Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-  §. Ichki ishlar organlarida xizmat intizomini huquqiy


Download 0.75 Mb.
bet34/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

2- 
§. Ichki ishlar organlarida xizmat intizomini huquqiy 
jihatdan tartibga solish 

Ichki ishlar organlarida oddiy va boshliq xodimlarning intizomi


O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, qasamyod, nizomlarda
hamda Ichki ishlar vazirining buyruqlarida ko‘zda tutilgan tartib va
qoidalar bilan tartibga solingan.
Ichki ishlar organlarida intizom – har bir xodimning yuksak ongliligi,
mustahkam ishonchi, o‘z xizmat burchi va topshirilgan vazifani chuqur va
teran anglashi, shaxsiy javobgarlikni his etishga hamda e’tiqodiga
asoslanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomining asosiy talablari
quyidagilardan iborat:
– xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashish, vataniga
sidqidildan xizmat qilish, fuqarolarga beg‘araz yordam berish, moddiy va
ma’naviy boyliklarimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizga hurmat
bilan munosabatda bo‘lish;
– fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish;
– aql va mulohaza bilan ish yuritish, yuklatilgan vazifalarni
bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, tanish-bilishchilik va
mahalliychilikdan saqlanish;
– ruhan va jismonan tetik, bardam, hushyor va doimo ogoh bo‘lish,
irodani chiniqtirib borish;
– og‘ir damlarda sabr-bardoshli bo‘lish xizmat va kasb sirlarini
saqlash;
– hamkasblarga, do‘stlariga aybini va kamchiliklarini o‘z vaqtida
aytish hamda ularni bartaraf etishda yordam berish;
– jamiyatga qarshi har qanday harakat va tajovuzlarni aniqlash
hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish, huquqbuzarlik va jinoyat
sodir etuvchi shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lish;
– fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonuniy hal
etish, sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik va ishonchni yo‘qotmaslik;
– aholi o‘rtasiga kirib borish, ularning yaxshi va yomon kunlarida
hamdard bo‘lish orqali ishonchini oshirish, ichki ishlar idoralari xodimi
degan yuksak nomni asrab-avaylash, uning obro‘sini yanada yuksaltirish
choralarini ko‘rish;
– Ichki ishlar vazirligining me’yoriy hujjatlari talablarini og‘ishmay
bajarish;


130
– axloq-odob qoidalariga rioya qilish, rostgo‘y bo‘lish, amalpa-


rastlik, ig‘vo, tuhmat, hasadgo‘ylik, tamagirlik, maishiy buzuqlik kabi
illatlardan holi bo‘lish;
– xizmat yo‘nalishini takomillashtirish yuzasidan o‘z vaqtida
muntazam izlanish, xizmatdagi xato va kamchiliklarni doimo aniqlab
borish va bartaraf etish choralarini ko‘rish;
– aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida keng ko‘lamli
ishlar olib borish, qonunchilik me’yorlarini keng targ‘ib qilish, huquq-
buzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni
amalga oshirish.
Xodimlar xizmat jarayonida xizmat kiyimlarini bo‘y-bastiga mos,
dazmollangan, tugmalari qadalgan, mavsumga qarab toza va ozoda
kiyishga, farqlovchi belgilarni (pogon, shevron va h.k.), davlat
mukofotlari va ichki ishlar idoralari ko‘krak nishonlarini o‘rnatilgan
tartibda taqib yurish qoidasiga qat’iy amal qiladilar.
Xodimlar xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol
qilmaydi.
Xizmat kiyimida yurgan unvoni kichik xodim unvoni katta xodimga
birinchi bo‘lib harbiycha salom beradi.
Oddiy va boshliqlar tarkibiga xizmat vazifalarini namunali
bajarganliklari va xizmat jarayonida erishgan yuqori ko‘rsatkichlari uchun
quyidagi rag‘batlantirishlar beriladi:
– tashakkurnoma e’lon qilish;
– pul yoki qimmatbaho sovg‘a bilan mukofotlash;
– faxriy yorliq bilan taqdirlash;
– ichki ishlar organlarining ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash;
– navbatdagi maxsus unvonini muddatidan oldin berish;
– egallab turgan lavozimida ko‘zda tutilgan unvondan bir pog‘ona
yuqori maxsus unvon berish;
– 5 kundan oshmagan muddatga qo‘shimcha ta’til berish;
– faxriy kitobga yozib qo‘yish;
– ilgari berilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash.
Oddiy va boshliqlar tarkibining xodimlari xizmat vazifalarini
bajarishda ko‘rsatgan mardliklari va jasorati hamda davlat oldidagi
xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishlari mumkin. Oddiy
va kichik boshliqlar tarkibining xodimlariga nisbatan quyidagi intizomiy 
jazo choralari qo‘llaniladi:
– tanbeh (ogohlantirish);


131
– hayfsan, qattiq hayfsan;


– 10 kungacha avaxtada ushlab turish;
– lavozimga to‘liqsiz layoqatliligi to‘g‘risida ogohlantirish;
– lavozimini pasaytirish;
– kichik boshliqlar tarkibi xodimlarining maxsus unvonini bir
pog‘onaga pasaytirish;
– ichki ishlar organlaridan bo‘shatish.
Hozirgi kunda ichki ishlar organlari rahbariyati oldida turgan eng
dolzarb masalalardan biri – shaxsiy tarkibni zamon talabiga javob
beradigan darajada tarbiyalashdir. Chunki har bir xodim o‘zining kundalik
amaliy faoliyatida qonunchilikni mustahkamlash borasida barcha kuch va
vositalarni, imkoniyatlarni ishga solishi, eng avvalo, o‘zi qonun
talablariga amal qilish borasida boshqalarga o‘rnak bo‘lishi shart. Ichki
ishlar organlari xodimlarining qonun talablaridan ozgina chetga
chiqishlari ichki ishlar organlarining xalq ongidagi obro‘-e’tiboriga va
qilayotgan barcha ijobiy ishlariga putur yetkazadi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlarga, olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarga
qaramasdan, ichki ishlar organlarining ayrim xodimlari qonunchilikka
rioya qilmaslik, xizmat intizomini buzish, hatto, jinoyat sodir etish kabi
harakatlarga yo‘l qo‘yib, ichki ishlar organlari xodimi degan yuksak
nomga dog‘ tushirgan hollar hamon uchrab turibdi.
Shaxsiy tarkib o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomini buzish
hollarining asosiy sabablaridan biri – yakka tartibdagi tarbiyaviy
ishlarning yetarli darajada olib borilmayotganligi, rahbar xodimlarning
tarbiyaviy ishlarga loqaydlik bilan qarayotganligi, ko‘rilayotgan jazo
choralarining ta’sirchan emasligi va mavjud jamoat tashkilotining ta’sir
imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmaslik oqibatidir.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda ichki ishlar organlari
xodimlariga nisbatan qo‘llanilayotgan intizomiy jazo choralaridan
«tanbeh», «hayfsan», «qattiq hayfsan» kabi choralar o‘z ta’sirchanligini
yo‘qotib bormoqda. Shuning uchun axloq-odob va intizom sudlari
imkoniyatlaridan samarali foydalanish kerak. Jumladan, axloq-odob va
intizom sudlarida qo‘llaniladigan – egallab turgan lavozimini bir pog‘ona
pasaytirish, maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish, navbatdagi maxsus
unvonning berilish muddatini 3, 6, 9 oyga, hatto, bir yilga kechiktirish, ish
haqidan 30 foizdan 50 foizgacha ushlab qolish kabi choralarning ta’siri
tartib-intizomni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.


132


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling