Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-  §. Mehnat huquqining metodlari va vazifalari


Download 0.75 Mb.
bet2/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

2- 
§. Mehnat huquqining metodlari va vazifalari 

Metod tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini o‘rganish, bilish, tadqiq


etish usulidir. Yuridik fanning metodi – davlat va huquqiy voqeliklarni
anglash, yuridik bilimlar hosil qiluvchi va ularni jamlovchi usullardan
iborat yuridik metoddir
1
.
Huquqiy tartibga solish usuli (metodi) – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy
munosabatlarga huquq vositasida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar
majmui hisoblanadi
2
.
Mehnat huquqining metodi deganda, mehnat huquqi munosabatlari
qatnashchilarining ongiga, xulq-atvoriga davlat tomonidan huquq
normalari orqali ta’sir ko‘rsatish usullari va ushbu huquq normalarining
qay darajada maqsadga erishishi tushuniladi. Masalan:
a) mehnat munosabati ishtirokchilarining huquqiy tengligini ta’min-
lash bilan birga xodimlarni korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga
bo‘ysundirish;
b) qonunlar orqali yo‘l qo‘yilgan hollarda, mehnat munosabatlarini
shartnoma asosida tartibga solish;
d) mehnat sharoitini yaxshilashda, mehnatni muhofaza qilishda,
xodimlarning manfaatlarini himoya qilishda mehnat jamoasi va kasaba
uyushmalarining qatnashishiga imkon yaratish va h.k.
Ushbu metodlarni qo‘llashda mehnat huquqiy munosabat qatnash-
chilarining ongiga ta’sir ko‘rsatib, huquqiy harakatlarni sodir etishga
majburlaydi yoki ularni cheklaydi. Misol uchun, xodimlar ish vaqtidan
tashqari yoki tunda ishlatilganda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksining 157, 158-moddalariga ko‘ra ish beruvchidan oshirilgan
miqdorda haq to‘lashni talab qilishga haqlidirlar. Yoki ikkinchi misol,
1
Давлат ва ҳуқуқ назарияси: Дарслик / Х.Т.Одилқориев, И.Т.Тультеев ва
бошқ. – Т., 2009. – Б.17.
2
O‘sha manba . – B.351.

9
agarda korxonalar mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermasa,


O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan
«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasiga
binoan ushbu korxonalarning ishlashiga ruxsat etilmaydi.
Mehnat huquqining metodi quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega: 
1) mehnat huquqi predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni
markazlashgan va lokal normalar bilan tartibga solishning uyg‘unligi;
2) mehnat huquqi predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solishda shartnomaviy, tavsiyaviy va imperativ usullardan keng foyda-
lanilishi;
3) mehnat munosabatlarini tartibga solishda mehnat jamoasi, kasaba
uyushmalari va xodimlar boshqa vakillik organlarining faol ishtirok etishi;
4) mehnat munosabatlarini tartibga solishda xalqaro huquqiy nor-
malar, shuningdek davlatlararo shartnomalar qoidalarining qo‘llanilishi.
Markazlashgan va lokal yo‘l bilan tartibga solishning uyg‘unligi
xodimlarning mehnat shart-sharoitlari belgilab qo‘yilganligini ifodalaydi.
Markazlashgan normativ hujjatlar bilan asosan butun xalq xo‘jaligi
yoxud tarmoq uchun umumiy bo‘lgan mehnat shartlari tartibga solinadi.
Masalan,
ishga
joylashtirishga
oid
munosabatlar
O‘zbekiston
Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 1998-yil 1-
may qonuni bilan, mehnat muhofazasiga oid qoidalar esa O‘zbekiston
Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1993-yil 6-
may qonuni bilan tartibga solinadi.
Lokal, ya’ni bir korxona, muassasa va tashkilot doirasidagi hujjatlar
bevosita korxona, muassasa va tashkilotlarda belgilanadigan mehnat
shart-sharoitlarini tartibga soladi. Bunga ish beruvchi, kasaba uyushma
qo‘mitasi yoki xodimlarning vakillik organi bilan birgalikda yoxud u bilan
kelishib, qabul qilinadigan normativ hujjatlar kiradi. Jamoa shartnomasi
va kelishuvi bunga misol bo‘la oladi. Bu hujjatlarda qo‘shimcha
imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin. Mehnatga jalb etishning shartnoma
asosida amalga oshirilishi mamlakatimizda mehnat qilish huquqining
erkin ekanligidan kelib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra,
har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat
sharoitlarida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqlariga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni


10
o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari,


majburiy mehnat taqiqlanadi.
Fuqarolarning bunday konstitutsiyaviy huquqlari mehnat shartno-
masini ixtiyoriy tuzish orqali amalga oshiriladi.
Har qanday shartnomaning mazmunini uning shartlari belgilaydi.
Mehnat shartnomasining
shartlari
taraflarning
kelishuvi
orqali
belgilanadi. Shartnoma asosida o‘rnatilgan munosabat, uning mazmuni bir
taraf tomonidan o‘zgartirilishi, bekor qilinishi mumkin emas. Bu haqda 4-
mavzuda batafsil bayon qilinadi.
Mehnat munosabatlari tavsiyaviy usulda tartibga solinganida
vakolatli organlar tomonidan mehnat munosabatlari subyektlariga
taalluqli tavsiyaviy normalar qabul qilinganligi nazarda tutiladi. Hozirgi
paytda davlatning imperativ normativ hujjatlar vositasida mehnat
munosabatlarining tartibga solinishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishda imperativ (so‘zsiz
bajarilishi kerak bo‘lgan) va tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan huquq
me’yorlarining xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim. Imperativ
me’yorlar taqiqlovchi yoki majburiyat yuklovchi bo‘lishi mumkin.
Masalan, 18 yoshga to‘lmagan xodimlarni moddiy javobgarlik bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlarga qabul qilishning taqiqlanishi, xodimlar uchun
eng kam ish haqidan past bo‘lmagan mehnat haqining to‘lanishi va
boshqalar.
Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda korxona mehnat
jamoasi, kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlari
ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksining 21-moddasiga asosan, mehnatga oid munosabatlarda xodim-
larning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va bu manfaatlarni
himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab
qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa
organlar amalga oshirishi mumkin. Bu organlarni saylash tartibi, ularning
vakolat muddatlari va son tarkibini mehnat jamoasining yig‘ilishi
(konferensiyasi) belgilaydi. Vakillik qilish hamda manfaatlarini himoya
etishni ishonib topshiradigan organni xodimlarning o‘zlari belgilaydilar.
Barcha vakillik organlari o‘z vakolatlari doirasida ish olib boradilar va
xodimlar manfaatlarini himoya qilishda teng huquqlardan foydalanadi.
Korxonada boshqa vakillik organlarining ham bo‘lishi kasaba
uyushmalarining o‘z vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga
to‘sqinlik qilmasligi lozim.


11
Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi


ifoda etishi va himoya qilishi mumkin emas. Vakillik organlarining
faoliyati ularni saylagan mehnat jamoasining qaroriga binoan, shuningdek
ular qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa, sud
tomonidan ham tugatilishi mumkin.
Xodimlarning vakillik organlari quyidagilarga haqlidir:
– muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini
tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada
mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar
kiritish;
– korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni
ko‘rib chiqishda qatnashish;
– mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlarning manfaatlarini
himoya qilish;
– ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo‘lsa yoxud
xodimlarning huquqlarini qonunga zid tarzda buzayotgan bo‘lsa, bu
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.
Vakillik organlari mehnat munosabatlarida xodimlarning manfaat-
larini himoya qilishga qaratilgan, qonunga zid bo‘lmagan boshqa xatti-
harakatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Mehnat munosabatlarini tartibga solishda xalqaro huquqiy normalar,
shuningdek davlatlararo shartnomalar qoidalarining qo‘llanishi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 10-moddasida nazarda
tutilgan. Unga ko‘ra, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartno-
malari yoki Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan
ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to‘g‘risida-
gi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozli qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning qoidalari
qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki
Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya
qilingan konvensiyasining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita
qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llanadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ish beruvchi bilan tuzilgan
mehnat shartnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasining hududida
ishlayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham
tatbiq etiladi. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq yoki qisman
tegishli bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining hududida


12
joylashgan korxonalarda O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘ri-


sidagi qonun hujjatlari qo‘llaniladi.
Mehnat huquqi metodining mazmun-mohiyati yuqorida qayd etilgan
o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi.
Mehnat munosabatlari ishtirokchilarining huquqiy mavqeini ularning
o‘zaro tengligi belgilaydi. Bunga kasb turi, mashg‘ulot va ish joyini
tanlash erkinligi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari ekanligi,
fuqarolar o‘z jismoniy va intellektual salohiyatlaridan o‘z xohishlaricha
foydalanishlari mumkinligi hamda majburiy mehnat taqiqlanganligi
kabilar asos bo‘la oladi. Shu bilan birga, mehnat jarayonida xodim ish
beruvchiga, uning qonuniy farmoyishlariga, ichki mehnat tartibi
qoidalariga so‘zsiz rioya etishi lozimligi ham mehnat huquqi metodiga xos
xususiyatdir.
Mehnat huquqlari va majburiyatlarini belgilash ham mehnat huquqi
metodiga xos xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar aksariyat hollarda,
majburiylik xususiyatiga ega bo‘lsa, ba’zida esa ular tavsiya sifatida qabul
qilinishi mumkin.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling