Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-  §. Ichki ishlar idoralariga xizmatga qabul qilishning


Download 0.75 Mb.
bet18/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

3- 
§. Ichki ishlar idoralariga xizmatga qabul qilishning 
o‘ziga xos xususiyatlari 

1993-yil


8-yanvarda
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 16-sonli «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
organlarida xizmatni o‘tash tartibi haqidagi muvaqqat Nizom»
tasdiqlandi.
Ana shu g‘oyatda muhim normativ hujjatning tasdiqlanishi
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov va respublika
hukumatining ichki ishlar organlari bundan buyon ham yetuk, har
tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan, respublika va xalqqa sadoqatli, konsti-
tutsiyaviy tuzumni himoya qilishga qodir kadrlar bilan mustahkamlash
to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligining yorqin isboti bo‘ldi.
Respublika ichki ishlar organlarini kadrlar bilan ta’minlash
muammolari muvaqqat Nizomni ishlab chiqish paytida hisobga olindi va
unda o‘z ifodasini topdi. Asosiy e’tibor shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash
tartibini normativ asosda boshqarishni takomillashtirish, kadrlar
tanlashning sifat darajasini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, xizmatda
o‘sishni rag‘batlantirish, shahodatlash chog‘ida xodimlarning kasb
mahoratlariga xolis baho berilishini, shuningdek oddiy xodimlar va
boshliqlarning xizmatda ko‘tarilishi va bo‘shatilishi paytida qonu-
niylikka amal qilinishini ta’minlash, ichki ishlar organlari xodimlarining
ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish masalalariga qaratildi.
Endilikda ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasining 18
yoshga kirgan, lekin 30 yoshdan katta bo‘lmagan fuqarolaridan ko‘ngilli
(shartnomaviy) asosda butlanadi, bunda ular, albatta, tanlovdan o‘tadilar.
Ular asosan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining bitiruvchilari, Qurolli
kuchlarning zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilari va o‘z shaxsiy
tabiati, axloqiy, kasbiy xususiyatlari, sog‘lig‘i, ma’lumot darajalari bilan
ichki ishlar organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga qodir
bo‘lishlari shart.


75
Ichki ishlar organlarining saf bo‘linmalariga bo‘yi 170 sm dan kam


bo‘lmagan erkaklar, 165 sm dan kam bo‘lmagan xotin-qizlar qabul
qilinadilar, ma’muriy-xo‘jalik, ishlab chiqarish, reja-iqtisod, muhan-
dislik-texnika va tibbiy bo‘linmalarda o‘rta va katta boshliq lavozim-
lariga xizmatda bo‘lishning eng so‘nggi yoshiga (50 yosh) yetganida,
xizmat qilgan yillari uchun nafaqaga chiqish huquqiga ega bo‘la oladigan
35 yoshgacha bo‘lgan kishilarni qabul qilishga ijozat berilgan.
Ichki ishlar vazirligining oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga
o‘qishga 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta ma’lumotli, xizmatga
kiruvchi nomzodlarga qo‘yiladigan talablarga to‘la javob bera oladigan
fuqarolar, ichki ishlar organlari xodimlari orasidan esa 25 yoshgacha
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari qabul qilinadilar.
Qurolli kuchlar safiga chaqiriluvchilar ichki ishlar organlariga xizmat
qilishga qabul qilinmaydilar, IIV tizimidagi o‘quv yurtlariga o‘qishga
qabul qilish bundan istisnodir.
Hozirgi paytda ichki ishlar organlarining har bir xodimi shaxsiy xulq-
atvorda, tirishqoqlik va mehnatsevarlikda boshqalarga o‘rnak bo‘lishdan
tashqari, u yoki bu lavozimga ko‘tarilish uchun muayyan kasbiy
qobiliyatni namoyish qilish kerakligi to‘g‘risidagi adolatli fikr-
mulohazalarni tez-tez eshitish mumkin.
Nomzodning qanday bo‘linmada xizmat o‘tashini, undan qanday
yo‘nalishdagi ishda foydalanishni aniqlash va shunga muvofiq xizmat
vazifalarini bajarishga kirishishdan oldin u ixtisoslik bo‘yicha qanday
bilimlarga ega bo‘lishini yanada aniqroq belgilashning imkoniyati paydo
bo‘ladi.
Hozirda xorijda politsiya (militsiya) xizmatiga nomzodlarni tanlab
olish uchun psixologiya va boshqa fanlarning yutuqlaridan faol
foydalanilmoqda. Misol tariqasida bir qator mamlakatlarda politsiyaga
kiruvchilarga qo‘yiladigan ba’zi talablarni keltirib o‘tish mumkin.
AQSHda jismonan puxta rivojlanganlik, hissiy, axloqiy barqarorlik,
kuchli xarakter zarur. Finlyandiyada barcha nomzodlar ziyraklik,
e’tiborlilik va voqea-hodisalarga munosabat bildiruvchanlik bo‘yicha
majburiy tartibda o‘ziga xos ruhiy sinovlardan o‘tadilar. Shundan so‘ng,
ular jismoniy tarbiyaga oid imtihon topshiradilar. Yaponiyada shu singari
ruhiy va jismoniy imtihonlardan so‘ng, bo‘lg‘usi xodim xarakterining
o‘ziga xos xususiyatlari sinchiklab o‘rganiladi. Turkiyada esa bulardan
tashqari, nomzodda spirtli ichimliklarga, qartabozlikka va kishining


76
qadr-qimmatini yerga uruvchi boshqa illatlarga moyillikning bor-yo‘qligi


ham aniqlanadi.
Hayot shaxsiy tarkib bilan ishlashda sotsiologik tadqiqotlar, yuz
berayotgan jarayonlarni chuqur tahlil qilish, bashorat qilish kabi
zamonaviy ilmga asoslangan usullar hamda psixologiya va pedagogika
fanlarining yutuqlaridan keng foydalanishni qat’iyat bilan talab qilmoqda.
Hozirgi vaqtda IIVning Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati
mamlakatimizda ichki ishlar organlarida xizmat qilish xohishini bildirgan
fuqarolarning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslangan ravishda
tekshirish va baholashning mavjud tajribasini diqqat bilan o‘rganmoqda,
shaxsiy tarkib bilan ishlashning ilg‘or shakl va usullarini tatbiq etishga
doir choralarni ko‘rmoqda. Mavjud shakl va usullardan bevosita yangi
xodimlarni tanlab olish sifatini yaxshilashda foydalanilmoqda.
Ana shu maqsaddan kelib chiqib, muvaqqat Nizomda nomzodlarni
xizmatga ijtimoiy, tibbiy mezonlar va ma’lumot darajasi bo‘yicha kasbiy
jihatdan tanlash ko‘zda tutilgan. Respublika ichki ishlar organlari
tarkibining oddiy xodimlari va kichik boshliqlari tanlov sinovlaridan
muvaffaqiyatli o‘tgan kishilardan butlanadi, bu ham shartnoma shartlarida
ko‘zda tutilgan.
Muvaqqat Nizomda oddiy xodimlar va kichik boshliqlar tarkibini
butlashning shartnoma (kontrakt) normasining joriy etilishi ana shu
toifaga mansub fuqarolarni xizmatga tanlab olish tartibini huquqiy
himoyalash va demokratiyalashga yordam berishi kerak. Bu esa
shartnoma tuzuvchi tomonlarning shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan
o‘zaro mas’uliyatini oshiradi, bevosita boshliqlarning ularga
bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan noxolis bo‘lish ehtimolini bir qadar
darajada kamaytirish imkonini beradi va pirovardida ichki ishlar
organlarida kadrlarning barqaror o‘zagini yaratishga negiz bo‘lib xizmat
qiladi.
Xo‘sh, shartnoma va uning mazmuni qanday bo‘lishi kerak? Ichki 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling