Microsoft Word Материал резина lotin


I BOB. Monomerlar sintez qilish uchun asosiy xom-ashyolar manbalari


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

I BOB. Monomerlar sintez qilish uchun asosiy xom-ashyolar manbalari
rezinaning tarkibi, umumiy tushunchalar, kuchuklarning umumiy xossalari 
 
Odatda organik monomerlarning asosiy xomashyo manbalari neft va 
gazlardir (tabiiy, yo‘ldosh va gaz kondensat). Ikkalasini alohida ko‘rib chiqamiz. 
1.1 Neftni qayta ishlash jarayoni. Ilk bor neftni sanoat miqyosida qayta 
ishlash (haydash) tiniqlashtirilgan kerosin olish uchun qo‘llashdan boshlangan. 
Keyinchalik neftdan asosiy mahsulot sifatida surtma (surkov) moylarini olishda 
foydalanilgan. 1988 yil mis oksidi ishtirokida neftni distilyasiya jarayoni ishlab 
chiqildi. Buning natijasida yoqilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirishga 
erishildi. Yillar o‘tib Xenfri va Bartonlar tomonidan “termik krekinglash” 
texnologiyasi taklifi berildi. Ushbu texnologiyani takomillashtirib, 1891 yil rus 
olimlari V.Shuxov va S. Gavrilovlar tomonidan ushbu texnologiyani 
patentlashtirilgan, 1918 yilga kelib esa, AQSHda termik krekinglash qurilmasi 
ishga tushadi. 1959 yilda “Shavron” firmasi tomonidan gidrokrekinglash 
texnologiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu texnologiyalar barchasi neft mahsulotlarini 
qayta ishlab sanoat uchun kerakli mahsulotlar olishga qaratilgan edi. 
Neftni qayta ishlash birlamchi va ikkilamchi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
Birlamchi jarayon suvsizlantirish va tuzsizlantirish hamda atmosfera va vakuumda 
haydash bo‘lsa, ikkilamchi jarayon termik va katalitik jarayonlardir. Termik 
jarayonlarga vakuum haydash, visbreking, termik kreking, kokslash va piroliz kabi 
jarayonlar kiradi. Vakuum haydash va visbreking jarayoni neftdan yoqilg‘i olishga 
qaratilgan bo‘lib ,issitgich qozonlariga beriladi. Termik krekinglash esa neftdan 
tiniq mahsulotlarni (to‘yinmagan va to‘yingan uglevodorodlarni) olishga hizmat 
qiladi.
Neft mahsulotlaridan birikmalar sonini ko‘paytirish maqsadida krekinglash 
jarayonidan foydalaniladi. Krekinglash jarayoni bu – neft mahsulotlarini yuqori 
harorat (600-1000
o
C), bosim (0,5-2 MPa) va katalizatorlar (Pt, Ni, Co, Al) 
ishtirokida neft birikmalarini molekulyar massasini kamaytirishga yo‘naltirilgan 



jarayondir. Ular termik, gidro va katalitik krekinglash usullariga bo‘linadi. 
Natijada neftdan keng qamrovli va unumi yuqori mahsulotlarni hosil bo‘lishiga 
olib keladi. Dunyoda neftni 1/3 qismi katalitik krekinglashdan foydalaniladi. 
Ushbu jarayon ilk bor 1936 yil kerosin gazoyl fraksiyasidan benzin olishda 
foydalanilgan. Katalizator sifatida dastlab montmorilonit qo‘llanilgan bo‘lsa, 
keyinchalik alyuminiy silikat ishlatila boshlagan. Ushbu jarayonda parchalanish 
ion mexanizmi bo‘yicha (geterolitik) boradi. Bunda H
+
proton donori bo‘lib xizmat 
qiladi, uni H
+
A
-
kabi belgilash mumkin. Reaksiya natijasida vodorod ionni olefinga 
bog‘lanishi natijasida CH
+
hosil bo‘ladi va natijada parchalanish bosqichini 
boshlab beradi. 
Odatda krekinglash quyidagi mahsulotlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Ular: 
-
to‘yinmagan uglevodorodlarni krekinlab kichik molekulyar massali alifatik 
uglevodorodlar; 
-
siklik uglevodorodlarni krekinglab olefinlar
-
alkilaromatik uglevodorodlarning dealkinlanishi; 
-
yuqori olefinlarni krekinglab,molekulyar massasi past bo‘lgan olefinlar; 
-
izomerlanish; 
-
olefinlarni past molekulali birikmalar bilan disproporsiyalanishi; 
-
vodorodning qayta taqsimlanishi; 
-
polimerlanish, kondensatsiya va koks hosil bo‘lishi jarayoni.
To‘yingan uglevodorodlarni katalitik krekinglashda nisbatan yuqori 
molekulali alkanlar va olefinlar hosil bo‘ladi. Ushbu jarayonda uglevodorodlarni 
molekulyar massasi qancha katta bo‘lsa, parchalanish shuncha oson bo‘ladi. 
Normal tuzilishga ega bo‘lgan alkanlarda ikkilamchi reaksiya orqali aromatik 
uglevodorodlarga olib keladi. Aromatik uglevodorodlarni krekinglashda 
dialkenlash, qayta alkenlash hamda kondensatsiya jarayoni bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga sanoatda “Piroliz” jarayonidan ham foydalanib, xuddi 
krekinlash jarayoniga o‘xshab neft va gaz mahsulotlarini molekulyar massasini 
kamaytirishga qaratilgan. Faqat bu jarayonda suyuq benzin va gaz fraksiyalarini 



qo‘llashimiz mumkin. Ko‘pincha piroliz jarayoni olefinlar olishga qaratilgan. Bu 
jarayon 1950 yildan boshlab qo‘llanilib kela boshlagan va natijada 99,9% etilen, 
propilen butadien hamda aromatik birikmalar hosil bo‘ladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling