Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet40/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Ishlab chiqarish sanitariyasi normalari, qoidalari va sanitariya- 
gigiyena normativlari deganda, ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalar
tomonidan ishlab chiqiladigan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat
sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlar
tizimi tushuniladi. Sanitariya normalari, qoidalari va sanitariya- gigiyena
normativlari korxonalarda xodimlar uchun qulay va xavfsiz ish joylarini
yaratish (yorug‘lik, issiqlik, shovqin, zararli changlar, radiatsiya va
boshqalarga oid ko‘rsatkichlarni belgilash) korxona ishlab chiqaradigan
mahsulotlar, ko‘rsatadigan xizmatlar, bajaradigan ishlarning o‘zgalar
uchun xavfsizligini ta’minlash, epidemiologiya, infeksion xavf-xatarlar
yuz berishining oldini olish kabi maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi.
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan
normalar bo‘yicha:
– sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
– davolash-profilaktika oziq-ovqati;
– gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
– maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va
gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari,
ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida,
agar ular tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan xodimlarning
vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.


149
Xodimlar shaxsiy himoya vositalaridan ishlab chiqarish, xizmat


vazifalarini bajarishlari chog‘ida foydalanishga majburdirlar va bu
majburiyatning buzilishi mehnat intizomini buzish deb baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat muhofazasi to‘g‘risida»gi
qonunining 18-moddasi 2-qismiga asosan «Xodimning salomatligi yoki
hayotiga xavf tug‘diruvchi vaziyat paydo bo‘lganda, u bu holda zudlik
bilan ma’muriyatga xabar qiladi, bu hol nazorat organlari tomonidan
tasdiqlangan taqdirda, ma’muriyat ishni to‘xtatishni va xavf-xatarni
bartaraf etish chorasini ko‘rishi shart. Ma’muriyat tomonidan zarur
choralar ko‘rilmagan taqdirda, xodim ishni xavf bartaraf etilgunga qadar
to‘xtatib turishga haqlidir va bunga hech qanday intizomiy chora
berilmaydi».
Ma’muriyat, agar mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan
tasdiqlangan, xodimning hayoti va salomatligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri
jiddiy xavf hamon saqlanib turgan bo‘lsa, undan ishni qayta boshlashni
talab qilishga haqli emas va xodimga ish to‘xtatib turilgan butun davr
uchun barcha moddiy ziyonni to‘lashi shart.
Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni
buzgan va bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqdirda,
mehnat shartnomasi xodimning arizasiga ko‘ra, unga ishdan bo‘shaganda
beriladigan pul to‘langani holda, istalgan paytda bekor qilinishi mumkin.
Xodimda kasb kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda ma’muriyat
tibbiy xulosa asosida uni ixtisosini o‘zgartirgunga qadar o‘rtacha oylik ish
haqi saqlangan holda boshqa ishga o‘tkazishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-
iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini
tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida»gi Nizomning 2-bo‘lim 1-bandiga
muvofiq, «Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi
yoki guvoh darhol bo‘linma (sex) rahbariga xabar berishi kerak. Rahbar
esa jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatish va uni tibbiy
sanitariya qismiga, boshqa davolash muassasasiga o‘tkazishni tashkil
etish; tekshirish komissiyasi ish boshlaguniga qadar ish joyidagi vaziyatni
va jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday bo‘lsa
shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahdid
solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi; baxtsiz
hodisa yuz bergan joydagi korxona (sex) rahbari


150
darhol hodisa to‘g‘risida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki


korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga xabar qilishi shart».
Mehnat kodeksining 213-moddasiga muvofiq, ish beruvchi mehnat
shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni mehnat
sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa
kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog‘liq holda unga beriladigan
imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari
haqida xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish
joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati
haqida ham axborot berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi
qonunining 16-moddasida ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish
huquqi kafolatlari belgilangan.
Mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni muhofaza qilishga oid
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi
shart. Fuqarolarni ularning salomatligiga zid bo‘lgan ishga qabul qilish
man qilinadi. Ma’muriyat xodimni kasb kasalligining paydo bo‘lish
ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul
qilayotganda uni bu haqda ogohlantirishi shart. Amalda bunday
ogohlantirish ish boshlanishidan oldingi yo‘l-yo‘riqlar berish vaqtida
amalga oshiriladi va xodim yo‘l-yo‘riq xavf-xatar yuz berishi ehtimoli
bilan tanishtirilganligi to‘g‘risida tilxat beradi. Xodim bilan mehnat
shartnomasi tuzilayotgan paytda va u ishni boshlashidan avval zararli yoki
noqulay mehnat sharoitida ishlashi bilan bog‘liq ravishda unga beriladigan
imtiyozlar, ya’ni ish vaqtining qisqartirilganligi, qo‘shimcha mehnat ta’tili
olish huquqi, imtiyozli shartlarda pensiya ta’minoti huquqi, kasb
kasalligiga chalingan taqdirda bir yo‘la beriladigan nafaqa, zararni qoplab
berish va boshqalar haqida xabardor qilinishi lozim bo‘ladi.
Mazkur qonunning 19-moddasida xodimlarni mehnatni muhofaza
qilish bo‘yicha o‘qitish va ularga yo‘l-yo‘riqlar berish majburiyati
belgilangan.
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z
kasblari va ish turlari bo‘yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va
muddatlarda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan
o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari shart. Ma’muriyat
barcha
yangi
ishga
kirayotganlar,
shuningdek
boshqa
ishga
o‘tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini


151
o‘rgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz


hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar
berishlari shart.
O‘ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan
ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan
o‘tkaziladi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish,
yo‘l-yo‘riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishga
qo‘yish taqiqlanadi.
Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari
bo‘yicha malakasi muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart.
O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi
qonunning 20-moddasida mehnat sharoitlari hamda mehnatning muhofaza
qilinishi to‘g‘risida xodimlarning axborot olishga doir huquqlari
belgilangan.
Korxona xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va
muhofaza qilinishi, bunda lozim bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari,
imtiyozlar va tovon pullari to‘g‘risida axborot talab qilish huquqiga
egadirlar, ma’muriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart. 18
yoshga to‘lmagan xodim mehnat qilayotgan sharoitlar, kasb kasalligi yuz
berish xatari, shu bilan bog‘liq holda beriladigan imtiyozlar,
kompensatsiyalar, shaxsiy himoya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
voyaga yetmagan xodimning o‘zidan tashqari uning qonuniy vakillariga
ham ular talab qilganlarida berilishi lozim.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling