Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-  §. Ayollar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish


Download 0.75 Mb.
bet44/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

3- 
§. Ayollar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish 
(MK 224–247-m.)

Ish beruvchi barcha xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat


sharoitini ta’min etish bilan birga, ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslar
haqida alohida g‘amxo‘rlik qilishi lozim.
Homilador ayollar yoki 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni, 14
yoshga to‘lmagan bolasi (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor
onalarni ishga qabul qilishni rad etish va shuni bahona qilgan holda,
ularning ish haqini kamaytirish qonunga binoan taqiqlanadi. Ish beruvchi
ana shu toifadagi ayollarni ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, buning
sabablarini ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Ishga qabul
qilishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ish
beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi,
korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday
hollarda, mehnat shartnomasi ularni, albatta, ishga joylashtirish sharti
bilan bekor qilinadi. Ishga joylashtirish davrida ularning o‘rtacha ish haqi
saqlab qolinadi, biroq bu muhlat muddati mehnat shartnomasi tugatilgan
kundan e’tiboran 3 oydan oshmasligi kerak.
Mehnat sharoiti noqulay yoki zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek yer
osti ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. Yer ostidagi
ba’zi ishlarda istisno tariqasida (jismoniy mehnat hisoblanmagan yoki
sanitariya va maishiy xizmat ko‘rsatish ishlari) ayollar mehnatidan
foydalanish mumkin.
Ayollarning ular uchun belgilab qo‘yilgan normadan ortiq yuk
ko‘tarishlari va tashishlari ham taqiqlanadi.
Homilador ayollar va 14 yoshga to‘lmagan bolasi (16 yoshga
to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga
jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlarida ishlatishga,
shuningdek xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tibbiy xulosaga muvofiq, ayollarning ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o‘rtacha
oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkaziladi.
Ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56
kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan
hollarda 70 kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari
berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.


160
Ayollarning xohishiga qarab, ularga bola 2 yoshga to‘lguniga qadar


bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan ta’tildan
tashqari, ayolning arizasiga muvofiq, bolasi 3 yoshga to‘lgynga qadar
bolani parvarishlash uchun ish haqi caqlanmagan ta’til beriladi.
Bolani parvarishlash ta’tili umumiy va uzluksiz ish stajiga,
shuningdek mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi va ish joyi
saqlanadi.
12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi bor ayollarga ishlab
chiqarish sharoitlari imkon bergan davrda ish beruvchi bilan kelishilgan
holda har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan xaq to‘lanadigan va 14
kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan
qo‘shimcha ta’til olish huquqi beriladi.
2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish
uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun
qo‘shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar har 3 soatda bir marta
har biri 30 daqiqadan kam bo‘lmagan muddat bilan beriladi.
Bulardan tashqari, ish beruvchi ayollarga yana tibbiy xulosaga ko‘ra
to‘liq bo‘lmagan ish kuni yoki ish haftasi belgilashi shart.
Yoshlarni 16 yoshdan boshlab ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Alohida hollarda kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda 15
yoshga to‘lgan shaxslar ota-onasining roziligi bilan ishga qabul qilinadi.
18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnat munosabatlarida katta yoshdagi
shaxslar bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar, mehnat muhofazasi, ish
vaqti, ta’tillar vaqti va boshqa ba’zi mehnat sharoitlari sohasida esa
imtiyozlardan foydalanadilar.
18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan og‘ir ishlarda va mehnat
sharoiti zararli yoki xavfli bo‘lgan ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida
foydalanish taqiqlanadi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin ishga
qabul qilinadilar va 18 yoshga to‘lgunlarigacha har yili tibbiy ko‘rikdan
majburiy tarzda o‘tkazib turiladilar. Ularni tungi va ish vaqtidan tashqari
ishlarga, shuningdek dam olish kunlari ishlashga jalb qilish taqiqlanadi.
Ularga har yilgi ta’til yoz paytida yoki ularning xohishiga qarab yilning
istalgan vaqtida beriladi va u bir kalendar oyga teng bo‘ladi.
Kunlik ish vaqti qisqartirilgan hollarda ularga ish haqi kunlik ish vaqti
to‘liq bo‘lgan tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda
to‘lanadi.


161
Belgilangan kvota hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida


mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, 18
yoshga to‘lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.
18 yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini
ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, ishdan bo‘shatishning
umumiy qoidalariga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining
roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ota-onalar va vasiylar (homiylar), shuningdek mehnatni muhofaza
qilishni nazorat qiluvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bilan
shyg‘yllanuvchi komissiyalar, agar 18 yoshga to‘lmagan shaxslar
bajarayotgan ishni davom ettirish ularning sog‘lig‘iga yoki boshqacha
tarzda zarar yetkazadigan bo‘lsa, bunday shaxslar bilan tuzilgan mehnat
shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqlidirlar.
Mehnat kodeksida ayollarga va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga
qo‘shimcha kafolatlar belgilash bilan birgalikda, ishni ta’lim bilan birga
qo‘shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar ham belgilangan.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling