Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet8/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Savol va topshiriqlar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mehnat huquqiga taal-
luqli normalarini aytib bering.
2. Mehnat huquqi manbalarining mohiyati va ularning amal qilish
doirasini ayting.
3. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarning tuzilish tartibi va mazmunini
tushuntiring.
4. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish tartibini belgilovchi
qanday normativ hujjatlarni bilasiz?
5. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun qanday javobgarlik qo‘llaniladi?


34
3-mavzu 


MEHNATNI HUQUQIY BOSHQARISHNING ASOSIY PRINSIPLARI. 
MEHNAT HUQUQINING SUBYEKTLARI 

1-§. Mehnat huquqining prinsiplari, turlari va ahamiyati 

Mehnat munosabatlarini tartibga solishda turli mulkchilik shaklidagi


korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarning mehnatga oid
huquqlarini himoya qilish, ayrim ish beruvchilarning yo‘l qo‘yishi
mumkin bo‘lgan o‘zboshimchaliklari, qonunbuzarliklarini bartaraf etish,
shu jumladan ba’zi xodimlarning o‘z huquqlarini suiiste’mol qilishlariga
yo‘l qo‘ymaslik mehnat munosabatlarida qonunchilik va adolatni
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodim va ish beruvchining
huquqlari teng ekanligini e’tirof etadi, ularga bir xil iqtisodiy hamda
huquqiy sharoit yaratib beradi, shu tariqa ular o‘rtasida ziddiyatlar yuz
berishining oldini oladi.
Ammo taraqqiyot dialektikasi va hayot qonunlariga ko‘ra, xodim
bilan ish beruvchi o‘rtasida turli ixtiloflar yuz berishi uchun har doim
sabablar yetarli bo‘lishi mumkin. Mehnat qonunchiligining vazifalaridan
biri shunday ixtiloflar yuz berishiga sharoit yaratuvchi vaziyatlarni
bartaraf eta borish, yuz berganida esa, ularni adolat va qonunchilik
prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda hal etilishini ta’minlashdan iborat.
Korxonalarda xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat nizosi yuz
berishiga bir qator obyektiv hamda subyektiv omillar sabab bo‘ladi.
Obyektiv omillarga mehnat huquqi subyektlarida huquqiy ong va huquqiy
madaniyatning darajasi yuqori emasligi, ishlab chiqarishni tashkil etishda
yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar, mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi
shaxslar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishi va boshqalar
kiradi. Ayrim xodimlar va ish beruvchilarning o‘z huquqlarini suiiste’mol
qilishlari, korxonaning mehnat jamoasida nosog‘lom ma’naviy,
psixologik muhitning yuzaga kelishi kabi holatlar mehnat nizolari yuz
berishining subyektiv omillari bo‘lishi mumkin. Mehnat jarayonida xodim
va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka mehnat ixtiloflari, har ikkala tarafning
muzokaralari, o‘zaro kelishuvlari orqali


35
tinch yo‘l bilan hal etilishi lozim. Ammo bunday kelishmovchiliklar tinch


yo‘l bilan hal etilmasa, mehnat nizosi qonunda belgilangan tartibda
maxsus organlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va hal etilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng amalga
oshirilayotgan huquqiy islohotlar jarayonida xalqimizning bozor
munosabatlari sharoitlariga mos keladigan yangi huquqiy dunyoqarashi va
qadriyatlari shakllana bormoqda. Bunday qadriyatlar so‘nggi yillarda
qabul qilinayotgan qonunlarda mutlaqo yangi prinsiplar asosida namoyon
bo‘lmoqda. Jumladan, Mehnat kodeksining qabul qilinishi, mehnatga oid
bir qator qonunlarning ishlab chiqilishi tufayli shu huquq sohasiga xos
bo‘lgan yangicha prinsiplar mehnat huquqi sohasida mehnat
munosabatlarini tartibga solishga oid rahbariy g‘oyalar, yetakchi
tushunchalar shakllana boshladi. Birinchi navbatda, mehnat huquqi fanida
o‘rganiladigan umumhuquqiy, insonparvarlik prinsiplari: ijtimoiy adolat,
kamsitishga yo‘l qo‘ymasligi, fuqarolarning qonun oldida teng ekanligi,
qonunchilikka qat’iy amal qilinishini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling