Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet45/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Savol va topshiriqlar 
1. Mehnatni muhofaza qilishda davlat siyosati va davlat boshqaruvining
ahamiyatini tushuntirib bering.
2. Mehnat muhofazasini ta’minlashda ish beruvchilarning qanday
majburiyatlarini bilasiz?
3. Mehnat muhofazasi sohasida xotin-qizlarga belgilangan kafolatlar
doirasini aytib bering.
4. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun qanday javobgarlik
mavjud?


162
9-mavzu 


MEHNAT NIZOLARI 

1-§. Mehnat nizolari va ularning turlari 

Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida turli mulkchilik shaklidagi


korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xodimning mehnat huquqlarini
samarali himoya qilish, ayrim ish beruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan o‘zboshimchaliklar, qonunbuzarliklarni bartaraf etish,
shu jumladan ba’zi xodimlarning o‘z huquqlarini suiiste’mol qilishlariga
yo‘l qo‘ymaslik kabi vazifalar mehnat munosabatlarida qonunchilik va
adolatni ta’minlashning muhim omilidir.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodim va ish beruvchi huquqlari
teng ekanligini e’tirof etadi, ularga bir xil iqtisodiy hamda huquqiy sharoit
yaratib beradi, shu orqali ular o‘rtasida kelishtirib bo‘lmaydigan
ziddiyatlar yuz berishining oldini oladi.
Ammo, taraqqiyot dialektikasi hayot qonunlariga ko‘ra xodim bilan
ish beruvchi o‘rtasida turli ixtiloflar yuz berishi uchun har doim sabablar
yetarli bo‘ladi. Mehnat qonunchiligining vazifalaridan biri shunday
ixtiloflar yuz berishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf eta borish,
yuz berganida esa, ularni adolat va qonunchilik prinsiplariga qat’iy amal
qilgan holda hal etilishini ta’minlashdan iborat.
Korxonalarda xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat nizosining yuz
berishiga bir qator obyektiv hamda subyektiv omillar sabab bo‘ladi.
Obyektiv omillarga huquqiy ong va madaniyatning yetarli emasligi, ishlab
chiqarishni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar, mehnat
munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar
yuzaga kelishi va boshqalar kiradi.
Ayrim xodim va ayrim ish beruvchining o‘z huquqlarini suiiste’mol
qilishlari, korxona mehnat jamoasida nosog‘lom ma’naviy, psixologik
muhitning yuzaga kelishi kabi holatlar mehnat nizolari kelib chiqishining
subyektiv omillari bo‘lishi mumkin.
Mehnat sohasida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka mehnat
ixtiloflari, har ikkala tarafning muzokaralari, o‘zaro kelishuvlari doirasida
tinch yo‘l bilan hal etilishi lozim. Ammo, bunday kelishmovchiliklar tinch
yo‘l bilan hal etilmasa, u holda, maxsus


163
organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va hal


etilishi lozim bo‘ladi.
Mehnat nizolari ish beruvchi bilan xodim yoki kasaba uyushmasi
qo‘mitasi yoxud mehnat jamoasi o‘rtasida hal etilmagan kelishmov-
chiliklardir.
Bunday kelishmovchiliklar mehnat shartnomasi asosida ishlovchi
shaxslar bilan ish beruvchi o‘rtasida mehnat qonunlari va boshqa normativ
hujjatlar, jamoa shartnomasi hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa
shartnomalarning qo‘llanishi, shuningdek xodimga yangi mehnat
sharoitlarini o‘zgartirish masalalari yuzasidan kelib chiqishi mumkin.
Mehnat nizolari o‘z mazmuniga ko‘ra, ikkiga bo‘linadi:
1) yakka tartibdagi mehnat nizolari;
2) jamoalarga doir mehnat nizolari.
Yakka tartibdagi mehnat nizolari ish beruvchi va xodim o‘rtasida
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, mehnat
shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llash yuzasidan
kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.
Jamoaga doir nizolar – barcha xodimlarga taalluqli bo‘lgan yangi
mehnat shartnomalarini joriy qilish yoki mavjud mehnat sharoitlarini
o‘zgartirish, shuningdek ish beruvchining butun jamoaga nisbatan olgan
o‘z majburiyatlarini bajarishi borasida yuzaga keladigan nizolardir.
Mehnat nizolari o‘z xususiyatlariga ko‘ra:
– da’vo tusidagi nizolar;
– da’vo tusiga ega bo‘lmagan nizolarga bo‘linadi.
Da’vo tusidagi nizolar mehnat to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarni
qo‘llash bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Xodim bunday nizo kelib
chiqqanda da’vo arizasi berish yo‘li bilan o‘z huquqlarining tiklanishiga
harakat qiladi. Ular hamma vaqt shaxsiy xarakterga ega bo‘ladi.
Da’vo tusiga ega bo‘lmagan nizolarga amaldagi mehnat shartlarini
o‘zgartirish yoxud yangi mehnat shartlarini joriy etish bilan bog‘liq holda
yuzaga keladigan kelishmovchiliklar kiradi. Ular shaxsiy xarakterga,
shuningdek jamoa xarakteriga ham ega bo‘lishi mumkin.
Yakka mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyalari, Mehnat
kodeksining 269-moddasida ko‘rsatilganidek, bevosita tuman (shahar) va
tumanlararo fuqarolik sudlarida ko‘rib chiqiladi.
Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat
nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.


164
Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan


tartibga solinadi, bundan tashqari, mehnatga oid nizoli ishlarni tuman
(shahar) sudlarida ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik protsessual kodeksi bilan ham belgilanadi.
Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va
kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi
o‘rtasidagi kelishuvda mehnat nizolari komissiyalarini tuzish nazarda
tutilishi mumkin. Mehnat nizolari komissiyalari kamida 15 nafar xodim
ishlaydigan korxonalarda mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida, ish
beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa
vakillik organlari tomonidan tenglik asosida tuziladi.
Komissiyaga kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa
vakillik organidan ajratilgan a’zolar tegishli organning qarori bilan, ish
beruvchining vakillari esa uning buyrug‘i bilan tasdiqlanadilar.
Komissiya o‘z tarkibi orasidan har gal navbatma-navbat rais, rais
o‘rinbosari va kotibini saylaydi.
Myehnat nizolari komissiyasining son tarkibi va vakolat muddati
jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba
uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining
kelishuviga binoan belgilanadi.
Xodim kelishmovchilikni mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi
qo‘mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish
beruvchi bilan bevosita olib borgan muzokaralarida hal eta olmagan
bo‘lsa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib chiqiladi.
Jamoalarga doir mehnat nizolari ish beruvchi va xodimlar jamoalari
o‘rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni
o‘zgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, o‘zgartirish
hamda bajarish yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklardir.
Myehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni
o‘zgartirish xususidagi jamoalarga doir nizolarni hal etish tartibi qonun
bilan belgilab qo‘yiladi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan mehnat jamoasining talablari
umumiy yig‘ilishda ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi.
Ammo, talablarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lish uchun unda jamoa
a’zolari yoki konferensiya delegatlarining 4/3 qismi, ya’ni 75 foizi
qatnashgan, zarur talablar yozma ravishda bayon qilingan bo‘lishi va
tasdiqlanganidan keyin 3 kundan kechikmay ish beruvchiga topshirilishi
lozim . Ish beruvchi ham xuddi shu muddat ichida talablarni o‘rganib


165
chiqishi hamda qanday qarorga kelganligi haqida mehnat jamoasi


tomonidan vakil qilingan organga darhol ma’lum qilishi lozim.
Agar mehnat jamoasining talablarini hal qilish ish beruvchining
huquqlari doirasidan tashqari chiqsa, u xuddi shu muddat ichida bu
talablarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organga yo‘llashi kerak.
Myehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shu
jumladan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan jamoa
shartnomalari, kelishuvlari, lokal hujjatlarni qo‘llash xususidagi
jamoalarga doir mehnat nizolari sud tartibida ko‘rib chiqilishi lozim.
Bunday nizolar sudlar tomonidan taraflardan birining arizasi asosida
ko‘rib chiqiladi.
Jamoaga doir mehnat nizolarining kelib chiqishida yoki komissiya va
sud qarorlari ijro qilinishini kechiktirishda aybdor bo‘lgan rahbarlar va
boshqa mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirishga
qadar intizomiy jazoga, ularning xatti-harakatlari bilan moddiy zarar
yetkazilgan hollarda esa yillik lavozim maoshigacha miqdorda moddiy
javobgarlikka tortiladilar.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling