Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet1/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org


Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI


A K A D E M I YA
M E H N A T H U Q U Q I
M a ’ r u z a l a r k u r s i 
TOSHKENT – 2014


5
1-mavzu 


«MEHNAT HUQUQI» TUSHUNCHASI, PREDMETI, 
METODLARI, VAZIFALARI VA TIZIMI 

1- 
§. «Mehnat huquqi» tushunchasi va predmeti 

Mehnat huquqi huquqshunoslik fanlari orasida yetakchi o‘rin tutadi.


U mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga keladigan yollanma mehnatni
qo‘llash va undan foydalanishni tashkil etish oqibatida paydo bo‘ladigan
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Demak, mehnat huquqi deb,
mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda,
shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartno- masi (kontrakt)
bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlarini
tartibga solib turuvchi huquq sohasiga aytiladi. Keng ma’noda mehnat
huquqi deb, mehnat bozori faoliyati natijasida yuzaga keluvchi, yollanma
mehnatni qo‘llash va undan foydalanishni tashkil etish oqibatida paydo
bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasi
ekanligini qayd etish mumkin.
Huquq sohasining predmeti deb, huquq sohasining normalari ta’sir
o‘tkazadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi.
Huquqiy tartibga solish predmeti – huquqiy ta’sir doirasidagi barcha
ijtimoiy munosabatlardir, boshqacha aytganda, huquqiy maydon
ko‘lamidagi munosabatlar
1
.
Shunday qilib, mehnat huquqining predmeti deb, ijtimoiy mehnat
munosabatlarida mehnat kuchlari bilan ishlab chiqarishning bevosita
bog‘lanish jarayoni va shu jarayonga ko‘maklashuvchi mehnat-huquqiy
munosabatlar yig‘indisiga aytiladi.
Mehnat munosabatlarining quyidagi ikki turi mavjud:
1) mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida yuzaga keladigan muno-
sabatlar;
2) jamoa xo‘jaligida yoki boshqa bir kooperativda a’zolikka
asoslangan mehnat munosabatlari.
1
Давлат ва ҳуқуқ назарияси: Дарслик / Х.Т.Одилқориев, И.Т.Тультеев ва
бошқ. – Т., 2009. – Б.351.


6
Mehnat huquqi mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida yuzaga


keladigan mehnat munosabatlarini tartibga solib turadi. Kooperativ, shu
jumladan jamoa xo‘jaliklariga doir ikkinchi tur mehnat munosabatlari
tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat huquqi yaqin vaqtlargacha faqat davlat korxona, muassasa va
tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning mehnat
munosabatlarini tartibga solib turardi. Endilikda davlat korxonalari va
shirkat (jamoa) hamda xususiy mulkka asoslangan korxonalarda mehnat
shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan har bir xodimning mehnat mu-
nosabatlarini tartibga solish ham mehnat huquqining predmeti hisob-
lanadi.
Mehnat ijtimoiy boylik manbai hisoblanadi. Chunki, jami moddiy va
madaniy boyliklar inson mehnati bilan yaratiladi. Mehnat jismoniy va
aqliy kuch-quvvatning sarflanishi emas, balki fuqarolarning ijtimoiy
foydali faoliyatidir.
Mehnat insonning tashqi dunyo predmetlariga ta’sir o‘tkazish vositasi
sifatida har bir fuqaroning faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon turli
ijtimoiy munosabatlarni qamrab olsa-da, hammasi ham mehnat huquqiga
taalluqli bo‘lavermaydi. Masalan: mualliflik huquqi, pudrat, topshiriq
shartnomalari, yuk tashish shartnomasi mehnat bilan bog‘liq bo‘lsa-da,
aslida fuqarolik huquqining predmeti hisoblanadi.
Shu o‘rinda mehnat huquqining mehnat bilan bog‘liq boshqa huquq
sohalaridan farqini aytib o‘tish joiz. Avvalo, shuni aytish kerakki, mehnat
huquqining ba’zi belgilari fuqarolik huquqida ham uchraydi, ammo ular
o‘rtasidagi farq anchagina. Mehnat huquqiy munosabatlarida,
birinchidan, xodimlar korxona mehnat jamoasi tarkibiga kiradi,
ikkinchidan, xodimlar mehnat jarayonida o‘rnatilgan qoidalarga, ya’ni
mehnat kun tartibiga rioya qiladilar, uchinchidan, ichki mehnat kun tartibi
buzilganda, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.
Fuqarolik huquqida esa munosabatlar faqatgina shartnoma asosida
o‘rnatiladi, tomonlar teng huquqlidir, shartnoma shartlari buzilganda,
shartnoma umuman to‘xtatiladi yoki yetkazilgan zarar undirib olinadi.
Mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi ma’muriy va qishloq
xo‘jalik huquqlari ham mehnat huquqidan o‘z predmeti va metodiga ko‘ra
farq qiladi. Ularning o‘rtasidagi farqlar mehnat huquqining maxsus
qismida o‘rganiladi.


7
Mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar


tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda
bog‘langan boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu munosabatlar
mehnat munosabatlaridan oldinroq yoki ular bilan bir vaqtda yoxud
mehnat munosabatlaridan keyin vujudga kelishi mumkin. Shunday
munosabatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) tashkiliy boshqaruv munosabatlari;
2) ishga joylashtirishga oid munosabatlar;
3) kasbga tayyorlash va malaka oshirishga oid munosabatlar;
4) mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat
qilishga oid munosabatlar;
5) mehnat nizolarini hal etishga oid munosabatlar;
6) mehnat munosabatlaridan kelib chiquvchi protsessual munosa-
batlar.
Tashkiliy boshqaruv munosabatlari asosan ish beruvchi va korxona
jamoasi, kasaba uyushmasining o‘rtasida mehnatni tashkil etish hamda
boshqarish yuzasidan vujudga keladi. Bunday munosabatlar sirasiga
ijtimoiy sherikchilik munosabatlari, ya’ni jamoa shartnomasi va
kelishuvlarini tuzish, uni bajarishga oid munosabatlar ham kiradi.
Ishga joylashtirishga oid munosabatlar fuqaroning ishga joylash-
tirish bo‘limiga ish so‘rab murojaat qilishi bilan paydo bo‘ladi.
Kasbga tayyorlash va malaka oshirishga oid munosabatlar 
fuqaroning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yakka tartibda, brigada
tarkibida yoki maxsus kurslarda kasbga o‘rgatish, malakasini oshirish
vaqtida yuzaga keladi.
Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat 
qilishga oid munosabatlar vakolatli organlarning mehnat qonunlari va
mehnatni muhofaza qilish qoidalari ustidan nazoratni amalga oshirishi
jarayonida yuzaga keladi.
Mehnat nizolarini hal etishga oid munosabatlar xodim bilan ish
beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid nizolarni hal etish bilan bog‘liq
holatlarda vujudga keladi.
Mehnat munosabatlaridan kelib chiquvchi protsessual munosabatlar 
mehnat munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va barham topishi
jarayonidagi protsessual tartibga solish shaklini belgilab beradi.
Mehnat huquqining predmeti bevosita mehnatga oid munosabatlar
bo‘lganligi tufayli u fuqarolik va qishloq xo‘jalik huquqi; boshqaruv
faoliyatiga bog‘liqligi uchun ma’muriy huquq; ish haqi, mukofotlar


8
to‘lashga taalluqli bo‘lganligi uchun moliya huquqi; mehnat natijalariga


ko‘ra rag‘batlantirishlarga aloqador bo‘lganligi uchun ijtimoiy ta’minot va
oila huquqi kabi sohalar bilan uzviy bog‘liq.
Ammo bu bog‘liqlik o‘ta nisbiy bo‘lib, ularning har biri yuridik
fanning mustaqil tarmog‘i ekanligini yorqin namoyish qiluvchi, boshqa
fanlardan farqlashga imkon beruvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling