Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
Mehnat huquqining prinsiplari deganda, qonunlar bilan mustah-
kamlangan, mehnat huquqi sohasidagi davlat siyosatini ifodalovchi asosiy g‘oyalar, rahbariy qoidalar tushunilmog‘i lozim. Mehnat huquqining prinsiplarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin: 1) mehnat bozorini va aholini ish bilan ta’minlashni huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi davlat siyosatini ifodalovchi prinsiplar (Mehnat kodeksining 58-moddasi); 2) mehnatning shartlarini belgilashga doir boshqaruv asosini o‘z ichiga olgan prinsiplar; 3) xodimlar mehnatini qo‘llashni tartibga solishni belgilovchi prinsiplar; 4) xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilishni ifoda etuvchi prinsiplar. Mehnat huquqining asosiy prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va huquqning shu sohasiga oid muhim normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida ta’kidlanganidek, «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. 36
ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi». Ushbu moddaga asosan har bir shaxs o‘z manfaatlari va erkinliklariga asoslanib, qaysi faoliyat bilan shug‘ullanish va qanday kasb tanlashni o‘zi hal etadi. Bu qoida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23- moddasi mazmuniga muvofiq ravishda kiritilgan. Unda aytilishicha, har bir inson mehnat qilish, ish turini o‘z erki bilan tanlab olish, mehnatning adolatli va qulay sharoitlarida faoliyat ko‘rsatish hamda ishsizlikdan muhofaza etilish, shuningdek biror kamsitishsiz mehnatiga yarasha haq olish huquqlariga egadir. Shuni ta’kidlash lozimki, mehnatning erkinligi prinsipi uning ixtiyoriyligini bildiradi. Ushbu prinsiplarning mazmuni Mehnat kodeksining 57-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, unumli va ijodiy mehnat qilish qobiliyatini tasarruf etish va qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish barcha fuqarolarning mutlaq huquqidir. Shu bilan birga, ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi. Mehnatning erkinligi prinsipining o‘ziga xos ijtimoiy-huquqiy xususiyati shundan iboratki, unda fuqarolar bilan davlat o‘rtasida mehnat yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar aks etadi. Bunda davlatning aholini ish bilan ta’minlashga oid majburiyatlari, mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi prinsipini zarur kafolatlar bilan boyitadi. Bu prinsiplar Mehnat kodeksining 58-moddasida o‘z ifodasini topgan.Unga ko‘ra davlat: – ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini; – ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni; – maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni; – har kimga kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlash shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni; – yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab, malakasini oshirishni; – boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lashni; 37
mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qo‘yiladi. Aholining ishga joylashishiga ko‘maklashish O‘zbekiston Respubli- kasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida mehnatning shartlari barcha xodimlar uchun bir xil belgilangan bo‘lishi, cheklashlar hamda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘zda tutilgan. Jumladan, Mehnat kodeksining 6-moddasiga asosan: barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. Mehnat sohasida uning muayyan turiga oid talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rligi bilan bog‘liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi. Mehnat faoliyati davomida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs uni bartaraf etish, kamsituvchidan o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Lekin ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin, ular quyidagilar: – xodim bilan korxona o‘rtasidagi mehnat aloqasiga xos; – xodim mehnatining shart-sharoitlariga xos; – tabiiy iqlim sharoitlari; – xodim mehnat qilayotgan joyning alohida huquqiy tartibi; – boshqa obyektiv omillar. Davlat xizmatchilarining mehnatini tartibga solishning xususiyatlari esa qonun bilan belgilanadi. 38
uyushmasi yoki xodimlar vakillik organlarining ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda bu organlar mehnatga oid huquqiy munosabatlarning subyektlari sifatida tegishli vakolat va huquqlarga ega. Masalan, Mehnat kodeksining 23-moddasiga ko‘ra, xodimlarning vakillik organlari quyidagilarga haqli: – muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar kiritish; – korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko‘- rib chiqishda qatnashish; – mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlar manfaatini hi- moya qilish; – ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo‘lsa yoxud xodimlarning huquqlarini boshqacha tarzda buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish. Vakillik organlari ijtimoiy mehnat munosabatlarida xodimlarning manfaatlarini himoya etishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlarni, basharti ular qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga zid bo‘lmasa, amalga oshirishlari mumkin. Xodimlarning vakillik organlari huquqlarining amalga oshirilishi korxonada mehnat samaradorligini pasaytirmasligi, o‘rnatilgan tartib va ish rejimini buzmasligi kerak. Bundan tashqari, mehnat huquqida sohalararo prinsiplarga ham amal qilinishi zarur. Jumladan: a) fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotining har tomonlama muhofaza qilinishi; b) qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda moddiy ta’minot olish huquqining ta’minlanishi; d) huquqlar va majburiyatlarning birligi; e) faoliyat turini, ish joyini tanlashning erkinligi kabi prinsiplar. Mehnat huquqi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan tarmoq prinsiplariga ham amal qiladi. Ular mehnat huquqi fani va tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling