning yana bir kamchiligi metall va mato bilan yaxshi mustahkam bog‘ hosil qilmaydi. Qo‘llanilishi. Ulardan asosan agressiv muhitga chidamli (150 o С) englar, konveyer tasma, shakllanadigan va shakllanmaydigan mashina detallari, izolyasion kabellar olishda qo‘llaniladi. Ushbu kauchuklarning yopishqoqligi va boshqa turdagi kauchuklar bilan kirishishmasligi qo‘llash imkoniyatlarini cheklaydi. Download 1,72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling