Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet37/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Savol va topshiriqlar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mehnat huquqiga
taalluqli normalarini aytib bering.
2. Mehnat huquqi manbalarining mohiyati va ularning amal qilish
doirasini tushuntiring.
3. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarning tuzilish tartibi va mazmunini
aytib bering.
4. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish tartibini belgilovchi qanday
normativ hujjatlarni bilasiz?
5. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilanadi?


142
8-mavzu 


MEHNAT MUHOFAZASI 

1- 
§. Mehnat muhofazasi tushunchasi va uning ahamiyati 
(MK 211–213-m.) 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra,


«Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat
sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash
tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy
mehnat taqiqlanadi».
Bundan ko‘rinib turibdiki, xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarida
ishlash fuqarolarning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir.
O‘zbekiston
Respublikasining
«Mehnatni
muhofaza
qilish
to‘g‘risida»gi 1993-yil 6-may qonunining 4-moddasida mehnatni
muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati asosiy prinsiplari ko‘rsatib
o‘tilgan bo‘lib, ularning ichida eng asosiysi sifatida – bu korxonaning
ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va
sog‘lig‘i ustuvorligidir. Xodim, uning hayoti va salomatligi birinchi
darajali bo‘lib, korxona, ish beruvchining manfaatlari esa ikkinchi
darajalidir.
Mehnatni muhofaza qilish – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy
hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi,
sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan
ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash
profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat
1
.
Mehnatni muhofaza qilish tizimi: 
– mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy talablar;
1
Qarang: Ўзбекистон Республикасининг «Меҳнатни муҳофаза қилиш
тўғрисида»ги 1993 йил 6 май қонуни 2-м.


143
– ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish;


– xodimlarning sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlab
berish va ularni muntazam ravishda yaxshilab borishda ish beruvchining
majburiyatlari;
– mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishda xodimlarning
majburiyatlari;
– xodimlar, ayrim toifadagi ayollar, voyaga yetmaganlar, mehnat
qobiliyati past bo‘lgan shaxslar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shim-
cha tadbirlari.
Mehnat xavfsizligini ta’minlash, xavfli va zararli ishlab chiqarish
omillarining turlari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligi, ishlab
chiqarish jarayonlari, xodimlarni himoyalash vositalari, binolar va
inshoatlar xavfsizligiga doir ishlarni tashkil qilish hamda tartibga solishga
qo‘yiladigan talablar davlat siyosatida nazarda tutilgan.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
1) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan
xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi;
2) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va
ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar barcha korxonalar uchun
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab
qo‘yish;
3) mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va
ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
4) korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda
bajarilishini nazorat qilish;
5) mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlat-
ning ishtirok etishi;
6) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;
7) xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vosi-
talari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;
8)
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;


144
9) ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya


vositalari, parhez ovqatlari bilan bepul ta’minlash; korxonalarda
mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘mak-
lashuvchi soliq siyosatini yuritish;
10) ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb
kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda
ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga
chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
11) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb
kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
12) kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar
va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga
qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
13) mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida
xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsiplariga asoslanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining IV
sessiyasida qabul qilingan va 1996-yilning 1-aprelidan kuchga kirgan
Mehnat kodeksiga muvofiq, mehnatni muhofaza qilish ish beruvchining
zimmasiga yuklatilgan. Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena
talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak.
Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi
qonunining 8-moddasi 3-qismida ham ushbu qoida aniq o‘z aksini topgan,
ya’ni «Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat
bergan boshqaruv idorasi korxonada mehnatni muhofaza qilish
standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa
shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi».
O‘zbekiston Respublikasi «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi
qonunining 12-moddasiga ham e’tibor bersak, unga ko‘ra «Tashkilot-
larning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning
rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yong‘in
xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar


145
zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit


qilmaydi» deb ko‘rsatilgan.
Mehnatni muhofaza qilish talablari Mehnat kodeksi, mehnatni
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar
1
,
shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi. Mehnatni muhofaza
qilishda ish beruvchi bilan kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida mehnat
muhofazasi bo‘yicha tuzilgan jamoa shartnomalari va bitimlari, ular
tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomalar ham muhim ahamiyatga egadir.
Mehnatning muhofazasiga oid texnikaviy standartlar, namunaviy
Nizom hamda qoidalar vakolatli davlat idoralari tomonidan ishlab
chiqiladi va joriy etiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling