Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet9/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Mehnat huquqining prinsiplari deganda, qonunlar bilan mustah-
kamlangan, mehnat huquqi sohasidagi davlat siyosatini ifodalovchi asosiy
g‘oyalar, rahbariy qoidalar tushunilmog‘i lozim.
Mehnat huquqining prinsiplarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish
mumkin:
1) mehnat bozorini va aholini ish bilan ta’minlashni huquqiy jihatdan
tartibga solish borasidagi davlat siyosatini ifodalovchi prinsiplar (Mehnat
kodeksining 58-moddasi);
2) mehnatning shartlarini belgilashga doir boshqaruv asosini o‘z
ichiga olgan prinsiplar;
3) xodimlar mehnatini qo‘llashni tartibga solishni belgilovchi
prinsiplar;
4) xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilishni ifoda etuvchi
prinsiplar.
Mehnat huquqining asosiy prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va huquqning shu sohasiga oid muhim normativ-huquqiy
hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 37-moddasida ta’kidlanganidek, «Har bir shaxs
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va
qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.


36
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda


ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi».
Ushbu moddaga asosan har bir shaxs o‘z manfaatlari va erkinliklariga
asoslanib, qaysi faoliyat bilan shug‘ullanish va qanday kasb tanlashni o‘zi
hal etadi. Bu qoida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-
moddasi mazmuniga muvofiq ravishda kiritilgan. Unda aytilishicha, har
bir inson mehnat qilish, ish turini o‘z erki bilan tanlab olish, mehnatning
adolatli va qulay sharoitlarida faoliyat ko‘rsatish hamda ishsizlikdan
muhofaza etilish, shuningdek biror kamsitishsiz mehnatiga yarasha haq
olish huquqlariga egadir.
Shuni ta’kidlash lozimki, mehnatning erkinligi prinsipi uning
ixtiyoriyligini bildiradi. Ushbu prinsiplarning mazmuni Mehnat
kodeksining 57-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, unumli va
ijodiy mehnat qilish qobiliyatini tasarruf etish va qonun bilan
taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish barcha
fuqarolarning mutlaq huquqidir. Shu bilan birga, ixtiyoriy ravishda ish
bilan band bo‘lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Mehnatning erkinligi prinsipining o‘ziga xos ijtimoiy-huquqiy
xususiyati shundan iboratki, unda fuqarolar bilan davlat o‘rtasida mehnat
yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar aks etadi. Bunda davlatning
aholini ish bilan ta’minlashga oid majburiyatlari, mehnatning erkinligi va
ixtiyoriyligi prinsipini zarur kafolatlar bilan boyitadi.
Bu prinsiplar Mehnat kodeksining 58-moddasida o‘z ifodasini
topgan.Unga ko‘ra davlat:
– ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi
ishni tanlash erkinligini;
– ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat
shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni;
– maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam
berishni;
– har kimga kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan
ta’minlash shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat
pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;
– yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitishni, mahalliy mehnat
organlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida
stipendiya to‘lab, malakasini oshirishni;
– boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun
qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lashni;


37
– haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli


mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.
Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari
hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qo‘yiladi.
Aholining ishga joylashishiga ko‘maklashish O‘zbekiston Respubli-
kasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimining
tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida mehnatning
shartlari barcha xodimlar uchun bir xil belgilangan bo‘lishi, cheklashlar
hamda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘zda tutilgan. Jumladan,
Mehnat kodeksining 6-moddasiga asosan: barcha fuqarolar mehnat
huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga
egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati
va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat
birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik
qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan
boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday
cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular
kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida uning muayyan turiga oid talablar yoki davlatning
yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (ayollar, voyaga
yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rligi
bilan bog‘liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi.
Mehnat faoliyati davomida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs
uni bartaraf etish, kamsituvchidan o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy
zararni undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Lekin ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga
solish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin, ular quyidagilar:
– xodim bilan korxona o‘rtasidagi mehnat aloqasiga xos;
– xodim mehnatining shart-sharoitlariga xos;
– tabiiy iqlim sharoitlari;
– xodim mehnat qilayotgan joyning alohida huquqiy tartibi;
– boshqa obyektiv omillar.
Davlat xizmatchilarining mehnatini tartibga solishning xususiyatlari
esa qonun bilan belgilanadi.


38
Mehnatning shartlarini belgilashda mehnat jamoalari, kasaba


uyushmasi yoki xodimlar vakillik organlarining ishtiroki muhim ahamiyat
kasb etadi. Ayni vaqtda bu organlar mehnatga oid huquqiy
munosabatlarning subyektlari sifatida tegishli vakolat va huquqlarga ega.
Masalan, Mehnat kodeksining 23-moddasiga ko‘ra, xodimlarning vakillik
organlari quyidagilarga haqli:
– muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari
tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada
mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar
kiritish;
– korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko‘-
rib chiqishda qatnashish;
– mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlar manfaatini hi-
moya qilish;
– ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo‘lsa yoxud
xodimlarning huquqlarini boshqacha tarzda buzayotgan bo‘lsa, bu
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.
Vakillik organlari ijtimoiy mehnat munosabatlarida xodimlarning
manfaatlarini himoya etishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlarni, basharti
ular qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga zid bo‘lmasa, amalga
oshirishlari mumkin.
Xodimlarning vakillik organlari huquqlarining amalga oshirilishi
korxonada mehnat samaradorligini pasaytirmasligi, o‘rnatilgan tartib va
ish rejimini buzmasligi kerak.
Bundan tashqari, mehnat huquqida sohalararo prinsiplarga ham amal
qilinishi zarur. Jumladan:
a) fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotining har tomonlama muhofaza
qilinishi;
b) qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda moddiy ta’minot
olish huquqining ta’minlanishi;
d) huquqlar va majburiyatlarning birligi;
e) faoliyat turini, ish joyini tanlashning erkinligi kabi prinsiplar.
Mehnat huquqi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan tarmoq prinsiplariga ham
amal qiladi. Ular mehnat huquqi fani va tarmog‘ining o‘ziga xos
xususiyatlarini ifodalaydi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling