Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu
Savol va topshiriqlar
1. Ish vaqti tushunchasi va uning turlarini aytib bering. 2. Ish vaqtidan tashqari ishlar tushunchasi va tartibini tushuntiring. 3. Yillik qo‘shimcha ta’tillar, ularning turlari va berish tartibini ayting. 4. IIO xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ish haqi tizimini tushuntiring. 5. Ish haqidan ushlab qolish tartibi qanday amalga oshiriladi? 122
MEHNAT INTIZOMI. ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA INTIZOM. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI 1- §. Mehnat intizomining tushunchasi, ahamiyati va uni mustahkamlash omillari Bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa, ishlab chiqarish sohasida tartib-intizomning ahamiyati juda muhimdir. Shu sababli mehnat intizomiga oid qoidalar ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (kontrakt)ning yetakchi shartlarini tashkil etadi. Mehnat intizomi deganda, avvalo, korxona, muassasa va tashkilotda o‘rnatilgan tartib-qoidalar tushunilishi kerak. Bunday tartib-qoidalar ishni tashkil etish va muayyan mehnat vazifalarini amalga oshirishni, asbob- uskunalar va boshqa jihozlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni, ish vaqti rejimiga rioya qilishni, mehnat muhofazasiga oid talablarni bajarishni, xullas, ish jarayonidagi barcha xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Mehnat intizomiga taalluqli qoidalar Mehnat kodeksida, ayrim xalq xo‘jalik tarmoqlarida amal qiluvchi intizom ustavlarida, korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalarida, ichki mehnat tartib-qoidalarida, ma’lum ishlarni bajarish yuzasidan yo‘riqnomalarda va boshqa lokal normativ hujjatlarda nazarda tutiladi. Mehnat intizomi har bir xodim faoliyatining asosiy mezonidir. Shuning uchun ham ish beruvchi ishga yangi qabul qilingan har bir xodimni ishga qo‘yishdan oldin korxona ichki tartib-qoidalari, unga yuklatilgan vazifaning mohiyati, uning asosiy burchlari nimalardan iboratligi bilan atroflicha tanishtirishi kerak. Mehnat intizomi – bu xodimning mehnat shartnomasi (kontrakti), ichki mehnat tartib-qoidalari, shuningdek nizomlar va mansab yo‘riqnomalari bilan o‘z zimmasiga yuklangan vazifalariga qattiq rioya qilishidan iborat. Korxonada mehnat tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi 123
belgilanadi. Korxonaning ichki mehnat tartib-qoidalari deganda, korxona ichida o‘rnatilgan tartib-qoidalar nazarda tutiladi va bu qoidalarga qat’iy rioya qilish korxonada ishlayotgan barcha xodimlar uchun majburiy sanaladi. Ichki mehnat tartib-qoidalari xodim bilan korxona ma’muriyati (boshqaruvchilari), xodimlarning o‘zaro munosabatlari, ishlarning bajarilish rejimlari va boshqa holatlarni o‘z ichiga oladi. Ichki mehnat tartib-qoidalari xodim va ish beruvchi majburiyatlari, ish va dam olish vaqti rejimi, rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartiblarini o‘zida mustahkamlovchi lokal normativ-huquqiy hujjatlar bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarda ichki mehnat tartibini huquqiy tartibga solish korxona mehnat jamoasi umumiy majlisi (konferensiyasi)da tasdiqlanadigan ichki mehnat tartib-qoidalari bilan amalga oshiriladi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 14-iyunda 746-tartib raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 147-sonli «Idoraviy bo‘ysunishi, mulkchilik shakli va xo‘jalik faoliyati yo‘nalishidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun ichki tartibning namunaviy qoidalari» mavjud 1 bo‘lib, har bir korxona o‘zining ichki mehnat tartib-qoidalarini ushbu namunaviy qoidalar talablariga asoslangan holda ishlab chiqishi va joriy etishi lozim. Namunaviy ichki mehnat tartib-qoidalarida xodim va ish beruvchining asosiy majburiyatlari sanab ko‘rsatilgan. Mehnat huquqi fani va qonunchilik amaliyotida mehnat intizomini ta’minlash va mustahkamlashning quyidagi ikki usulidan foydalaniladi: 1) ishontirish. Mehnat shartnomasi tomonlarini iqtisodiy, ma’naviy jihatdan manfaatdor qilish, mehnat intizomiga og‘ishmasdan amal qilish ular uchun juda ham foydali ekanligiga ishontirishga qaratilgan tashkiliy- huquqiy tadbirlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi; 2) majburlash. Mehnat intizomiga shu talablar buzilganida huquqiy majburlov choralari, intizomiy va moddiy jazolarning qo‘llanishini taqozo etadi. Bu narsa xodimga nisbatan olganda turli intizomiy jazolarning qo‘llanilishida, ish beruvchiga nisbatan olganda esa unga 1 Qarang: Ўзбекистон Республикаси вазирликлари, Давлат қўмиталари ва идораларининг норматив актлари ахборотномаси. – Т., 1999. 124
bo‘lishida namoyon bo‘lishi mumkin. Xalq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida xodimlarning ayrim toifalari uchun intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar amal qiladi. Mehnat intizomi – bu faqat qonun normalari talablarini so‘zsiz bajarish bo‘libgina qolmay, balki ishga ijobiy munosabatda bo‘lish uchun yuksak ish sifatini, ish vaqtidan unumli foydalanishni ta’minlash hamdir. Qonunga binoan mehnat intizomi bir qancha aniq tadbirlar bilan, ya’ni yuqori unumli ish uchun zaruriy tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘lish, ishontirish, rag‘batlantirish usullari, shuningdek zarur hollarda intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash orqali ham ta’minlanadi. Shu bilan birga, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning ilg‘or shakllarini joriy etish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, mehnat qonunlariga og‘ishmay rioya qilish, ishlab chiqarishni moddiy va texnik jihatdan to‘la ta’minlash, xodimlarning ehtiyojlari va talablariga e’tibor qaratish, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borish mehnat intizomini yuksak darajada ta’minlashning eng muhim shartlari hisoblanadi. Mehnat intizomi haqidagi tartib-qoidalar quyidagilarda mustahkam- langan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida (6-bob); 2. Xo‘jalik faoliyatiga oid qonunlarda (masalan, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlari- ning kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar); 3. Xo‘jalik faoliyati tarmoqlariga oid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarda (masalan, temir yo‘l transport sohasida qo‘llanadigan intizom Ustavlari va boshqa); 4. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini boshqarishga oid O‘zbekiston Respublikasi hukumati hujjatlarida (masalan, davlat-aksiyadorlik ja- miyatlarining ayrim turlariga oid Nizomlar va h.k.); 5. Korxonalarning ichki mehnat tartibi-qoidalari, mansab yo‘riqno- malari va boshqa lokal normativ hujjatlarda; 6. Ishlarni xavfsiz va bezarar olib borish qoidalarida; 7. Xodim bilan ish beruvchi o‘zaro tuzgan mehnat shartnomasi (kontrakti)da; 8. Boshqa shakllardagi normativ-huquqiy aktlarda. 125
usullardan keng foydalaniladi. Mehnat intizomini mustahkamlashning huquqiy usullari qonunda ko‘zda tutilgan vositalar qo‘llanishi orqali xodim va ish beruvchi xulq-atvorini belgilangan qoidalar doirasida ushlab turilishiga qaratilgan. Mehnat kodeksining 176-moddasiga ko‘ra mehnat intizomini mustahkamlash borasida xodimning burchlari quyidagilardan iborat: • xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi; • mehnat intizomiga rioya qilishi; • ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi; • texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi; • ish beruvchining mol-mulkini avaylab-asrashi shart. Xodimning mehnat vazifalari ichki tartib-qoidalarda, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalari, yo‘riqnomalar va boshqalarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yiladi. Mehnat kodeksining 177-moddasiga ko‘ra, ish beruvchining burch- lari quyidagilar: • xodimlar mehnatini tashkil qilish; • qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi; • mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi; • mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi; • xodimlarning ehtiyoj va talablarini qondirishi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi; • Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart. Mehnat intizomini ta’minlash usullari xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu masala MKning 179-moddasida ham o‘z yechimini topgan. Mazkur moddaga muvofiq mehnat intizomi quyidagi usullar orqali ta’minlanadi: Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling