Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
Alohida turdagi mehnat shartnomalariga quyidagilar kiradi:
1) xodimlarni tashkiliy ravishda ishga qabul qilish; 2) konkurs asosida ishga qabul qilish; 3) mavsumiy ishga qabul qilish; 4) o‘rindoshlik bo‘yicha ishga qabul qilish; 5) kasanachilik bo‘yicha ishga qabul qilish. Xodimlarni tashkiliy ravishda ishga qabul qilish fuqarolarni ixtiyoriy asoslarda boshqa yerlarda joylashgan korxonalardagi doimiy yoki mavsumiy ishlarga rejali ravishda jalb etishning asosiy usulidir. Tashkiliy ravishda ishga qabul qilish ishga joylashtirish byurolarida amalga oshirilib, korxona nomidan muddatli yozma mehnat shartnomasi tuziladi. Shartnoma 18 yoshdan 55 yoshgacha erkaklar va 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan 2 yilgacha yoki 3 yil muddatga tuziladi. Shartnoma tuzilishidan oldin fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart. Yashash joyidan boshqa joylarga tashkiliy ravishda ishga qabul qilish tartibida shartnoma tuzgan xodimlarga bir yo‘la yordam puli beriladi va ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar to‘lanadi. Fuqarolarga uy- joy, kasbi va ixtisosi bo‘yicha ish, shuningdek, o‘qish va malakasini oshirish uchun imkoniyat beriladi. Kasanachilar (uyda ishlovchilar) – korxona tomonidan ajratiladigan materiallar, mehnat qurollari va vositalaridan foydalanib, o‘z shaxsiy mehnati bilan ishlarni uyda bajarish haqida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan shaxslardir. Kasanachilarga o‘z mexanizmlari va asbob-uskunalaridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. Kasana- chilar xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqaradilar, fuqarolar va ish beruvchilarga ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatadilar hamda boshqa 71
vida ham bajarilishi mumkin. Amaldagi qonunlarga asosan, 15 yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarga, nogironlar va pensionerlarga, tibbiy ko‘rik tomonidan uy sharoitida ishlash tavsiya etilgan, mehnat qobiliyati past shaxslarga, kasal oila a’zolariga uzoq vaqt qarab turuvchi shaxslarga uyda ishlash to‘g‘risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzishda imtiyozli huquqlar beriladi. Kasanachilar bilan mehnat shartnomasi yozma ravishda tuzilib, unda asosiy va qo‘shimcha shartlar belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2006- yil 5- yanvardagi «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni kasanachilikni rivojlantirish mehnat sohasidagi dolzarb vazifalardan biri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Mavsumiy ishlar – yil bo‘yi emas, balki 6 oydan oshmaydigan ma’lum davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlardir. Mavsumiy ishlarning maxsus ro‘yxati mavjud. Ular jumlasiga, masalan, qor va muz tozalash kabi ishlar kiradi. Mavsumiy ishlarga qabul qilinganlarga nisbatan qonun- qoidalar ba’zi istisnolar bilan joriy qilinadi. Masalan, mavsumiy ishga qabul qilishda sinov qo‘llanilmaydi, mavsumiy xodimlar ma’muriyatni 3 kun oldin ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga egadir, ular ta’til olish yoki uni pullik kompensatsiya bilan almashtirish huquqidan foydalanmaydilar. O‘rindoshlik – xodimning o‘zining asosiy ishlaridan tashqari, alohida mehnat shartnomasi asosida muntazam haq to‘lanadigan boshqa ishlarni bajarish. O‘rindoshlikda xodimlarga o‘z asosiy ish joyidagi bitta ish beruvchi yoki boshqa ish beruvchida ishlashga ruxsat beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasida bir kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek o‘rindoshlik asosida ish bajarilganida (xodim o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari, asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarganda), xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari 72
nazarda tutilgan. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida o‘rindoshlar mehnatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjat qabul qilinmaganligi sababli o‘rindoshlar mehnatiga oid munosabatlar 1989-yil 9-martda sobiq Ittifoq davlat Mehnat komiteti tasdiqlagan (1990-yil 15-avgustda o‘zgartishlar kiritilgan) Nizom bilan tartibga solib kelinmoqda. Shuni eslash joizki, bu nizomning faqat Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan boshqa me’yoriy hujjatlarga zid kelmaydigan qismigina qo‘llanilishi kerak. O‘rindoshlikni kasblar, lavozimlarni qo‘shib bajarish, shuningdek xizmat doirasini kengaytirishni ishlar hajmining kengayganligi tushunchasidan farqlay bilmoq kerak. Jumladan: 1) xodim o‘rindoshlik asosida ishlaganida, asosiy ishdagi vaqtidan tashqari, qo‘shimcha vazifalarni bajaradi. Qo‘shib bajarishda esa qo‘- shimcha vazifalar asosiy ish bo‘yicha majburiyatlar bilan bir ish vaqtining o‘zida bajariladi; 2) o‘rindoshlik ishi asosiy ish joyidagi korxona va boshqa korxonada ham bajarilishi mumkin. Qo‘shib bajarish esa faqat bir korxonaning o‘zida amalga oshiriladi. 3) qonun hujjatlarida o‘rindoshlik bo‘yicha ish muddati cheklangan. U asosiy ish bo‘yicha kuniga to‘rt soatdan va asosiy ishdan bo‘sh kunlarida to‘la ish kunidan oshmasligi kerak. Barcha hollarda ham o‘rindoshlik bo‘yicha ishning muddati xodimlarning tegishli toifasi uchun belgilangan ish vaqti oylik me’yorining yarmidan ortib ketmasligi kerak. Qo‘shib olib borish tartibida esa, qo‘shimcha vazifalarning bajari- lishi vaqt bilan emas, balki xodimning asosiy ishi bilan bir vaqtda, qo‘shimcha ish hajmini bajarish qobiliyati va imkoniyati bilan belgilanadi. Bir vaqtda bir necha korxonada o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etiladimi, degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Umumiy qoidaga ko‘ra, bir necha korxonada o‘rindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi. Xodim o‘rindoshlik bo‘yicha asosiy ish joyida yoki boshqa korxonada ishlashga haqlidir. Lekin bu umumiy qoidaga istisno holatlar ham mavjud. Mutaxas- sisligi bo‘yicha bir necha korxonalarda ishlashga: a) o‘rta maktablar, o‘rta maxsus, hunar texnika va boshqa o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, tarbiyachilari, konsertmeysterlari, jo‘rlik 73
xodimlarga; b) maktabgacha, maktabdan tashqari va boshqa bolalar muassasalari, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, madaniyat va san’at muassa- salarining pedagogik xodimlariga; d) tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga; e) veterinar xodimlarga; f) to‘garaklarning badiiy rahbarlari, sport murabbiylari va boshqa mutaxassislarga ruxsat etiladi. Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, o‘rindoshlik asosida ishlash uchun asosiy ish joyidagi ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi talab qilinmaydi. Shu yerda o‘rindoshlik asosida ishlash qaysi toifadagi xodimlarga nisbatan cheklanadi, degan savolga javob berish kerak bo‘ladi. Bunga javoban aytish lozimki, yuqorida eslatib o‘tilgan Nizomning ikkinchi bandiga ko‘ra, korxonalarning rahbarlari, kasaba uyushma qo‘mitalari yoxud xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan hamkorlikda alohida mehnat shartlari va tartibiga ko‘ra, ba’zi kasb va lavozimlardagi o‘rindoshlik, qo‘shimcha ishlar xodimlarning sog‘lig‘iga yoki ishlab chiqarishning xavfsizligiga qarshi oqibatlarni keltirib chiqarsa, shu kasblar va lavozimlardagi xodimlarga nisbatan o‘rindoshlikka cheklashni joriy etish mumkin. O‘rindoshlik asosida ishlashni cheklashlar, shuningdek 18 yoshga to‘lmagan shaxslar va homilador ayollarga ham joriy etiladi. Agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ikkita rahbarlik lavozimini (usta lavozimidan tashqari) egallashga yo‘l qo‘yilmaydi. Rahbar lavozimlariga jamoalarga rahbarlik qilish bilan bog‘liq lavozimlar kiradi. Shunga e’tiborni qaratish lozimki, qonun hujjatlarida xodimlarning ayrim toifalariga o‘rindoshlik yo‘li bilan ishlashni cheklash nazarda tutiladi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112- moddasi va O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonunining 65-moddasi sudyalarning siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi va siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir lavozimni egallash mumkin emasligini nazarda tutadi. 74
«Prokuratura to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonunining 43-moddasiga ko‘ra prokuratura organlarining xodimlari haq to‘lanadigan boshqa biron- bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas, bundan ilmiy, pedagogik va ijodiy ishlar mustasnodir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling