Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
Kafolatli to‘lovlar deb, xodimning uzrli sabablar bilan o‘z mehnat
vazifasini amalda bajarmagan davr uchun qonunda ko‘zda tutilganligiga muvofiq ravishda haq to‘lanishiga aytiladi. Amaldagi qonunga ko‘ra, kafolatli to‘lovlarning quyidagi turlari mavjud: 1) xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar (MK 165-m.); 2) ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar (MK 166-m.); 3) xodim jamiyat manfaatlariga doir harakat qilganda beriladigan kafolatlar (MK 167-m.). Xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar quyidagi hollarda belgilanadi: saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat tarmoqlarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ish beruvchi xodimning ish joyini saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Bunday hollarda xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar malaka oshirish, ratsionalizatorlik takliflarini joriy etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy 120
beriladigan kafolatlar miqdori jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi, lekin bu to‘lov miqdori o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak. Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish va boshqalar) beriladigan kafolatlar mavjud bo‘lib, ana shu davrda uning ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Donorlik vazifasini bajargan hollarda xodimga o‘sha kuni ishdan ruxsat berilishi va uning o‘rtacha ish haqi saqlanishi shart. Kompensatsiya to‘lovlari xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi yoki boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tishi yoxud boshqa joydagi ishga ko‘chirilishi va qabul qilinishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini qoplash maqsadida to‘lanadigan haqdir. Kompensatsiya to‘lovlari quyidagi hollarda to‘lanadi: a) xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda; b) boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda; d) xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganda. Xizmat safari davrida beriladigan to‘lov, ish beruvchining farmoyishi bilan xodim doimiy ish joyidan boshqa joyga ma’lum muddatga safarga yuborilganda to‘lanadi. Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo‘l va turar joy ijarasi haqlari to‘lanadi. Safarga jo‘nagan va undan qaytgan kuni bir kunga hisoblanadi. Ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarga beriladigan to‘lov deganda, mehnat vazifalari doimiy ravishda yo‘lda bo‘lishni taqozo etadigan xodimlarning (mashinistlar, uzoqqa qatnaydigan avtobuslarning haydovchilari) ish haqi tushuniladi. Ular xizmat safariga yuborilgan hisoblanmaydilar. Xodimlarning bu toifasiga oylik ish haqiga foiz hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanadi. Boshqa joydagi ishga ko‘chib borilganda, ya’ni xodimning yoki yosh mutaxassislarning ishga yuborilishi munosabati bilan to‘lov to‘lanadi. Bu xodimning o‘zi va uning oila a’zolari uchun to‘lanadigan yo‘l puli, shuningdek xodim o‘ziga 500 kg gacha va uning har bir oila a’zosiga 150 kg hajmda yuk hisobidan pul, yo‘lda bo‘lgan har bir kun uchun sutkalik pul to‘lanadi. Bulardan tashqari, xodim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar ham shular sirasiga kiradi. 121
xarajatlar, ya’ni ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari uchun xodim o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanganda, transport vositalarining amortizatsiyasi va ulardan foydalanilganda qilingan xarajatlar ish beruvchi hisobidan to‘lanishi lozim. Ana shu xarajatlarni to‘lashning miqdori va tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasida belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston ichki ishlar organlarining xodimi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlariga bo‘ysunadi. Uning huquq va erkinliklari O‘zbekistonning fuqarosi sifatida konstitutsiya va boshqa normativ hujjatlarda kafolatlangan. Ichki ishlar organining har bir xodimi Respublika Prezidenti I. A. Karimovning «Bu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt-saodati, yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa, jonini fido qilish, shu maqsadda zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir»,- degan fikrlarini qalblariga jo qilib, o‘zlarining xizmat vazifalarini o‘tamoqdalar, xizmat vazifalarini bajarishda qabul qilgan qasamyodlariga qat’iy amal qilib kelmoqdalar. Ichki ishlar organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda ish haqi va kiyim- kechak ta’minoti bilan ta’minlangan. Shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy va boshliqlar tarkibi xizmat vazifalarini namunali bajarayotganligi va xizmatda qo‘lga kiritgan yutuq hamda muvaffaqiyatlari uchun mukofotlanishlari mumkin. Ichki ishlar organlari xodimlarining ish haqi miqdori quyidagilardan tashkil topgan: a) lavozimi bo‘yicha; b) mehnat staji bo‘yicha (masalan, 15 yildan ko‘p xizmat stajiga ega bo‘lsa, 20 foiz qo‘shimcha miqdorda haq oladi); d) oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha; e) unvoni bo‘yicha. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling