Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet24/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qism 4-bandiga asosan: 
xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.
MKning 102-moddasiga ko‘ra xodim kamida 3 kun oldin yozma ravishda
ogohlantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 174, 176 va 178-
moddalariga muvofiq, har bir xodim o‘z mehnat vazifalarini halol,
vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining
qonuniy buyruqlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya
intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish
sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini
avaylab asrashi shart.
Xodimning mehnat vazifalari ichki mehnat tartibi qoidalarida, intizom
to‘g‘risidagi nizomlarda, muassasada qabul qilinadigan lokal hujjatlar,
ya’ni jamoa shartnomalarida, yo‘riqnomalarida hamda ishga qabul
qilishda tuzilgan mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yilishi zarur.
Ishga qabul qilinayotgan yoki boshqa ishga o‘tkazilayotgan har bir
xodim o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan oldindan imzo chektirib
tanishtirilishi kerak. Qonun bunday talablarning ish beruvchi tomonidan
bajarilmasligi ko‘plab nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
1996-yilning 1-apreliga qadar amalda bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksining 41-moddasida xodimning o‘z mehnat
vazifalarini buzganligi uchun javobgarligi alohida-alohida bandlarda
ko‘rsatilgan edi. Lekin hozir amaldagi qonunimizda bu alohida bandlarda
berilmagan.
1995-yilning 21-dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 4-bandida xodimning o‘z
mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun ish


94
beruvchi o‘z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga


ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Muassasada mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin
bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning
ro‘yxati kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi
tomonidan tasdiqlanadigan ichki mehnat tartib- qoidalarida ko‘rsatib
o‘tilgan bo‘lishi shart.
Mehnat shartnomasining bekor qilinishiga olib keluvchi ichki mehnat
tartib-qoidasi bir marta qo‘pol ravishda buzilishi holatlariga quyidagilar
kiritilishi mumkin:
– progul, ya’ni uzrli sabablarsiz surunkasiga yoki ish kuni davomida
jami uch soatdan ortiq ishda bo‘lmaslik;
– alkogolli ichimlik ichib, giyohvandlik yoki toksik modda ta’sirida
mast holatida ishga kelish guvohlarning ko‘rsatmalari yoki tibbiy xulosa
bilan tasdiqlansa;
– muassasaning mol-mulkini o‘g‘irlasa, buni guvohlar tasdiqlasa
yoki xodimdan o‘g‘irlangan narsa daliliy ashyo sifatida olinsa;
– texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘pol
ravishda buzish muassasa xodimlari, shu jumladan tartib buzuvchining
hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishga olib kelgan bo‘lsa;
– bevosita pul yoki tovar boyliklariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim
tomonidan aybli harakatlar sodir etilishi, agar ushbu harakatlar rahbariyat
tomonidan unga ishonch yo‘qolishi uchun asos bo‘lsa;
– shifokorlik sirlarini oshkor qilsa;
– tarbiyaviy vazifalarni bajaruvchi xodim bu ishni bundan keyin
davom ettirish mumkin bo‘lmagan darajada axloqsizlik sodir etgan
taqdirda.
Agar muassasada ichki mehnat tartib-qoidasi qabul qilinmagan bo‘lsa
yoki u qabul qilingan bo‘lib, unga yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar
kiritilmagan bo‘lsa, xodim o‘z mehnat vazifasini qancha buzmasin (oylab
ishga chiqmaslik, mast holda ishda bo‘lish va h.k.), baribir ish
beruvchining tashabbusi bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini
bekor qilib bo‘lmaydi. Agarda mehnat shartnomasi bekor qilinsa,
xodimning arizasiga binoan, albatta, mutasaddi organlar tomonidan u o‘z
ishiga qayta tiklanadi va majburan bekor yurgan barcha vaqti uchun haq
to‘lanadi ( MKning 275-m.).
Shuning uchun muassasalarda ish beruvchilar mehnat nizolarining
oldini olish, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusi bilan bekor qilish


95
uchun ichki mehnat tartibi qoidalari, xodimlarning mehnat vazifalari


to‘g‘risidagi yo‘riqnoma, jamoa shartnomasi bo‘lishi va har bir xodim bu
hujjatlar bilan o‘z vaqtida imzo chektirib tanishtirilishini ta’minlanishiga
e’tibor bermog‘i zarur.
Bir marta qo‘pol buzishlar ro‘yxati:
– ichki mehnat tartib-qoidalari;
– korxona mulkdorlari bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan
mehnat shartnomasi;
– ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom
haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi.
Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki
ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning
og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib
chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling