39
– mehnat munosabatlariga kirishishning erkinligi, ixtiyoriyligi va
majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi;
– fuqarolarning o‘z jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan
foydalanish
chog‘ida mutlaqo mustaqil va erkin ekanliklari;
– ish kuchining tovar ekanligi, uning bahosi mehnat bozoridagi talab
va takliflarga ko‘ra
belgilanishi, davlatning mehnat bozorining
shakllanishi va faoliyat yurituviga ko‘maklashuvi;
–
ijtimoiy himoyaga muhtoj, mehnat bozorida teng raqobatlasha
olmaydigan aholi qatlamlarini ishga joylashtirishda davlatning qo‘llab-
quvvatlashi va yordam ko‘rsatishi;
– ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanishi;
– mehnat munosabatlarini tartibga
solishda shartnomaviy hamda
lokal me’yoriy hujjatlarning ustuvorligi;
– minimal mehnat sharoitlari yaratilishini ta’minlash barcha
mulkchilik shaklidagi korxonalar uchun majburiyligi;
– mehnat intizomiga amal qilishning zarurligi;
– mehnatga haq to‘lashda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga ko‘ra
cheklanmagan haq to‘lanishi;
– xodimlar va ish beruvchilar
vakilligining mavjudligi va
mojarolarning muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi;
–
xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar mehnatining maxsus muhofaza
etilishi, ularga qo‘shimcha kafolatlar berilishi va boshqa.
Mehnatga
oid
qonun
hujjatlarida
mehnat
munosabatlarida
qo‘llanadigan boshqa prinsiplar ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Mehnat huquqi prinsiplariga amal
qilinishi xodimlar va ish
beruvchilar manfaatlarini himoya qilishda qonunchilik va ijtimoiy adolatni
ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi. Davlat va jamiyat rivoji bilan
bog‘liq bozor munosabatlarining tobora rivojlanib
borishi jarayonida
mehnat huquqining prinsiplari ham takomillashib, yangilanib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: