Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
ABDURASHIDOV TO‘XTAMUROD 
RASHIDOVICH nomidagi 
"YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR VA 
PLASTMASSALAR TEXNOLOGIYASI"
kafedrasi 
«MATERIALSHUNOSLIK»
fanidan 
5321800 - Rezinotexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ta’lim 
yo‘nalishilarida tahsil oluvchi talabalari uchun 
O‘quv qo‘llanma 
Toshkent-2021


“Materialshunoslik: xom ashyo va sintez qilish usulari” A.B. Juraev, 
D.Y.Yuldashov, Teshabaeva E.U., Adilov R.I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi “676”-sonli bo’yrug’iga 
asosan 5321800-Rezinatenik maxsulotlat ishlab chiqarish texnologiyasi ta’lim 
yo’nalishi talabalari uchun ruxsat berilgan. Ro’yxatga olish raqai 676-486
Texnika fanlari doktori, dotsent Adilov R.I. taxriri ostida. 
Taqrizchilar:
k.f.d. Yusupbekov A.X. - I. Karimov nomidagi TDTU “Fan v taraqqiyot” 
DUK professori
t.f.d. Qodirov X.I. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori 
“Materialshunoslik: xom ashyo va sintez qilish usulari” o‘quv qo‘llanmasida 
elastomerlarda qo‘llaniladigan tabiiy va sintetik kauchuklar sinflanishi, 
kauchuklarning umumiy xossalari, qo‘llaniladigan kauchuklar tuzilishi va 
qo‘llanilishiga oid asosiy tushunchalar keltirilgan. Umumiy va maxsus kauchuklar 
tuzilishi va xossalariga ko‘ra elastomer kompozitsiyalar ishlab chiqarishda 
qo‘llaniladigan xom ashyo, ingredientlar, ularning hosil bo‘lishi, maqsad va 
vazifasi, ularning ta’sir etish mexanizmlari, ingredientlarni bir biridan farqi, 
tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari xamda umumiy nazariy va amaliy 
ma’lumotlari bayon qilingan.
Talabalarda ushbu fandan olgan bilimlarini yanada mustaxkamlash va 
mavzularini qayta takrorlashni osonlashtirish maqsadida bayon etilgan manbalar, 
usul va texnologiyalar bo‘yicha nazorat savollari, topshiriqlar berilgan. 



KIRISH 
Elastomerlarning asosiy vakili bo‘lgan rezina azaldan o‘zining muhim 
texnik jihatlari bois materialshunoslikning e’tibor markazida bo‘lgan. 
Rezina buyumlarini ishlab chiqarish - sanoatning yirik bo‘lagi, uni mahsuloti 
xalq xo‘jaligini hamma sohalarida ishlatiladi. Rezina buyumlarini (shinalar, rezina 
quvurlar, yuk transporter lentalar, qoplamali, po‘kakli buyumlar va x.b) va turli-
tuman detallarni asosiy qo‘llovchisi bu zamonaviy transport avtomobil, havo 
yo‘llari, temir yo‘llari taransporti. Turli atmosferali ta’sirlarga mustahkamligi bilan 
dielektrik xususiyatlarni mos keltiruvchi qimmatbaho bo‘lgan izolyasiya materiali, 
rezina elektrotexnik sanoatida keng qo‘llaniladi. (kabellar, turli elektrik priborlar 
va x.k.). Yuqorida keltirilgan rezina buyumlar zarur texnik xossalari rezinani 
asosiy tashkil etuvchi kauchuk bilan bog‘liq. Kauchuk yuqori moleklyar birikmalar 
sifatida bir necha turdagi o‘ziga xos monomerlarning polimerizatsiya jarayoni 
mahsulidir.
Monomerlar bu grekcha so‘z bo‘lib, “monos” - bir va «meros» - qism, bir 
qismli, bir tarkibli, bir o‘lchamli (o‘zi yoki bir biri bilan o‘zaro ta’sirlashadigan 
quyi molekulali birikmalar) ma’nosini anglatadi. Odatda monomerlarga quyidagi 
modda va birikmalar kiradi: olefinlar, dienlar, atsetilen, to‘yinmagan karbon 
kislotalar, siklik birikmalar, olefinlar oksidi, dikarbon kislotalar, aminokislotalar, 
diaminlar, fenollar va boshqalar. 
Ilk bor monomerlar kimyosiga 1861-1862 yillarda G. Uilyams kauchukni 
termik parchalab C
5
H
8
tarkibga ega bo‘lgan birikmani olgan va uni izopren deb 
nomlagan. Keyinchalik A. Gofan va alohida K.Shotten tomonlaridan piperilenni 
sintez qilishga erishgan. Ushbu birikma polimerlanish reaksiyasiga uchrashi 
ma’lum bo‘ldi. Undan so‘ng L.Kondakov spirtni ishqordagi eritmasida 2,3-dimetil 
butadien polimerlanishini ko‘rsatib berdi. 1910 yil rus olimi S.V. Lebedev ilk bor 
butadienni polimerlanish usulini ishlab chiqdi. Ushbu usulni yanada rivojlantirib 
1912 yil esa yana bir rus olimi I.I. Ostromislen vinil monomerlar asosida 
polimerlarni olishga patent oldi. Keyinchalik ikkinchi jaxon urushi davrida sintetik 



kauchuklarga bo‘lgan talab tubdan oshishi evaziga monomerlar kimyosini 
rivojlanishi, ayniqsa atsetilen, fenol, formaldegid asosli polimerlar olishiga olib 
keldi.Bu esa polikondensatsion monomerlarni olishni ortishiga asosiy omil bo‘ldi. 
Shulardan biri 1930 yillarga kelib U. Korozers tomonidan poliamid monomer va 
ular asosidagi polimerlarni sintezi rivojiga katta hissa qo‘shdi. 1935-1940 yillarda 
esa polimerlar olefin monomerlarini olish ustida jadal ishlar olib borildi va natijada 
poliolefinlarning eng birinchi vakillaridan yuqori bosimli polietilen olishga 
erishildi (1938 yil). 1940-1950 yilarga kelib vinilxlorid, metilmetakrilat, 
tetraftoretilen, stirol kabi monomerlarni olinishi rivojlana boshlandi. Bu esa yangi 
neft-gazni qayta ishlash sohasi, ya’ni monomerlar sanoati, ular asosida polimer va 
kauchuklarni hosil bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. 
Shu bilan hozirgi kunda ko‘p sinovlardan o‘tgan va yetarli xomashyo 
bazasiga ega bo‘lgan polimerlarning xossalarini yanada boyitish masalasiga 
Respublika olimlari tomonidan katta e’tibor berilib kelinmoqda. Yetmishinchi 
yillar oxirida M.A.Asqarov, S.N. Trubitsina, I.I. Ismoilov, Djalilov A.T., 
Magrupov F.A., A.S. Rafiqov, A.S. Maxsumovalar tomonidan ko‘pgina ilmiy 
izlanishlar natijasida yangi monomer va polimerlar olishga erishib kelinmoqda.
Bugungi kunda mubolag‘asiz kimyo sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotini 
rivojlantirishdagi asosiy omil bo‘lib bormoqda. Zamonaviy kimyo sanoatining 
xarakterli alomatlaridan biri organik sintezning tez sur’atlar bilan o‘sishidir. 
Kimyo sanoatining rivojlanishini muhim vazifalaridan biri sanoatning barcha 
tarmoqlarida va turmushda zamonaviy kimyo yutuqlaridan to‘la foydalanishdir, 
yangi, mukammalroq va arzon xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishdir.
Iqtisodiyotni kimyolashtirishning dolzarb muammolaridan biri tabiiy va 
sintetik yuqori molekulyar birikmalarni ishlab chiqarishni rivojlantirish 
masalasidir. 
Oxirgi yillarda sintetik polimerlarni ishlab chiqarishni tezkorlik bilan 
rivojlanishi quyidagi sabablar bilan bog‘liq: 



1) Sintetik polimer materiallar ishlab chiqarishda va ulardan buyum olishda 
tabiiy materiallarni qayta ishlashga nisbatan mehnat sarfini va maxsulot tannarxini 
kamayishi. 
Masalan, 100 ming t. tabiiy kauchuk olish uchun 27 mln. kauchuk beruvchi 
daraxtiga ishlov berish kerak. Daraxt 120 ming ga maydonni egallaydi. 100 ming 
tonna tabiiy kauchuk olish uchun 100 ming kishi va 5,5 yil vaqt kerak. Shuncha 
miqdordagi sintetik kauchuk olish uchun esa 1500 kishi va bir yil yetarli. 
Boshqacha qilib aytganda, 5,5 yil ichida 1 t. tabiiy kauchuk, 360 t. sintetik kauchuk 
ishlab chiqaradi. 
Sintetik polimerlarni qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash katta 
iqtisodiy samaradorlik beradi. Masalan, yog‘och - qipiq plitalar yuqori sifatli 
materiallar sifatida maishiy va sanoat qurilishida, mebel ishlab chiqarishda keng 
qo‘llaniladi. Bu plitalar yog‘och chiqindilarini fenol-formaldegid yoki mochevino-
formaldegid qatronlari bilan yelimlab olinadi. 1 t. qatrondan 16,7 m
3
plita olish 
mumkin. Bunda 24,5 m
3
taxta iqtisod qilinadi, ishlab chiqarish sarflari 22%, 
kapital mablag‘lar sarfi 34% kamayadi. O‘rmon sanoatiga va taxta (aralangan 
yog‘och) materiallar ishlab chiqarishga sarf bo‘lgan kapital mablag‘lar sintetik 
qatron va yog‘och-qirindi plitalar quvvatlarini yaratishga ketgan mablag‘lardan 1,5 
barobar ko‘pdir. 
2) Sintetik polimer materiallar bilan kamyob va qimmat tabiiy materiallarni 
birinchi navbatda rangli metallarni to‘laqonli almashtirish va ularni o‘zini uni 
kamyob xossali konstruksion material sifatida ishlatish imkoniyatini yaratish. 
Birgina mashinasozlikda 1 t. plastmassa o‘rta hisobda 3 t. rangli metallarni 
almashtirish imkonini beradi, bu 0,5 mln. dollar iqtisodiy samara beradi.
3). Xossalari oldindan belgilangan va rostlangan sintetik materiallarni 
yaratish imkoniyatiga ega.
Avtomobil transporti, aviatsiya, elektrotexnika, mashinasozlik, radiotexnika, 
elektrotexnika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlanishi yangi 
materiallarga ehtiyoj tug‘dirdi. Bu materiallarni xossalari alohida talablarga javob 



berishi kerak. Ehtiyoj ortishi bilan xossalari oldindan belgilangan yangi kauchuk 
va rezina materiallar yaratildi va keng tadbiq etilmoqda.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasida sintetik materiallar 
kelajakdagi texnik progressining ishlab chiqarish unumdorligini keskin 
oshirishning muhim omilidir. Masalan, kauchuk asosida tayyorlanadigan rezina 
buyumlarisiz sanoatning birorta tarmog‘i meyoriy ishlay olmaydi.




Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling