Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
- §. Mehnat nizolarining korxonalarda ko‘rib chiqilishi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
2-
§. Mehnat nizolarining korxonalarda ko‘rib chiqilishi Myehnat nizolari komissiyasi korxona, muassasa va tashkilotlarda yuz bergan mehnat nizolarini ko‘rib chiqishi shart bo‘lgan boshlang‘ich bosqichdir. Myehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko‘radi. Myehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyalar quyidagi masalalarga taalluqli nizolarni ko‘rib chiqadi: 1) belgilangan ish normalari va ishbay baholarning qo‘llanishi, shuningdek ish normalarining bajarilishini ta’minlovchi mehnat shart- sharoitlari; 2) boshqa ishga ko‘chirish va ko‘chirilgan taqdirda, mehnat haqi to‘lash; 3) mehnat shartnomasining ish beruvchining tashabbusidan tashqari bekor qilinishi; 4) ish normasi bajarilmagan, bekor turib qolingan va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgan hollarda mehnatga haq to‘lash; 5) ish vaqtidan tashqari soatlar va tungi vaqtda ishlaganlik uchun haq to‘lash, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun kompensatsiya berish; 166
7) maxcyc ish kiyimi, maxsus poyafzal, individual himoya vositalari, sut yoki shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berish. Umuman olganda, mehnat nizolari komissiyasi mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartno- malari, qoidalar, nizomlar va yo‘riqnomalarning qo‘llanishi bilan bog‘liq mehnat nizolarini ham ko‘radi. Ular quyidagi masalalarga taalluqli nizolarni ko‘rib chiqishga haqli emaslar: 1) ish normalarini (ish vaqti normalarini), lavozim maoshlarini o‘zgartirish va tarif stavkalarini belgilash, shtatlarni o‘zgartirish; 2) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar hamda pensiyalarni hisoblab chiqish, tayinlash va to‘lash, nafaqa va pensiya to‘lash uchun talab qilingan mehnat stajini hisoblab chiqish; 3) ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlarni o‘z ishiga qayta tiklash; 4) uy-joy berish, taqsimlash, shuningdek xodimlarning maishiy ehtiyojlarini qondirish to‘g‘risidagi masalalarga oid nizolar. Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan e’tiboran 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan xodimning ishtirokida ko‘riladi. Xodimning ishtirokisiz nizoni ko‘rib chiqishga uning yozma arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Xodim, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga ega. Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirish, mutaxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va hujjatlarni taqdim etishini talab qilish huquqiga ega. Majlisda komissiyaning qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilinadi. Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlangan, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak. Komissiya qarorining nusxasi u qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kun ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi. 167
qilish uchun belgilangan 10 kunlik muddat o‘tganidan keyin, 3 kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak. Ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma beriladi.Agar xodim ish beruvchi ustidan yuqorida belgilangan muddat ichida tuman (shahar) va tumanlararo fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi. Mehnat nizolari komissiyasi bergan guvohnoma asosida tuman (shahar) sud ijrochisi ko‘pi bilan 3 oy ichida mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy ijro ettiradi. Mehnat nizolari komissiyasi 10 kunlik muddat ichida mehnat nizolarini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazishga haqlidir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling