Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari


Download 0.75 Mb.
bet21/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

2-§. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari 

Mehnat shartnomasi faqat qonunda ko‘zda tutilgan quyidagi
sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin:
1) taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat
shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;
2) taraflardan birining tashabbusi bilan;
3) muddatning tugashi bilan;
4) taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra;
5) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra;
6) yangi muddatga saylanmaganligi yoki saylanishda qatnashishni
rad etganligi munosabati bilan (MK 97-m.).
Taraflarning kelishuvi bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilish,
bu odatda, muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqti uchun
tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishda
qo‘llaniladi.
Taraflarning kelishuvi bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganda
biron-bir organning roziligi talab qilinmaydi, voyaga yetmaganlarning
ishdan bo‘shatilishi bundan mustasno. Shartnoma muddatining
tugaganligi, mehnat munosabati haqiqatda davom etayotgan va taraflardan
birortasi bu munosabatlarni bekor qilishni talab qilmagan hollar bundan
mustasno. Bunday asos bo‘yicha muddatli, vaqtincha, mavsumiy mehnat
shartnomasining muddati tugagan bo‘lsa-yu, ammo taraflar uni bekor
qilish niyatida bo‘lmasalar, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga
qayta tuzilgan, xodim esa doimiy ishga qabul qilingan hisoblanadi (MK
106-m.).
Amaliyotda mehnat shartnomasini bekor qilishning eng ko‘p
qo‘llaniladigan turi bu xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini
bekor qilishdir. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ish
sharoitining ma’qul bo‘lmasligi, boshqa joyga yashash uchun ko‘chib
ketish, o‘qishga, nafaqa yoshiga yetish va boshqalar.
MK 99-moddasining birinchi qismiga ko‘ra xodim, muayyan
muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham (uning muddati tugamasdan
avval), nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham ish
beruvchini bu haqida ikki hafta oldin ogohlantirib, so‘ngra bekor qilishi
mumkin. Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor
qilishga faqat uning yozma ravishda yozgan arizasi asos bo‘ladi.


84
Mehnat shartnomasini MKning 99-moddasiga asosan bekor qilishda


faqat xodimning xohishi bo‘lishi talab etiladi. Agar mehnat shartnomasini
bekor qilishda xodimning xohishi emas, balki uni ariza yozishga majbur
qilgan ish beruvchining noqonuniy harakatlari (aldash, qo‘rqitish va
boshqalar) sabab bo‘lgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish
noqonuniy deb topiladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ariza bergan xodim
ogohlantirish muddati davomida o‘z mehnat vazifalarini belgilangan
tartibda bajarishi, ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishi shart. Aks
holda, ish beruvchi unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo
choralarini qo‘llashga haqli. Ish beruvchining roziligisiz, ikki haftalik
ogohlantirish muddati tugamasdan ishni tashlab ketish mehnat vazifalarini
qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Xuddi shuningdek, ish beruvchi ham xodimning roziligisiz
ogohlantirish muddati tugamasdan mehnat shartnomasini bekor qilishga
haqli emas. Mehnat shartnomasini bekor qilishda ogohlantirish muddati
ariza berilgan kunning ertasidan boshlanadi. Masalan, ariza 10 martda
berilgan bo‘lsa, ogohlantirish muddati 11 martdan boshlanadi va 24
martda, ya’ni oxirgi ish kunida tugaydi. Shunday qilib, xodimning
xohishiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qilish ogohlantirish muddati
tugagan kunda yoki tomonlarning kelishuviga ko‘ra, xodimning arizasida
ko‘rsatilgan kunda bekor qilinadi.
MKning 99-moddasiga asosan ikki haftalik ogohlantirish muddati
tugagandan so‘ng, mehnat shartnomasi bekor qilinmagan, mehnat
munosabatlari esa davom etayotgan bo‘lsa, xodimning mehnat
shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi o‘z kuchini yo‘qotadi va bu
arizaga binoan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish istagini esa xodim qo‘shimcha ariza
yo‘li bilan ta’kidlashi lozim bo‘ladi. Mehnat kodeksining 99-moddasiga
asosan ogohlantirish muddati davomida xodim o‘z arizasini qaytarib olishi
mumkin. Xodimning arizasini qaytarib olish huquqi oxirgi ish kuni bilan
qo‘shib hisoblaganda, butun ogohlantirish muddati davomida saqlanib
qolinadi. Xodimga o‘z xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish
to‘g‘risidagi arizasini qaytarib olishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunday holda, mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq
chiqarilgan yoki chiqarilmaganligining ahamiyati yo‘q. Ogohlantirish
muddati davomida xodim o‘zi istagan vaqtda va hech qanday
cheklashlarsiz yozgan arizasini qaytarib olish huquqiga ega.


85
Nomuayyan muddatga tuzilgan va muddatli mehnat shartnomasi ham


muddati tamom bo‘lmasidan oldin quyidagi hollarda ish beruvchining
tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling