Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-  §. Moddiy javobgarlik tushunchasi va uning ahamiyati


Download 0.75 Mb.
bet35/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

3- 
§. Moddiy javobgarlik tushunchasi va uning ahamiyati 

Moddiy javobgarlik deganda, mehnat shartnomasining bir tarafi (ish
beruvchi yoki xodim) mehnat sohasidagi vazifalarni bajarish munosabati
bilan boshqa tarafga yetkazgan zararini amaldagi qonunlarga muvofiq
qoplashi tushuniladi.
Mehnat shartnomasi yoki unga qo‘shimcha ravishda tuzilgan yozma
shakldagi kelishuvda, shuningdek jamoa shartnomasida mehnat
shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi aniqlashtirib qo‘yilishi
mumkin. Bunda shartnoma bo‘yicha ish beruvchining xodim oldidagi
javobgarligi Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan kam, xodimning ish
beruvchi oldidagi javobgarligi esa ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Zarar yetkazilganidan keyin mehnatga oid munosabatlarning bekor
qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini moddiy javobgarlikdan ozod
qilishga asos bo‘lmaydi.
Mehnat qonunlariga muvofiq, moddiy javobgar shaxs – bu hisob
berish sharti bilan o‘ziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning but
saqlanishini ta’minlamagan, vujudga kelgan zarar uchun to‘liq moddiy
javobgar xodim. Moddiy javobgarlik belgilangan tartibda ish faoliyati
o‘zlariga yuklatilgan qimmatliklarni saqlashdan iborat bo‘lgan xodim
bilan ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan alohida yozma shartnomaga yoki
maxsus qonun aktlarida belgilangan qoidalarga muvofiq qoplanadi.
Odatda moddiy javobgar shaxs bilan to‘liq javobgarlik to‘g‘risida yakka
tartibda shartnoma tuziladi, ayrim turdagi ishlarni birgalikda bajarishda
esa brigada moddiy javobgarligi joriy etilishi mumkin. Maxsus yoki
professional tayyorgarlikka ega, 18 yoshga yetgan xodim moddiy
javobgar shaxs bo‘lishi mumkin.
Ularni ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish bosh hisobchi
bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Moddiy javobgarlik bilan
bog‘liq lavozimlarga sudning hukmi bilan bunday lavozimlarni egallash
yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan
shaxslarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ilgari o‘g‘irlik, poraxo‘rlik va
boshqa g‘arazli jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar agar sudlanganlik olib
tashlanmagan yoki bekor qilinmagan bo‘lsa, moddiy javobgarlik bilan
bog‘liq ishlarga qabul qilinmaydi. Moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi
shartnoma – xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi bitimdir.
Bunday shartnomalar mehnat shartnomasiga qo‘shimcha ravishda
yozma shaklda tuziladi. Bunday shartnoma tuzgan xodim moddiy


133
javobgar shaxs hisoblanadi. Moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma


o‘ziga berib qo‘yilgan qimmatliklarni saqlash, ishlatish, sotish (berish),
tashish yoki ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
lavozimni egallovchi yoki ishni bajaruvchi muomala layoqatiga ega
bo‘lgan xodim bilan tuzilishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka binoan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risi-
dagi yozma shartnomalar faqat markazlashgan tartibda tasdiqlangan
maxsus ro‘yxatda nazarda tutilgan ishlar, lavozimlar uchun xodimlar bilan
tuziladi.
Yuqorida ta’kidlanganlarni hisobga olib, Mehnat kodeksiga binoan,
to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish mumkin
bo‘lgan xodimlar toifasining ro‘yxati korxona ichki tartibi va jamoa
shartnomalarida belgilanadi. Agar ular tuzilmagan bo‘lsa: ish beruvchi va
kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik
organlari o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha belgilanadi. Bunday lavozimlar va
ishlarning turiga: kassirlar, yuklarni tashish bo‘yicha ekspeditorlar,
moddiy boyliklarni saqlash uchun qabul qilish, saqlash, berish bo‘yicha
hamda qimmatbaho metallar, toshlarni va ulardan qilingan buyumlarni
sotib olish, sotish, almashtirish, tashish, yetkazib berish, shuningdek
qishloq xo‘jalik va boshqa hayvonlarni parvarish qilish, saqlash va
ko‘paytirishga doir ishlar kiritilgan.
Mehnat kodeksining 186-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasining
bir tarafi o‘zining g‘ayriqonuniy aybli xulq-atvori (harakati yoki
harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga yetkazilgan zarari uchun
amaldagi qonunlardan boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, moddiy
javobgar bo‘ladi.
Taraflarning har biri o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning miqdorini
isbotlab berishi shart.
Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy
javobgarligi deb, o‘z mehnat vazifalarini bajarishi jarayonida yoki mehnat
qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi tufayli
xodimga, boquvchisi ish bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda esa,
uning oila a’zolariga yetkazgan har qanday zararni, shu jumladan,
ma’naviy zararni ham qonunda boshqacha holat nazarda tutilmagan
bo‘lsa, to‘liq to‘lanishiga aytiladi.
Mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq ravishda xodim
sog‘lig‘iga shikast yetkazishi, mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga uchrashi
tufayli unga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash O‘zbekiston Respublikasi


134
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan


tasdiqlangan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan
bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki
salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish
beruvchilar tomonidan to‘lash qoidalari»da belgilab qo‘yilgan shartlarda
va tartiblarda amalga oshiriladi.
Ish beruvchi xodimlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Xodimning mehnatdan mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u
o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining
boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi
to‘liq hajmda to‘lashi shart.
Ma’naviy zarar (jismoniy yoki ruhiy azoblar) pul yoki boshqa moddiy
shakllarda hamda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq
ravishda, xodim vazifalarni bajarish bilan bog‘liq holda vafot etgan
taqdirda esa ish beruvchi bilan vafot etgan xodimning oila a’zolari
o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqdorda qoplanadi.
Agarda ma’naviy zararni qoplash yuzasidan nizo kelib chiqqan
taqdirda, bu masala sudda ko‘rib chiqiladi. Xodim mehnat qilish
imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan barcha hollarda
ololmay qolgan ish haqini ish beruvchi unga berishi shart. Ish
beruvchining bunday majburiyati, agar ish haqi ishga qabul qilishda
g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi, xuddi shunday yo‘l bilan mehnat
shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa
ishga o‘tkazilganligi va mehnat nizolarini ko‘ruvchi organning bunday
ishlar yuzasidan chiqargan qarori o‘z vaqtida bajarilmaganligi, mehnat
daftarchasini berish kechiktirilganligi, turli yo‘llar bilan xodimning
sha’niga dog‘ tushiruvchi ma’lumotlar tarqatilganda kelib chiqadi.
Ish beruvchi, shuningdek xodim mehnat jarayonida mayib bo‘lishi,
kasb kasalligiga chalinishi yoki u o‘z mehnat vazifalarini bajarayotganda
salomatligiga boshqacha tarzda shikast yetganda ham zararni to‘liq
hajmda qoplashi shart. Xodim ish beruvchining hududida ham, uning
tashqarisida ham mehnatda mayib bo‘lsa, shuningdek ish beruvchi
tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan
qaytayotgan vaqtda shikastlansa, yetkazilgan zarar uchun ham ish
beruvchi moddiy javobgar bo‘ladi.


135
Agarda ish beruvchi zarar uning aybi bilan kelib chiqmaganligini


isbotlab berolmasa, unda uni to‘lashi shart. To‘lanishi lozim bo‘lgan zarar
jabrlanuvchining mehnatda mayib bo‘lishiga qadar olgan o‘rtacha oylik
ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini
yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovdan
sog‘lig‘iga shikast yetkazishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarning
kompensatsiyasidan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda
esa, bir yo‘la beriladigan nafaqadan iboratdir.
Xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi va
uning qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi tibbiy mehnat ekspertiza
komissiyasi (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Zarar o‘rnini qoplash uchun
to‘lovlarni tayinlashda jabrlanuvchi olayotgan ish haqi, stipendiya,
pensiya va boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Bunda mehnatda mayib
bo‘lgan jabrlanuvchilar nogironlarga zararni qoplash uchun to‘lanadigan
summa qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 50
foizdan oz bo‘lishi mumkin emas.
Mehnat qonunlarida xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganida
mehnat shartnomasi taraflarning aralash javobgarligi ko‘rsatilgan bo‘lib,
agar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki
ko‘payishiga sabab bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori
jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab muvofiq ravishda kamaytiriladi.
Jabrlanuvchi tomonidan qo‘pol ehtiyotsizlik qilingan va ish
bajaruvchining aybi bo‘lmagan hollarda, javobgarlik kelib chiqadigan
bo‘lsa, uning aybidan qat’i nazar to‘lanadigan zarar miqdori ham shunga
muvofiq tarzda kamaytiriladi. Bunday vaqtda zararni to‘lashni rad etishga
yo‘l qo‘yilmaydi. Aralash javobgarlik to‘lanishi lozim bo‘lgan zararning
qo‘shimcha turlariga, bir yo‘la beriladigan nafaqaga, shuningdek zararni
boquvchining vafoti munosabati bilan zararni to‘lash hollariga tatbiq
etilmaydi.
Qonunga binoan xodim mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga
chalinishi va mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda vafot etgan
bo‘lsa, ish beruvchi marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga
qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek 16 yoshga to‘lmagan yoki u vafot
etgan kunga qadar undan ta’minot olish huquqiga ega bo‘lganlarga,
marhumning vafotidan keyin tug‘ilgan farzandiga, ota-onasidan biriga,
umr yo‘ldoshiga yoki oilaning boshqa a’zosiga, agar u ishlamasdan
marhumning uch yoshga to‘lmagan bolalari (ukalari, singillari) yoki
nabiralarining parvarishi bilan band bo‘lsa, zararni to‘lashi shart.


136


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling