Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1,72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
CH
2 =C(CH 3 )-CH=CH 2 – Izopren bu tabiiy kauchuk makromolekulasining asosiy tuzilishi bo‘lib, 1940 yillargacha uning o‘rnini bosish imkoniyati bo‘lmagan. Sigler-Natta katalizatorlari ishlab chiqarila boshlagandan so‘ng ushub jarayon tubdan o‘zgargan va ko‘plab olimlarni (Sobiq Ittifoq, AQSH va Italiya) sayr xarakati natijasida 1,4-sis poliizopren olingan. Sanoatda izoprenni qo‘yidagi usullar yordamida olinadi: - Izobutilen va formaldegid asosida; - Izopentanni degidrirlash asosida; - Izopentanni oksidegidrirlash asosida; 25 - Propilen asosida; - Uglevodorodlarni suyuq fazada oksidlash. Keltirilgan har bir usullar o‘zining texnik variantlari mavjuddir. Izopren olishning eng oddiy usuli neftpiroliz fraksiyasidan C 5 ajratib olish. Odatda ushbu fraksiyada 15-20% izopren mavjud bo‘ladi. Bu fraksiya oraliq mahsulot bo‘lib etilen va propilen olish vaqtida hosil bo‘ladi. Izobutilen va formaldegid asosida ikki bosqichda izopren olish Ilk bor to‘yinmagan moddalar bilan formaldegid ta’sirlanish reaksiyalarini 1917 yil X.Prins tomonidan o‘rganilgan. Dastlabki tadqiqotlarida stirol va formaldegidni sulfat kislota ishrokida ta’sirlanishini o‘rgangan va natijada 1,3 dioksan hosil bo‘lgan. Prins aniqlangan reaksiya mexanizmi asosida keyinchalik 1932 yil Fitski va Fridrixsinlar tomonidan dien uglevodorodlar olish mumkinligini ilgari surishgan. 1946 yilga kelib M.I. Farberov va M.S. Nemsov tomonidan izopren olish texnologiyasi ishlab chiqiladi va 1964 yil sanoatda tadbiq etiladi. Izopren sintezi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1 bosqichda izobutilen formaldegid bilan kislota ta’sirida 4,4-dimetildioksan-1,3 gacha kondensatlanadi; 2 bosqichida esa 4,4-dimetildioksan-1,3 kalsiy fosfat ishtirokida izoprengacha parchalanadi. Har bir bosqichida qo‘shimcha reaksiyalar ketadi. Download 1,72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling