Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
ishlar organlarida xizmat qilish haqidagi shartnoma O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nomidan ichki ishlar tegishli organining boshlig‘i, respublika Ichki ishlar vazirining vakili tomonidan tuziladi. Fuqaro ichki ishlar organlarida xizmat qilishga doir shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga 77
imtiyozlarni ta’minlash va amaldagi qonunlar hamda shartnomada ko‘zda tutilganidek ichki ishlar organlarida xizmat qilish shart-sharoitini yaratish majburiyatini oladi. Shartnomada tomonlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarmaganliklari sababli yuz beradigan yuridik oqibatlar aks ettiriladi. Shartnomaning shakli va shartlari O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Xodim ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning nafaqaga chiqish yoshiga yetgandagina yoki noma’lum sabablar, shuningdek boshqa muassasaga o‘tish munosabati bilan ana shu tashkilot, korxona yoki organdan tegishli iltimosnoma bo‘lgan taqdirdagina bo‘shatilishi mumkin, deb hisoblab kelingan. Muvaqqat Nizomda shaxsiy iltimos bilan bo‘shash ham ko‘zda tutilgan, buning uchun xizmatdan ketmoqchi bo‘lgan xodim ikki oy oldin asosli sabablari ko‘rsatilgan tegishli bildirgini topshirishi kerak. Tayinlangan muayyan lavozim talablariga xodimning kasbiy qobiliyati muvofiq kelish darajasini uzil-kesil aniqlashda uning tezkor xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi hamda o‘z ishining o‘ziga xos jihatlarini chuqur o‘rganishi uchun muvaqqat Nizomda uch oydan to bir yilga qadar tayyorgarlik va lavozim darajasi bo‘yicha sinov muddatini o‘tash tartibi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga yangi qabul qilingan xodimlarni egallagan lavozimiga to‘la ijobiy yondasha olishini aniqlash, ularga yuklatilgan vazifalarni bajara olish qobiliyatini o‘rganib chiqish va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi uchun berilgan ma’lum bir muddat (bir yil) sinov muddati hisoblanadi. Sinov muddati ichki ishlar organlariga birinchi bor qabul qilingan barcha xodimlarga o‘rnatiladi. Ularning egallagan lavozimlaridan qat’i nazar va ichki ishlar organlariga qayta (bo‘shagunga qadar ishlagan lavozimidan boshqa lavozimga) tiklangan hamda ichki ishlar organlaridagi oddiy boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodimlar o‘rta va katta boshliqlar lavozimlariga tayinlanganlarida, ma’lumotlari egallagan lavozimlariga to‘g‘ri kelmaganda o‘rnatiladi. Quyidagi shaxslar sinov muddatidan ozod etiladilar: – ichki ishlar organlari xizmatidagi kichik boshliqlar tarkibidan o‘rta va katta boshliqlar tarkibiga o‘tkazilgan va egallagan lavozimlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar; 78
xizmatga qabul qilingan xodimlar, agarda ular ilgari ishlab ketgan xizmat sohasi bo‘yicha xizmatga qabul qilinayotgan bo‘lsalar; – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari; – Oliy o‘quv yurtlarini tugallagan va Davlat komissiyasi tomonidan xizmatga yo‘llanma orqali yuborilgan shaxslar; – Ichki ishlar organlarining moliya-iqtisod va tibbiyot tizimlarining oddiy va boshliqlar tarkibi lavozimlariga xizmatga qabul qilinganlar. Sinov muddati bir marotaba o‘rnatiladi va uzaytirilmaydi. Muvaqqat Nizomda oddiy xodimlar va kichik boshliqlar tarkibini butlashning shartnoma (kontrakt) normasining joriy etilishi ana shu toifaga mansub xodimlarni xizmatga tanlab olish tartibini huquqiy himoyalash va demokratiyalashga yordam berishi kerak. Bu esa shartnoma tuzuvchi tomonlarning shartnoma shartlaridan kelib chiqadi- gan o‘zaro mas’uliyatlarini oshiradi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling