Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
- §. Ayollar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
3-
§. Ayollar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish (MK 224–247-m.) Ish beruvchi barcha xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’min etish bilan birga, ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslar haqida alohida g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Homilador ayollar yoki 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni, 14 yoshga to‘lmagan bolasi (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor onalarni ishga qabul qilishni rad etish va shuni bahona qilgan holda, ularning ish haqini kamaytirish qonunga binoan taqiqlanadi. Ish beruvchi ana shu toifadagi ayollarni ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, buning sabablarini ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Ishga qabul qilishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda, mehnat shartnomasi ularni, albatta, ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Ishga joylashtirish davrida ularning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi, biroq bu muhlat muddati mehnat shartnomasi tugatilgan kundan e’tiboran 3 oydan oshmasligi kerak. Mehnat sharoiti noqulay yoki zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. Yer ostidagi ba’zi ishlarda istisno tariqasida (jismoniy mehnat hisoblanmagan yoki sanitariya va maishiy xizmat ko‘rsatish ishlari) ayollar mehnatidan foydalanish mumkin. Ayollarning ular uchun belgilab qo‘yilgan normadan ortiq yuk ko‘tarishlari va tashishlari ham taqiqlanadi. Homilador ayollar va 14 yoshga to‘lmagan bolasi (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlarida ishlatishga, shuningdek xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tibbiy xulosaga muvofiq, ayollarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkaziladi. Ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda 70 kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. 160
bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan ta’tildan tashqari, ayolning arizasiga muvofiq, bolasi 3 yoshga to‘lgynga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi caqlanmagan ta’til beriladi. Bolani parvarishlash ta’tili umumiy va uzluksiz ish stajiga, shuningdek mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi va ish joyi saqlanadi. 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi bor ayollarga ishlab chiqarish sharoitlari imkon bergan davrda ish beruvchi bilan kelishilgan holda har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan xaq to‘lanadigan va 14 kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan qo‘shimcha ta’til olish huquqi beriladi. 2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar har 3 soatda bir marta har biri 30 daqiqadan kam bo‘lmagan muddat bilan beriladi. Bulardan tashqari, ish beruvchi ayollarga yana tibbiy xulosaga ko‘ra to‘liq bo‘lmagan ish kuni yoki ish haftasi belgilashi shart. Yoshlarni 16 yoshdan boshlab ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Alohida hollarda kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda 15 yoshga to‘lgan shaxslar ota-onasining roziligi bilan ishga qabul qilinadi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnat munosabatlarida katta yoshdagi shaxslar bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar, mehnat muhofazasi, ish vaqti, ta’tillar vaqti va boshqa ba’zi mehnat sharoitlari sohasida esa imtiyozlardan foydalanadilar. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan og‘ir ishlarda va mehnat sharoiti zararli yoki xavfli bo‘lgan ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida foydalanish taqiqlanadi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin ishga qabul qilinadilar va 18 yoshga to‘lgunlarigacha har yili tibbiy ko‘rikdan majburiy tarzda o‘tkazib turiladilar. Ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga, shuningdek dam olish kunlari ishlashga jalb qilish taqiqlanadi. Ularga har yilgi ta’til yoz paytida yoki ularning xohishiga qarab yilning istalgan vaqtida beriladi va u bir kalendar oyga teng bo‘ladi. Kunlik ish vaqti qisqartirilgan hollarda ularga ish haqi kunlik ish vaqti to‘liq bo‘lgan tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to‘lanadi. 161
mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart. 18 yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, ishdan bo‘shatishning umumiy qoidalariga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ota-onalar va vasiylar (homiylar), shuningdek mehnatni muhofaza qilishni nazorat qiluvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shyg‘yllanuvchi komissiyalar, agar 18 yoshga to‘lmagan shaxslar bajarayotgan ishni davom ettirish ularning sog‘lig‘iga yoki boshqacha tarzda zarar yetkazadigan bo‘lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqlidirlar. Mehnat kodeksida ayollarga va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga qo‘shimcha kafolatlar belgilash bilan birgalikda, ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar ham belgilangan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling