Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
- §. Kasaba uyushmalari – mehnat huquqining subyekti
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
3-
§. Kasaba uyushmalari – mehnat huquqining subyekti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jamoat birlashma- lari to‘g‘risida alohida bob ajratilishi, fuqarolarning jamoat birlashma- larini tuzish erkinligi qonuniy asosga egaligi va kafolatlanishining yorqin dalilidir (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi XIII bob, 56–62- moddalari). O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublika- sining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, jamoat birlashmalari deb o‘z huquqlari, erkinliklari hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan-madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilmaga aytiladi. Jamoat birlashmalarining ko‘pgina turlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga muvofiq, qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolar- ning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Jamoat birlashmalarini fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, ularni davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlash kabi maqsadlarda tuziladi. Jamoat birlashmalari o‘z ustavlariga, mulklariga ega bo‘ladilar. Jamoat birlashmalari deb e’tirof etilgan kasaba uyushmalari haqida shuni aytish kerakki, kasaba uyushmalari – ko‘ngilli jamoat tashkiloti bo‘lib, ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan mehnatkashlarni birlashtiradi. Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatlarida davlat boshqaruv va xo‘jalik organlaridan, siyosiy va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomonidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi. 50
chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar organlarini saylaydilar, o‘z faoliyatlarini tashkil etadilar, yig‘ilishlar, konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar o‘tkazadilar. Kasaba uyushmalari o‘z ustavlarida belgilangan maqsadlar va vazifalarga muvofiq ravishda, boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o‘z xohishiga ko‘ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalarining birlashmalari va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya etadilar, aholini ish bilan ta’minlash borasida davlat siyosatining ishlab chiqilishida qatnashadilar. Kasaba uyushmalari aholini ish bilan ta’minlashning ahvoli va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib boradi. Kasaba uyushmalarining mehnat sharoiti va mehnatga haq to‘lash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlashga, mehnatkashlarning uy-joy sharoitiga, ijtimoiy sug‘urtaga, ularning sog‘liqni saqlash va madaniyatga taalluqli manfaatlarini himoya qilish, pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari bilan tartibga solinadi. Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida mehnatkashlarni ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlari, narx- navo indeksining o‘zgarishiga qarab tovon to‘lash miqdorini aniqlashda qatnashadilar, qonunda belgilab qo‘yilgan pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdoriga rioya etilishini nazorat qiladilar. Davlat va xo‘jalik organlarining ma’muriyati, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalariga huquqlaridan foydalanishga, ularning faoliyatlariga ko‘maklashishlari shart. Bu organlar va shaxslar kasaba uyushmalari huquqlarini buzganliklari yoki ularning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganliklari uchun qonunlarda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Kasaba uyushma organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylov vakolatlari tugaganidan so‘ng, avvalgi o‘z ishlari (lavozimlari) beriladi, bunday ishlar (lavozimlar) bo‘lmagan taqdirda, o‘sha korxonada yoki xodimning roziligi bilan boshqa korxonada avvalgisiga teng keladigan boshqa ish (lavozim) beriladi. Tegishli ish berishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, oldingi ish joyidagi korxona ma’muriyati, korxona tugatilgan 51
o‘rtacha ish haqini saqlab qoladi, lekin bu muddat olti oydan oshmasligi kerak. Malakasini o‘zgartirish uchun o‘qish chog‘ida esa bir yil muddatgacha o‘rtacha ish haqi saqlab turiladi. Hatto xodim ikki yil davomida ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kasaba uyushmalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolati to‘g‘risida»gi 1992-yil 2-iyul qonuni bilan tartibga solinadi. Bu qonun 3 bob, 22 moddadan iborat bo‘lib, 1-bob – Umumiy qoidalar (1–6-m.); 2- bob – Kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari (7–17-m.); 3-bob – Kasaba uyushmalarining asosiy kafolatlari (18–22-m.)ni o‘z ichiga oladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling