Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-  §. Kasaba uyushmalari – mehnat huquqining subyekti


Download 0.75 Mb.
bet12/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

3- 
§. Kasaba uyushmalari – mehnat huquqining subyekti 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jamoat birlashma-


lari to‘g‘risida alohida bob ajratilishi, fuqarolarning jamoat birlashma-
larini tuzish erkinligi qonuniy asosga egaligi va kafolatlanishining yorqin
dalilidir (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi XIII bob, 56–62-
moddalari).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston
Respublika- sining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq,
jamoat birlashmalari deb o‘z huquqlari, erkinliklari hamda siyosat,
iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan-madaniyat, ekologiya va hayotning
boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish
uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari
natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilmaga aytiladi.
Jamoat birlashmalarining ko‘pgina turlari mavjud. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga muvofiq, qonunda
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar
tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolar-
ning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.
Jamoat birlashmalarini fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy
huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, ularni davlat
va jamoat ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlash kabi
maqsadlarda tuziladi.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlariga, mulklariga ega bo‘ladilar.
Jamoat birlashmalari deb e’tirof etilgan kasaba uyushmalari haqida
shuni aytish kerakki, kasaba uyushmalari – ko‘ngilli jamoat tashkiloti
bo‘lib, ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat
turiga qarab, o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari
hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan
bog‘langan mehnatkashlarni birlashtiradi. Kasaba uyushmalari o‘z
faoliyatlarida davlat boshqaruv va xo‘jalik organlaridan, siyosiy va boshqa
jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va
ular tomonidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollar
bundan
mustasno.
Kasaba
uyushmalarining
huquqlarini
cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga to‘sqinlik
qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi.


50
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda o‘z ustavlarini ishlab


chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar
organlarini saylaydilar, o‘z faoliyatlarini tashkil etadilar, yig‘ilishlar,
konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar o‘tkazadilar. Kasaba uyushmalari
o‘z ustavlarida belgilangan maqsadlar va vazifalarga muvofiq ravishda,
boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o‘z
xohishiga ko‘ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalarining birlashmalari
va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.
Kasaba uyushmalari o‘z a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya
etadilar, aholini ish bilan ta’minlash borasida davlat siyosatining ishlab
chiqilishida qatnashadilar. Kasaba uyushmalari aholini ish bilan
ta’minlashning ahvoli va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini nazorat
qilib boradi.
Kasaba uyushmalarining mehnat sharoiti va mehnatga haq to‘lash,
mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlashga,
mehnatkashlarning uy-joy sharoitiga, ijtimoiy sug‘urtaga, ularning
sog‘liqni saqlash va madaniyatga taalluqli manfaatlarini himoya qilish,
pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari O‘zbekiston Respublikasining
tegishli qonunlari bilan tartibga solinadi.
Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o‘z
vakolatlari doirasida mehnatkashlarni ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilish
tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlari, narx-
navo indeksining o‘zgarishiga qarab tovon to‘lash miqdorini aniqlashda
qatnashadilar, qonunda belgilab qo‘yilgan pensiyalar, stipendiyalar va
nafaqalar miqdoriga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Davlat va xo‘jalik organlarining ma’muriyati, jamoat tashkilotlari,
mansabdor shaxslar kasaba uyushmalariga huquqlaridan foydalanishga,
ularning faoliyatlariga ko‘maklashishlari shart. Bu organlar va shaxslar
kasaba uyushmalari huquqlarini buzganliklari yoki ularning qonuniy
faoliyatiga to‘sqinlik qilganliklari uchun qonunlarda belgilangan tartibda
javobgar bo‘ladilar.
Kasaba uyushma organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga
saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylov vakolatlari
tugaganidan so‘ng, avvalgi o‘z ishlari (lavozimlari) beriladi, bunday ishlar
(lavozimlar) bo‘lmagan taqdirda, o‘sha korxonada yoki xodimning
roziligi bilan boshqa korxonada avvalgisiga teng keladigan boshqa ish
(lavozim) beriladi. Tegishli ish berishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda,
oldingi ish joyidagi korxona ma’muriyati, korxona tugatilgan


51
taqdirda esa kasaba uyushmasi xodimning ishga joylashish davrida uning


o‘rtacha ish haqini saqlab qoladi, lekin bu muddat olti oydan oshmasligi
kerak. Malakasini o‘zgartirish uchun o‘qish chog‘ida esa bir yil
muddatgacha o‘rtacha ish haqi saqlab turiladi. Hatto xodim ikki yil
davomida ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Kasaba uyushmalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining
«Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolati
to‘g‘risida»gi 1992-yil 2-iyul qonuni bilan tartibga solinadi. Bu qonun 3
bob, 22 moddadan iborat bo‘lib, 1-bob – Umumiy qoidalar (1–6-m.); 2-
bob – Kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari (7–17-m.); 3-bob –
Kasaba uyushmalarining asosiy kafolatlari (18–22-m.)ni o‘z ichiga oladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling