Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet3/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Mehnat huquqi ikkita asosiy funksiyani bajaradi. Birinchi funksiya –
mehnat unumdorligining o‘sishiga, ijtimoiy ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, u odatda ishlab chiqarish 
funksiyasi deb ataladi. Ikkinchi funksiya – xodimlarning mehnat
huquqlarini qo‘riqlash, bu himoya qilish funksiyasi deb ataladi. Har ikkala
funksiya ham bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ajralmasdir.
Mehnat huquqining «xizmati» iqtisodiy vazifalarni hal etishga
ko‘maklashuvdan iborat bo‘lib, bu holat ishlab chiqarish funksiyasidan
kelib chiqadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda iqtisodiy vazifalarni hal etish,
ishlab chiqarishni rivojlantirish xodimlar mehnat huquqlarining har
tomonlama va to‘la ta’minlanishi bilan uyg‘unlashadi, bu holat himoya
funksiyasidan kelib chiqadi.
Ish beruvchilarning manfaatlarini mehnat huquqining ishlab chiqarish
funksiyasi, xodimlarning manfaatlarini esa himoya funksiyasi aks ettiradi.
Mehnat huquqining eng muhim qonuniyati vazifalarning garmonik
uyg‘unligidan, ularning birligidan iboratdir. Umuman olganda, mehnat
huquqi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifa- larni 
bajaradi. Jumladan:
1) iqtisodiy vazifasi – ishlab chiqarishga ta’sir o‘tkazish orqali;


13
2) siyosiy vazifasi – ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning


ijtimoiy - siyosiy faolligining oshishida;
3) ijtimoiy vazifasi – mehnat qilish huquqining erkinligini ta’min-
lashda;
4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ijtimoiy mehnatning takomilla-
shuvi hamda xodimlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash kabilarda na-
moyon bo‘ladi.
Mehnat qonunchiligining vazifalari O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 2-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, unga muvofiq:
«Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat
manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal
qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning
mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat
unumdorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha
aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘mak-
lashadi».

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling