Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet42/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

4. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash («Mehnatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasi). 
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan,
shuningdek mulk shaklidan qat’i nazar jamoat birlashmalari,
korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli budjetlardan alohida qayd
bilan ajratiladigan budjet mablag‘lari (respublika va mahalliy) boshqaruv
hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyaviy
ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga
qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‘larni
jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning
xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim
qilmaydilar.
Korxonalar o‘zining xo‘jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa
faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar
hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini
tashkil etish huquqiga ega. Mehnatni muhofaza qilish fondiga
qaratiladigan foydaga soliq solinmaydi.
Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa
maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi ishtirokida belgilanadi.
Mehnat kodeksining 216-moddasiga muvofiq, mehnatni muhofaza
qilish tadbirlarini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mablag‘lar va


154
zarur materiallar ajratiladi. Bu mablag‘ va materiallarni boshqa


maqsadlarga sarflash man etiladi. Mazkur mablag‘ va materiallardan
foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, – ish
beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa
vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Mehnat jamoalari, ularning vakillik organlari mehnatni muhofaza
qilishga mo‘ljallangan mablag‘lardan foydalanilishini tekshirib boradilar.
5. Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab 
chiqarishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash 
(«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 12-moddasi). 
Korxonalar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlar,
plakatlar, boshqa targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobiga hosil bo‘lgan
qismiga, shuningdek ilmiy tadqiqot va loyiha konstruktorlik tashkilotlari
foydasining jamoani va ishlovchilarni yakka tartibda himoyalash
vositalarining yangilarini yaratish, ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish
asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish, ishlab
chiqarish va mavjud vositalarni sotish hisobiga hosil bo‘lgan qismiga
imtiyozli soliq solinadi.
6. Korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini 
ta’minlash («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 13- 
moddasi). 
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza
qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash,
ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o‘rnatilishini
tashkil etish va nazoratning natijalari to‘g‘risida mehnat jamoalarini o‘z
vaqtida xabardor qilish ma’muriyat zimmasiga yuk- lanadi.
Mehnat kodeksining 217-moddasiga muvofiq, mehnat sharoiti
noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha:
– sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
– davolash-profilaktika oziq-ovqati;
– gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
– maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va
gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari,
ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida,


155
agar ular tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan xodimlarning


vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash
yuzasidan ma’muriyat bilan xodimlarning o‘zaro majburiyatlari jamoa
shartnomasi yoki bitimida ko‘zda tutiladi.
Xodim ish jarayonida o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi
holatlar yuzaga kelib qolganligi to‘g‘risida ish beruvchiga darhol xabar
qiladi. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirib
borish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi organlar ana shu holatlarni
tasdiqlagan taqdirda ish beruvchi bu holatlarni bartaraf etish choralarini
ko‘radi. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, xodim o‘zining hayoti yoki
sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilgunga qadar tegishli ishni
bajarishni rad etishga haqlidir. Ana shu davr mobaynida xodimning
o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq, ish beruvchi mehnat
shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish
davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazishni tashkil qilishi shart:
– o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
– oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
– nogironlar;
– mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek
transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
– oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish
bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
– umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa
muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan
mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlar.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar bajarilayotganida dastlabki tarzda
vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlarning
ro‘yxati va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ushbu shaxslar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli
emaslar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning
tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan
xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri
kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.


156
Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq


holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazishni talab qilishga haqlidir.
Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor
bo‘lmaydilar.
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni
ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha
yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta’siridan holi bo‘lgan kamroq haq to‘lanadigan ishga
o‘tkazilganda shunday ishga o‘tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta
mobaynida xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq
to‘lanadigan boshqa ishga vaqtincha o‘tkazilgan xodimlarga shu ishga
o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida
kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo‘shilganda
xodimning avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan oshib ketmaydigan
miqdorda nafaqa to‘lanadi. Basharti kasallik varaqasida ko‘rsatilgan
muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo‘lsa, u holda
shuning oqibatida bekor o‘tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda
to‘lanadi.
Ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga
boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha
kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan xodimlarga ularning sog‘lig‘i
shikastlanganligi uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi
bilan yangi ishda oladigan ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘laydi. Bunday farq
mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar
to‘lanadi.
Qonun hujjatlarida sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay
ishlab chiqarish omillarining ta’sirini holi etadigan kamroq haq
to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda avvalgi o‘rtacha oylik ish haqini saqlab
qolishning yoki davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lab
turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ish beruvchi ish joyida kasal bo‘lib qolgan xodimlarga dastlabki
tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan choralar ko‘rishi shart.
Ish joyida og‘rib qolgan xodimlarni davolash-profilaktika
muassasalariga olib borish, zarur hollarda, ish beruvchining hisobidan
amalga oshiriladi.


157


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling