Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
- §. Mehnat huquqining tizimi va mehnat qonunlarining
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
3-
§. Mehnat huquqining tizimi va mehnat qonunlarining ichki ishlar organlarida qo‘llanilishi Mehnat huquqi – bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mehnat bozorining faoliyatini, mulkchilik shaklidan, xo‘jalik yuritish usulidan qat’i nazar, barcha korxona, tashkilot, muassasalarda yuzaga keluvchi ijtimoiy mehnat munosabatlarini, yollanma mehnatni tashkil etishga oid munosabatlarni davlat, jamiyat, ayrim shaxslar manfaatlarini uyg‘un- lashtirgan holda huquqiy tartibga solishga qaratilgan huquqiy me’yorlar yig‘indisi va tizimidan iborat. Mehnat huquqi tizimi – mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarning tabiati va bu normalarning ahamiyatiga qarab muayyan izchillikda birlashtirilishidir. Demak, mehnat huquqining tizimi deganda, mehnat huquqi normalarining ilmiy asoslangan tarzda joylashish tartibi va tasnifi tushuniladi. Mehnat huquqining tizimi umumiy va maxsus qismlarga bo‘linadi. Umumiy qismda «mehnat huquqi» tushunchasi, predmeti, vazifalari, metodlari, asosiy manba va prinsiplari, subyektlari, mehnatga oid huquqiy munosabatlar, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomasi va kelishuvlari kabi masalalarga taalluqli huquqiy normalar tashkil etadi. 14
tartibga soluvchi yoki ular bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning ayrim turlarini tartibga solish jarayonida paydo bo‘lgan masalalar va o‘ziga xos boshqa huquqiy normalar tashkil etadi. Ularga: aholini ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi; ish va dam olish vaqtlari; ta’tillar; mehnatga haq to‘lash; kafolatli va kompensatsiya to‘lovlari; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnat intizomi; mehnat muhofazasi; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari kabi masalalar kiradi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga oid masalalar ijtimoiy ta’minot huquqiga taalluqli bo‘lsa-da, ushbu masalalar ham mehnat huquqi doirasida o‘rganiladi. Maxsus qism xarakteri jihatdan turlicha bo‘lgan huquqiy normalar, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning aniq turini tartibga soluvchi normalarni o‘zida birlashtiradi. Masalan: mehnat shartnomasi (kontrakti) degan institutni tashkil etuvchi normalar mehnat munosabatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishini, ish haqi institutini tashkil etuvchi normalar esa xodimlar mehnatiga haq to‘lashning tartibi va miqdorini tartibga solib turadi va hokazo. Mehnat qonunchiligi huquqning bir tarmog‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida aks ettirilgan bo‘lim va boblarda ifodalangan tizimlardan iborat bo‘ladi. Mehnat huquqining fan sohasi va qonunchilikning tarmog‘i sifatidagi tizimlari o‘rtasidagi muayyan farqlar quyidagicha: 1) mehnat huquqi fan sohasi sifatida qonunchilik amaliyotini o‘rganish, umumlashtirish, ilmiy xulosa va tavsiyalar berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa; 2) mehnat qonunchiligining tizimi esa mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi barcha normativ hujjatlarni qamrab oladi. Mehnat huquqining fan sifatidagi tizimida huquqiy normalardan tashqari, mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiya va tavsiyanomalari, shuningdek davlatlararo shartnomalar ham o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin shu kungacha o‘tgan vaqt davomida bir qancha ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ichki ishlar organlari kadrlar apparati o‘z faoliyatini atroflicha tahlil etib, uni zamon talablariga mos ravishda, yangicha tashkil etdi. Shaxsiy tarkib bilan ish yuritishni takomillashtirish maqsadida ko‘plab me’yoriy 15
tatbiq etildi. Hozirgi dolzarb vazifalardan biri me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirib borib, mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda amaldagi ko‘rsatma va buyruqlarga o‘zgartirishlar kiritish, zarur bo‘lganda to‘la yangilashdan iborat. Negaki hayotimizning barcha jabhalarida islohotlar amalga oshirilmoqda. IIV Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati faqat faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar bilan ishlash emas, balki safimizga yangi xodimlar qabul qilish jarayonini ham qayta ko‘rib chiqib, bu borada ham maqbul variantlarni faoliyatga tatbiq etmoqda. Kelgusida xizmatga qabul qilinayotgan xodimlar IIV o‘quv markazlarida o‘rnatilgan tartibda ko‘rik-tanlovdan o‘tkaziladi. Ko‘rik-tanlovda bo‘lajak xodimlarning bilim saviyasi va ishni uddalab ketish qobiliyati sinab ko‘riladi. Bu, o‘z navbatida, ichki ishlar organlarini layoqatli kadrlar bilan ta’minlashga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga qabul qilish asosan Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori bilan qabul qilingan «Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash haqidagi muvaqqat Nizom» talablariga muvofiq, tanlov asosida mavsumiy jamlash orqali amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlariga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan aqlan yetuk, ma’naviy pok, qat’iy fikrli, intizomli, jismonan sog‘lom, shaxsiy dunyoqarashi jihatidan ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olish qobiliyatiga ega va ichki ishlar organlari xizmatiga kirish xohishi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari qabul qilinadilar. Ichki ishlar organlarining saf tizimlariga bo‘yi jihatidan erkaklarniki 170 sm dan, xotin-qizlarniki esa 165 sm dan kam bo‘lmasligi lozim. Ichki ishlar organlarining tibbiyot, moliya-iqtisod, muhandis-texnik, ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik tizimlarining o‘rta va katta boshliqlar tarkibiga 35 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar xizmatga qabul qilinadilar. «Mustaqil davlatlar ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha Kelishuvi» to‘g‘risidagi o‘zaro shartnomaga asosan, MDH davlatlari ichki ishlar organlarining xodimlariga boshqa Respublika ichki ishlar organlariga xizmatga o‘tishiga to‘sqinlik qilinmaydi. 16
Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunining 21-moddasida ko‘rsatilgan talablariga asosan respublika ichki ishlar organlari xizmatida bo‘lgan, ammo qonun chiqqanidan so‘ng, boshqa respublikaning huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibida xizmat qilgan fuqarolar qonunning ushbu moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotadi. Respublikamiz ichki ishlar organlari xodimlarining MDHning boshqa davlatlari ichki ishlar organlari xizmatiga o‘tkazilishi ham «Mustaqil davlatlar ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvi» to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Biroq, bunda xizmatning boshqa respublika ichki ishlar organlariga o‘tkazilishining sabablari atroflicha o‘rganilib, IIV rahbariyatining roziligiga ko‘ra, biror qarorga kelinganidan so‘nggina amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1993- yil 8-yanvarda 16-sonli «O‘zbekiston Respublikasi IIOda xizmatni o‘tash tartibi haqidagi muvaqqat Nizom» tasdiqlandi. Nizomda asosiy e’tibor shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibini normativ asosda boshqarishni takomillashtirish, kadrlar tanlash sifatini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, xizmatda o‘sishni rag‘batlantirish, shahodatlash chog‘ida xodimlarning kasb mahoratlariga xolis baho berilishi, shuningdek oddiy xodimlar va boshliqlarning xizmatda ko‘tarilishi, xizmatdan bo‘shatilishida qonuniylikka amal qilinishini ta’minlash hamda soha xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga qaratildi. Ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan, lekin 30 yoshdan katta bo‘lmagan fuqarolari tomonidan ko‘ngilli (shartnomaviy) asosda jamlanadi, bunda ular albatta, ko‘rik-tanlovdan o‘tadilar. Ular asosan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining bitiruvchilari, Qurolli kuchlarning zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilari bo‘lishlari kerak va o‘z shaxsiy, axloqiy, kasbiy fazilatlari, sog‘liqlari, ma’lumot darajalari bilan ichki ishlar organlari xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishlari shart. Ichki ishlar vazirligining oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta ma’lumotli, xizmatga kiruvchi nomzodlarga qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob beradigan fuqarolar, ichki ishlar organlari xodimlari orasidan esa 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari qabul qilinadilar. 17
chaqiriluvchilar ichki ishlar organlariga xizmat qilishga qabul qilinmaydilar, IIV tizimidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilish bundan istisnodir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling