Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-mavzu
Savol va topshiriqlar
1. Mehnat nizosining tushunchasi va turlarini tushuntirib bering. 2. Jamoalarga doir mehnat nizolarining yakka mehnat nizolaridan qanday farqli jihatlari mavjud? 3. Mehnat nizolarini korxonalarda ko‘rish tartibini tushuntiring. 4. Mehnat nizolarini sudda ko‘rish tartibi qanday amalga oshiriladi? 5. Ayrim toifadagi davlat xizmatchilariga doir mehnat nizolarini ko‘rib chiqish xususiyatlarini aytib bering. 173
DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI. MEHNAT QONUNCHILIGIGA RIOYA ETILISHINI TEKSHIRISH VA NAZORAT QILISH 1-§. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tushunchasi va uning turlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida ko‘rsa- tilganidek, «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas». Demak, buning uchun xodimlar davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urta qilinishi lozim. Bu huquq xodimlarni ijtimoiy sug‘urta qilish orqali yoshiga qarab, nogironlik uchun va boquvchisiz qolganida, davlat va jamoa xo‘jaligi hisobidan pensiyalar, mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotganida nafaqalar to‘lash, mehnat qobiliyatini qisman yo‘qotganida ishga joylashtirish, qarib qolganida va nogironlikda g‘amxo‘rlik qilish hamda ijtimoiy sug‘urtaning boshqa shakllari bilan ta’minlashni kafolatlaydi. Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalar doimiy va mavsumiy, shuningdek vaqtinchalik ishlarda ishlaydigan xodimlarga joriy qilinadi. Qonunga ko‘ra, davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek sug‘urta qilingan xodimlarning o‘zlari badal to‘laydilar. Ish beruvchilarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lamaganliklari sug‘urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi. Sug‘urta qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa ularning oila a’zolari ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan: a) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari; b) bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar; d) davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquv- chisini yo‘qotganlik pensiyalari; 174
ta’minlanadilar. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan xodimlarni sanatoriy- kurortlarda davolash, ularni profilaktoriylar va dam olish uylariga joylashtirish, ularning shifobaxsh (parhez) taomlari uchun haq to‘lash, bolalarning sog‘lomlashtirish lagerlarini ta’minlab turish va davlat ijtimoiy sug‘urtasi yo‘li bilan o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar uchun ham belgilangan tartibda foydalaniladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda to‘lanadi: – kasal bo‘linganda; – mehnatda mayib bo‘lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan turmushda jarohatlanganda; – oilaning betob a’zosini parvarish qilganda; – karantin e’lon qilinganda; – sanatoriy-kurortda davolanganda; – protez qilinganda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetma- gan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim. Ma’lumki, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlashda mehnat staji, ayniqsa, uzluksiz mehnat staji katta ahamiyatga egadir. Xodimlarning uzluksiz mehnat stajini hisoblash qonunlar asosida tartibga solinadi. Bir kalendar yil davomida o‘z xohishi bo‘yicha uzrli sabablarsiz, takroran ishdan bo‘shab ketish mehnat stajining uzilishiga sabab bo‘ladi. Yil davomida quyidagi sabablarga ko‘ra o‘z xohishi bo‘yicha takroran ishdan bo‘shab ketish uzrli hollar deb hisoblanadi: – er yoki xotindan birining boshqa ishga ko‘chirilishi, ishlash yoki xizmatni o‘tash uchun chet elga yuborilishi, er yoki xotinning turar joyiga ko‘chib ketishi; 175
bilan og‘rish (tegishli tibbiy xulosaga muvofiq); – oilaning kasal bo‘lgan a’zosini parvarish qilish zarur bo‘lganda yoki 1-guruh nogironini parvarishlash zarurligi tufayli ishdan bo‘shash; – tashkiliy suratda ishga olish yoki qishloq xo‘jaligiga ko‘chib o‘tish; – tanlov asosida egallanadigan lavozimga saylanganda; – oliy o‘quv yoki o‘rta maxsus o‘quv yurti, aspirantura yoki klinik ordinaturaga o‘qishga qabul qilinganda; – ish beruvchi mehnat qonunlari, jamoa yoki mehnat shartnoma- sining shartlarini buzganda ishdan bo‘shab ketish. Ayni vaqtda nogironlar, yoshga doir pensiyani oluvchilarning takroran ishdan bo‘shab ketishlari ham uzrli deb hisoblanadi. Amaldagi qonunlarga binoan, bir ishdan ikkinchisiga o‘tish paytidagi tanaffuslar 21 kundan ortiq bo‘lgan hollarda ham uzluksiz mehnat staji saqlanib qoladigan, shuningdek bir ishdan ikkinchisiga kirish paytida oradagi o‘tgan tanaffus qancha bo‘lishidan qatyi nazar, uzluksiz mehnat staji saqlanib qoladigan hollar ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, shuni alohida ta’kidlash zarurki, fuqarolarning qamoqda bo‘lgan, shuningdek jazoni o‘taganligi, vazifasidan chetlash- tirilganligi tufayli ishlamagan vaqtlari umumiy mehnat stajiga ham, maxsus mehnat stajiga ham kiradi. Xodimlarning uzluksiz mehnat stajlari ish beruvchi tomonidan mehnat daftarchasidagi yozuvlarga muvofiq yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida belgilanadi. Alohida belgilangan holatlardan tashqari, xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotno- malar berish taqiqlanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ish vaqtida, jumladan sinov muddati paytida yuz bersa ham nafaqa to‘lanadi. Nafaqa, shuningdek xodim ishdan bo‘shayotgan kunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsa ham to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lganda yoki kasb kasalligiga chalinganda, ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda to‘lanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling