Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet30/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Bevosita ishbay tizimida mehnat haqi ishlab chiqarilgan mahsulotga
to‘g‘ridan to‘g‘ri mutanosib, o‘zgarmas baholar bo‘yicha to‘lanadi.
Bilvosita ishbay tizimi yordamchi ishchilarga haq to‘lash uchun
qo‘llaniladi, bunda ular o‘zlari mahsulot ishlab chiqarmaydilar, ammo
boshqalar ishlab chiqargan mahsulot miqdori ko‘p jihatdan ularning ishiga
(masalan, sozlovchilar, kranchilar) bog‘liq bo‘ladi. Ular ishbay asosida
ishlovchi asosiy xodimlar ishlab chiqargan mahsulot birligi uchun ish haqi
oladilar.
Akkord tizim qo‘llanilganda, to‘lanadigan haq miqdori alohida
bajarilgan har bir ish uchun emas, balki haq to‘lanadigan vaqt mobaynida
bajarilgan muayyan ish haqi uchun belgilanadi. Bu tizimdan asosan
qurilishda foydalaniladi.
Bulardan tashqari, yana mehnatga brigada bo‘yicha haq to‘lash usuli
ham mavjud. Bunda alohida olingan har bir xodimning ish haqi butun
brigadaning ish natijalariga bog‘liq bo‘ladi.
Ish haqi to‘lashning mukofot tizimi ham mavjud. Mukofot tizimi – bu
ish haqining asosiy tizimlarida ko‘zda tutilmagan mehnat natijalariga
qarab, moddiy rag‘batlantirish shaklidir. Mukofotlar, yuqorida qayd qilib
o‘tilganidek, ish haqining qo‘shimcha, o‘zgarib turadigan qismi bo‘lib,
uning miqdori, odatda, aniq ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liq va
asosiy maoshga nisbatan foiz hisobidan belgilanadi. Mukofotlar o‘rtacha
ish haqini hisoblab chiqishda hisobga olinmaydi, ammo mehnat
daftarchasiga yozib boriladi.
Mukofotlar ish haqi fondi va moddiy rag‘batlantirish fondi hisobidan
to‘lanadi. Yillik ish yakuniga ko‘ra mukofot puli berilishi mumkin. U
rag‘batlantirishning o‘ziga xos mustaqil shakli bo‘lib, moddiy
rag‘batlantirish fondi hisobidan to‘lanadi.
Mehnat qonunlarida ish vaqtidan ortiq ishlash nazarda tutilgan. Ish
vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar
uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanadi. Xodimning iltimosiga
ko‘ra ish vaqtidan ortiq ishlagan soatlar soniga teng miqdorda dam olish
muddati berilishi mumkin. Bunday holda bir hissa miqdorida haq


118
to‘lanadi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida 1,5 baravar


miqdorda haq to‘lanadi, bunday haq jamoa shartnomasida, agar u
tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi
yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, belgilanadi.
Xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib
qolingan vaqtda, uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Xodimning aybi bilan
tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay
baholar bo‘yicha haq to‘lanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan to‘liq
yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lanmaydi.
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish
doirasining kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining
asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning
vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek o‘rindoshlik asosida ish
bajarilganida, xodimlarning ish haqi miqdori mehnat shartnomasining
taraflari o‘rtasidagi kelishuvga binoan amalda bajarilgan ish yuzasidan
belgilanadi.
Mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa
lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir marta to‘lanadi,
ammo boshqa xodimlarning ayrim toifalari uchun bu muddatlar
boshqacha bo‘lishi mumkin. Ish haqi to‘lashning avans va avanssiz
tartiblari mavjud. Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans
oladi, oyning ikkinchi yarmi uchun esa u bilan uzil kesil hisob-kitob
qilinadi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday
rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan
ushlab qolinishi mumkin.
Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan
ushlab qolinadi:
– O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
– sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
– ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish, hisob-kitobdagi
yanglishishlar natijasida ortiqcha to‘langan pulni qaytarib olish uchun;
– xizmat safarlari yoki boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan,
xo‘jalik ehtiyojlariga berilgan bo‘lib, sarflanmay qolgan va o‘z vaqtida
qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun. Bunday hollarda avansni
qaytarish, qarzni to‘lash va hokazo uchun belgilangan muddat tamom
bo‘lgan kundan boshlab kamida 1 oy o‘tmasdan avans yoki qarzni ushlab


119
qolish haqida farmoyish berilishi mumkin. Agar bu muddat o‘tib ketgan


bo‘lsa, u holda qarz faqat sud tartibida undiriladi;
– hisobdan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat
shartnomasi bekor qilinganda, ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli
kunlari uchun;
– xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash
uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish
haqidan ortiq bo‘lmasa;
– o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda
jarimani undirish uchun.
Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy
miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib
ketmasligi lozim.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling