Microsoft Word Материал резина lotin
1.3. Rezinaning tarkibi, ishlab chiqarish va ishlatilish sohalari xaqida
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
28 1.3. Rezinaning tarkibi, ishlab chiqarish va ishlatilish sohalari xaqida umumiy tushunchalar Respublikamiz iqtisodiyotining turli tarmoqlari bir-biriga bog‘liq holda kun sayin rivojlanib bormoqda. Bu borada (kimyo sanoati) tarkibiga kiruvchi rezina sanoatining ham alohida o‘rin tutadi. Hozir paytda xalq xo‘jaligini tarmog‘i yo‘qki rezina texnika buyumlaridan foydalanilmagan. Rezina texnik buyumlarga talab turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalari avtomobilsozlik, mashinasozlik, neft-gaz, engil sanoat, qishloq ho‘jaligi, oziq-ovqat sanoatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Rezina o‘zida ko‘p komponentli murakkab sistemani tashkil qilib, bu sistema tarkibida kauchukdan tashqari 10-15 tagacha, undan ko‘proq ham turli tuman moddalar (ingredientlar) bor. Rezina o‘zining qimmatli texnik xususiyatlariga o‘zini ishlab chiqarilishni yakunlovchi siklda, ya’ni vulkanizatsiya jarayoniga ega bo‘ladi. Rezinani o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, yuksak elastik, statik va dinamik buzilishlarda katta aylanib qoluvchi deformatsiyalarga qodir, aktiv kimyoviy moddalarning ta’ciriga mustahkamligi, suv va gazni kam o‘tkazuvchanligi, yaxshi dielektrik va boshqa xususiyatlari uni turli texnika sohalarida keng ishlatilishiga imkon yaratadi. Turli rezina texnik buyumlari xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi: ortib tushirish ishlarida, transport konveyer lentalar, egiluvchan rezina shlanglari, mashinalar valiga, dvigatel validan aylanuvchi harakatni o‘tkazish uchun remenlar, zichlashtiruvchi detallar (salnik, prakladka), muftalar, amortizatorlar va boshqa zamonaviy avtomobillarni konstruksiyalariga yuzlab rezina, rezina-metall va rezina tekstil detallar kiritishni aytish kifoya. Keng qo‘llaniluvchi rezina buyumlarini ahamiyati katta. Masalan: oyoq kiyim, sanitariya va gigiena jihozlar va boshqalar. Rezina tayyorlash uchun asosiy xomashyo kauchuk bo‘ladi. Sintetik va tabiiy rezinani texnik xususiyati asosan u tayyorlangan kauchukni turiga bog‘liq. 29 Rezina keng turli xil sharoitlarda qo‘llanilishi bois, uni ishlab chiqarilishida turli kauchuklar ishlatiladi. Yog‘-benzinga mustahkam bo‘lgan rezina sintetik butadien-nitril yoki xloropren kauchuklardan tayyorlanadi. Yuqori haroratga duch keladigan buyumlarni tayyorlashda issiqqa mustahkam kauchuk va ftorli polimerlar ishlatiladi. Dinamik deformatsiyalarga etarli qarshilik va mashina shinalarini chidamligiga tabiiy va sintetik stereoregulyarli, izoprenli va butadienli kauchuklar yoki ularni kombinatsiyalaridan va shuningdek butadien-stirol kauchuk ishlatilishi orqali erishiladi. Biroq rezina buyumlarini xususiyatlari faqatgina kauchuk turiga bog‘liq emas, rezina ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ingridientlarga ham bog‘liq (vulkanizatsiyalaydigan moddalar, vulkanizatsiya aktivatorlari va tezlashtiruvchilari, to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, eskirish qarshilik qiluvchilar) dir. Rezina tayyorlashda ishlatiladigan muhim ingredientlarga qora qurumni kiritish joiz. Uni rezina aralashmasiga kiritganda rezinani mustahkamligi oshadi, emirilishga qarshiligi, qattiqlik oshadi. Ko‘pgina rezina buyumlar ayniqsa, sintetik va kauchukdan tayyorlanadiganlarini tarkibida ahamiyatli miqdorda saja bor (50 dan 100 gacha og‘irlik bor, 100 og‘irlik kauchuk bo‘lagida). Rezina mato ishlab chiqarish uchun ko‘p miqdorda turli matolar keng assortimentda kerak bo‘ladi. SHina sanoatida kauchukni har bir tonnasiga 240 kg kam bo‘lmagan tekstil matolar (korda) sarf qilinadi. Oxirgi paytda rezina matoli buyumlarni mustahkamligini oshirishda sun’iy va sintetik tola (viskozali, poliamidli, poliefirli va boshqalar) qo‘llanilmoqda. Rezina buyumlarini ishlatish sohalari kengayishi va ularni texnik xususiyatlariga talablarni oshayotgan bois, kauchukdan rezina olish jarayonini mexanizmini o‘rganish, deformatsiyada rezina xususiyati turli sharoitlarda eksplutatsiya qilinganda rezinani xarakteri buzilishi va boshqa hodisalarni o‘rganish bo‘yicha keng ilmiy tadqiqotlar zarurligi yuzaga keldi. Qanday tadqiqotlar sohasida kauchuk tuzilmasi, vulknizatsiyalangan rezina strukturasi, vulkanizatsiya vaqtida sodir bo‘ladigan kimyoviy-aylanish asosi, rezinani eskirishi 30 va tolqish bo‘lganda oldini oladigan va rezina texnologiyasini fizik-kimyoviy asoslari yaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 13 apreldagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Angren” maxsus industrial zonasi bu boradagi salohiyatdan to‘la foydalanish, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishda muhim omil bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017 yil kimyo sanoati sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a’zolari to‘liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling