Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
Vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyida- gilarga to‘lanadi: – ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; – baynalmilal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxs- larga; – qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga; – Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga; – Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; – mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uzluksiz mehnat staji kasaba uyushma qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda to‘lanadi: – 3 yilgacha bo‘lsa, ish haqining 50 foizi; – 3 yildan 5 yilgacha bo‘lsa, 60 foiz; – 5 yildan 8 yilgacha bo‘lsa, 80 foiz; – 8 yildan ko‘p bo‘lsa, 100 foiz; – 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga 60 foiz. Umuman vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim. Qonunga binoan, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik payti uchun faqat kasallik varaqasi (mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi) asosidagina to‘lanadi. Belgilangan muddatda olinmagan (to‘la yoki qisman) nafaqalarni olish uchun mehnat qobiliyati tiklangan yoki nogironlik belgilangan kundan boshlab 6 oy muddat davomida murojaat qilish mumkin. Bunday vaqtda nafaqa ko‘pi bilan 12 oygacha bo‘lgan muddatda to‘lanishi mumkin. Mavsumiy mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlayotgan xodimlarga, ular mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi 177
to‘lanadi, boshqa sabablar bo‘yicha esa, nafaqa 75 kalendar kungacha bo‘lgan vaqt uchun to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarining qonunda belgilangan miqdori xodimlarning amaldagi ish haqiga mutanosib ravishda hisoblanadi. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davrida to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi. Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan ayollar mehnat stajidan qat’i nazar, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadirlar. Bunday ta’tillar homiladorlik paytida 70 kalendar kun, bola tug‘ilgandan keyin 56 kalendar kundan iborat miqdorda beriladi. Tug‘ish me’yorida bo‘lmagan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilganda esa tug‘ish ta’tili 70 kalendar kunga uzaytiriladi. Bulardan tashqari, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan nafaqalarning yana bir nechta alohida turlari mavjuddir, masalan: a) kam ta’minlangan oilalarning bolalariga to‘lanadigan nafaqalar; b) bolaligidan nogiron bo‘lganlarga to‘lanadigan nafaqalar. Bular orasida vasiylik yoki homiylikdagi voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun tayinlanadigan nafaqa alohida o‘rin tutadi. Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Uning miqdori eng kam oylik ish haqining 200 foiz miqdorida beriladi. Mehnat kodeksining 288-moddasida ta’kidlanganidek, sug‘urta qilingan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etganda, qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan miqdor va tartibda dafn etish marosimi uchun nafaqa to‘lanadi. Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog‘ida bo‘lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi: a) turmush o‘rtog‘i; b) 18 yoshga to‘lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari; d) ota-onasi; e) bobosi yoki buvisi. Yashash uchun mustaqil mablag‘ manbaiga ega bo‘lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya oluvchi, shirkat xo‘jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramog‘ida turgan deb hisoblanmaydi. 178
a’zolariga yoki dafn o‘tkazishni o‘z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi. Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi xodimga beriladi. Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi. Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida beriladi. Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bo‘lmagan miqdorda, ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan to‘lanadi. Ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan joylarda dafn etish marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlar uchun beriladigan tuman koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so‘nggi ish haqi to‘langan kundan bir oydan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa beriladi. Oliy, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratu- rada, aspiranturada, klinik ordinaturada, doktoranturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari vafot etgan taqdirda, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi. Maktablar, kurslarning (kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash va tayyorlash bo‘yicha), shuningdek, malaka oshirish institutlari o‘quvchilari va tinglovchilari yoki ularning oila a’zolari vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga korxona tomonidan yuborilgan bo‘lsalar va ularning o‘qish davridagi ish haqi to‘la yoki qisman saqlanib qolgan bo‘lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling