Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
-§. Ichki ishlar organlari xodimlarini xizmatdan
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
3-§. Ichki ishlar organlari xodimlarini xizmatdan
bo‘shatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xizmatiga qayta qabul qilish yoki tiklash haqidagi arizalar vazirlikning me’yoriy hujjatlari asosida quyidagicha amalga oshiriladi: dastlab, xizmatga qayta qabul qilish yoki tiklash haqidagi ariza Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga (tizimlariga) tushganidan so‘ng, ushbu ariza bilan bevosita shug‘ullanuvchi inspektor tomonidan ariza muallifining arxiv shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildi har tomonlama chuqur o‘rganiladi. Bunda ichki ishlar organlaridan bo‘shatilish sabablari va unga asos bo‘lgan hujjatlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Ichki ishlar organining sobiq xodimi qanday modda bilan bo‘shatilgan bo‘lmasin, atroflicha o‘rganilib, zarur hujjatlar to‘plan- ganidan so‘ng, uni ichki ishlar organlariga qayta qabul qilish, ya’ni tiklash haqida yoki lozim topilmaganligi bo‘yicha xulosa chiqariladi. Ba’zi hollarda, chuqur o‘rganishlardan so‘ng, istisno tariqasida rozilik 102
xodimga jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan bo‘shatilgan holatlarda, sud hukmining qaroriga muvofiq, me’yoriy hujjatlar talabi doirasida qarordagi ilgari egallagan lavozimiga yoki teng lavozimga tiklash haqidagi hamda yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi bandlarga e’tibor qaratiladi. Vazirlikning amaldagi me’yoriy hujjatlari talablariga asosan ushbu arizalarni ko‘rib chiqish qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish lozim bo‘lmagan hollarda 15 kun, shaxsiy hujjatlar chaqirtirilishi va atroflicha o‘rganish hamda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilish lozim bo‘lganida esa 30 kun qilib belgilangan. Arizani ko‘rib chiqish muddati u qayd etilgan kundan hisoblanadi va bu ko‘rsatilgan muddat ichida arizachiga javob berilishi shart. Ariza o‘rnatilgan muddat ichida hal etilmay qolgan taqdirda, bevosita ijro etuvchi inspektor mas’ul rahbariga arizani ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat etadi va bu haqida arizachiga xabar qiladi, bunda umumiy ko‘rib chiqish muddati ikki oydan oshmasligi kerak. Katta boshliqlar tarkibining unvonlari ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash haqidagi muvaqqat Nizom va vazirlik buyrug‘ining talablari asosida xodimlarga quyidagi hollarda beriladi: 1) katta va yuqori boshliqlar tarkibining unvonlari oliy ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarga beriladi; 2) «kapitan» maxsus unvoniga ega bo‘lgan va shu unvon muddatini o‘tagan xodimlarga navbatdagi unvon sifatida, agar ularning egallab turgan lavozimi unvoni pog‘onasi to‘g‘ri kelgan va yuqori bo‘lgan taqdirda; 3) Nizomning 20-moddasiga muvofiq, egallab turgan lavozim unvoni pog‘onasidan bir pog‘ona yuqori rag‘batlantirish tariqasida; 4) ichki ishlar organlarida avval ishlab ketgan shaxslarning bo‘shagunga qadar «mayor» maxsus unvoni bo‘lsa, ular yana ichki ishlar organlariga qabul qilinganlarida o‘sha maxsus unvonlar qayta tiklanib beriladi; 5) Mudofaa vazirligi tizimi, Milliy xavfsizlik xizmatidan ichki ishlar organlariga xizmatni davom ettirish uchun kelgan xodimlar mavjud unvonlari saqlangan holda, ichki ishlar organlariga qabul qilinadilar; 6) Ichki ishlar vazirining vakolati bilan «kapitan» maxsus unvoniga ega bo‘lgan xodimlarga navbatdagi unvon sifatida, ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilayotgan bir vaqtda rag‘batlantirish tariqasida, agarda ularning nafaqaga chiqish imkonini beradigan xizmat faoliyati 20 yil yoki undan ortiq bo‘lgan va salbiy asoslar bilan bo‘shatilmayotgan 103
unvoni beriladi; 7) O‘zbekiston Respublikasi IIVning tergov sohasida uzluksiz 15 yil va undan ortiq xizmat qilgan xodimlarga «mayor» maxsus unvoni beriladi. O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartibi haqidagi muvaqqat Nizomning 65-bandiga ko‘ra, oddiy va kichik boshliqlar tarkibi quyidagi hollarda zaxiraga bo‘shatilishlari mumkin: 1) Nizomning 6-bandiga muvofiq, erkaklar 50, ayollar esa 45 yoshdan – yoshiga binoan; 2) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning xulosasiga binoan; 3) sog‘lig‘i cheklanganligi tufayli; 4) shartnoma muddatiga binoan; 5) shahodatlash tartibida xizmatga noloyiqligi tufayli; 6) IIV intizomiy Nizom talablarini buzganligi; 7) shaxsiy iltimosiga ko‘ra; 8) shtatlarning qisqarganligi tufayli. Nizomning 66-bandi bo‘yicha oddiy va boshliqlar tarkibidagi xodimlarni xizmatdan bo‘shatish hollari: 1) zaxiraga (harbiy hisobga qo‘yish bilan), agar xizmatdan bo‘shatish yoshiga yetmagan bo‘lsa; 2) otstavkaga (harbiy hisobdan o‘chirish bilan), agar qonunda ko‘rsatilgan yoshga yetgan bo‘lsa, amalga oshiriladi. Nizomning 67-bandiga asosan o‘rta, katta va yuqori boshliqlar tarkibidagi xodimlar zaxiraga quyidagicha bo‘shatiladilar: 1) yoshiga ko‘ra – podpolkovnikkacha 50, polkovniklar 55, yuqori boshliqlar tarkibi 60 yoshdan; 2) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning xulosasiga ko‘ra; 3) shtatlar qisqarishi munosabati bilan, agar olib qolishning imko- niyati bo‘lmasa; 4) sog‘lig‘i cheklanganligi tufayli boshqa ish berish imkoniyati bo‘lmasa; 5) shahodatlash tartibida, xizmatga noloyiqligi uchun; 6) boshqa vazirlik va qo‘mitaga xizmatga o‘tganligi tufayli; 7) shaxsiy iltimosiga ko‘ra; 8) sinov muddatida xizmatga noloyiq bo‘lsa. Nizomning 68-bandiga binoan, oddiy va boshliqlar tarkibi harbiy hisobdan o‘chirish bilan otstavkaga chiqishi mumkin: 104
zaxirada bo‘lib, ma’lum yoshga yetgan bo‘lsa; 2) kasalligi tufayli – tibbiy ko‘rikning harbiy hisobdan o‘chirish sharti bilan xizmatga noloyiq degan xulosasi bo‘lsa. Nizomning 69-bandiga ko‘ra, oddiy va boshliqlar tarkibidagi xodimlar o‘z sha’nini obro‘sizlantiradigan xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda (jinoyat sodir etganda va h.k.), IIVning intizomiy nizomiga muvofiq, ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatiladilar. Bulardan tashqari, Nizomning 70-bandiga asosan oddiy va boshliqlar tarkibi sodir etgan jinoyatlari uchun sud tomonidan hukm chiqarilishi munosabati bilan ham ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatiladi. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan xodimlarga pensiya va nafaqalar tayinlash amaldagi qonun hujjatlarining talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda xodimlarning ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyati (imtiyozli davrlari hisobga olingan holda) 20 yilni tashkil etishi yoki yoshi 50 ga to‘lgan bo‘lib, umumiy ish faoliyati 25 yilni tashkil etishi, shundan kamida teng yarmi, ya’ni 12,5 yil ichki ishlar organlarida xizmat qilgan bo‘lishi kerak. Pensiya va nafaqa tayinlash ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan kundan hisoblanadi. Bundan tashqari, halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanadi. Xodim xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan bo‘lsa, balog‘atga yetmagan oila a’zolarining har biriga 40§, agar uning o‘limi xizmat burchini bajarish vaqtidan tashqarida deb hisoblansa, balog‘atga yetmagan oila a’zolarining har biriga 30§ miqdorida nafaqa tayinlanadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining hujjatlarini pensiya va nafaqaga rasmiylashtirish vazirlik va joylardagi ichki ishlar boshqarmalarining shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling