Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet49/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Savol va topshiriqlar 

1. Mehnat nizosining tushunchasi va turlarini tushuntirib bering.


2. Jamoalarga doir mehnat nizolarining yakka mehnat nizolaridan qanday
farqli jihatlari mavjud?
3. Mehnat nizolarini korxonalarda ko‘rish tartibini tushuntiring.
4. Mehnat nizolarini sudda ko‘rish tartibi qanday amalga oshiriladi?
5. Ayrim toifadagi davlat xizmatchilariga doir mehnat nizolarini ko‘rib
chiqish xususiyatlarini aytib bering.


173
10-mavzu 


DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI. MEHNAT QONUNCHILIGIGA 
RIOYA ETILISHINI TEKSHIRISH VA NAZORAT QILISH 

1-§. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tushunchasi va uning turlari 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida ko‘rsa-


tilganidek, «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda,
shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda
tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori
rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz
bo‘lishi mumkin emas».
Demak, buning uchun xodimlar davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urta
qilinishi lozim. Bu huquq xodimlarni ijtimoiy sug‘urta qilish orqali
yoshiga qarab, nogironlik uchun va boquvchisiz qolganida, davlat va
jamoa xo‘jaligi hisobidan pensiyalar, mehnat qobiliyatini vaqtincha
yo‘qotganida nafaqalar to‘lash, mehnat qobiliyatini qisman yo‘qotganida
ishga joylashtirish, qarib qolganida va nogironlikda g‘amxo‘rlik qilish
hamda ijtimoiy sug‘urtaning boshqa shakllari bilan ta’minlashni
kafolatlaydi.
Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalar doimiy va mavsumiy,
shuningdek vaqtinchalik ishlarda ishlaydigan xodimlarga joriy qilinadi.
Qonunga ko‘ra, davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun ish beruvchilar,
shuningdek sug‘urta qilingan xodimlarning o‘zlari badal to‘laydilar.
Ish beruvchilarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal
to‘lamaganliklari sug‘urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi
mablag‘lari hisobidan ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi.
Sug‘urta qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa ularning oila 
a’zolari ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan: 
a) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan
tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari;
b) bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;
d) davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquv-
chisini yo‘qotganlik pensiyalari;


174
e) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan ham


ta’minlanadilar.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan xodimlarni sanatoriy-
kurortlarda davolash, ularni profilaktoriylar va dam olish uylariga
joylashtirish, ularning shifobaxsh (parhez) taomlari uchun haq to‘lash,
bolalarning sog‘lomlashtirish lagerlarini ta’minlab turish va davlat
ijtimoiy sug‘urtasi yo‘li bilan o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar uchun ham
belgilangan tartibda foydalaniladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda
to‘lanadi:
– kasal bo‘linganda;
– mehnatda mayib bo‘lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda,
shu jumladan turmushda jarohatlanganda;
– oilaning betob a’zosini parvarish qilganda;
– karantin e’lon qilinganda;
– sanatoriy-kurortda davolanganda;
– protez qilinganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan
va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa
hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan
muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetma- gan
bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan
yuz foizigacha miqdorda to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz
bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib
ketmasligi lozim.
Ma’lumki, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlashda
mehnat staji, ayniqsa, uzluksiz mehnat staji katta ahamiyatga egadir.
Xodimlarning uzluksiz mehnat stajini hisoblash qonunlar asosida tartibga
solinadi. Bir kalendar yil davomida o‘z xohishi bo‘yicha uzrli sabablarsiz,
takroran ishdan bo‘shab ketish mehnat stajining uzilishiga sabab bo‘ladi.
Yil davomida quyidagi sabablarga ko‘ra o‘z xohishi bo‘yicha takroran
ishdan bo‘shab ketish uzrli hollar deb hisoblanadi:
– er yoki xotindan birining boshqa ishga ko‘chirilishi, ishlash yoki
xizmatni o‘tash uchun chet elga yuborilishi, er yoki xotinning turar joyiga
ko‘chib ketishi;


175
– muayyan joyda ishlash yoki ishlashga to‘sqinlik qiluvchi kasallik


bilan og‘rish (tegishli tibbiy xulosaga muvofiq);
– oilaning kasal bo‘lgan a’zosini parvarish qilish zarur bo‘lganda
yoki 1-guruh nogironini parvarishlash zarurligi tufayli ishdan bo‘shash;
– tashkiliy suratda ishga olish yoki qishloq xo‘jaligiga ko‘chib
o‘tish;
– tanlov asosida egallanadigan lavozimga saylanganda;
– oliy o‘quv yoki o‘rta maxsus o‘quv yurti, aspirantura yoki klinik
ordinaturaga o‘qishga qabul qilinganda;
ish beruvchi mehnat qonunlari, jamoa yoki mehnat shartnoma-
sining shartlarini buzganda ishdan bo‘shab ketish.
Ayni vaqtda nogironlar, yoshga doir pensiyani oluvchilarning
takroran ishdan bo‘shab ketishlari ham uzrli deb hisoblanadi. Amaldagi
qonunlarga binoan, bir ishdan ikkinchisiga o‘tish paytidagi tanaffuslar 21
kundan ortiq bo‘lgan hollarda ham uzluksiz mehnat staji saqlanib
qoladigan, shuningdek bir ishdan ikkinchisiga kirish paytida oradagi
o‘tgan tanaffus qancha bo‘lishidan qatyi nazar, uzluksiz mehnat staji
saqlanib qoladigan hollar ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, shuni alohida ta’kidlash zarurki, fuqarolarning
qamoqda bo‘lgan, shuningdek jazoni o‘taganligi, vazifasidan chetlash-
tirilganligi tufayli ishlamagan vaqtlari umumiy mehnat stajiga ham,
maxsus mehnat stajiga ham kiradi. Xodimlarning uzluksiz mehnat stajlari
ish beruvchi tomonidan mehnat daftarchasidagi yozuvlarga muvofiq yoki
tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida belgilanadi.
Alohida belgilangan holatlardan tashqari, xodimlarga vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotno-
malar berish taqiqlanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ish vaqtida,
jumladan sinov muddati paytida yuz bersa ham nafaqa to‘lanadi. Nafaqa,
shuningdek xodim ishdan bo‘shayotgan kunda vaqtincha mehnatga
qobiliyatsiz bo‘lib qolsa ham to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib
bo‘lganda yoki kasb kasalligiga chalinganda, ish haqining to‘liq
miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi
badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi
voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish
haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda to‘lanadi.


176


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling