Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet14/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Mehnat shartnomasi – bu xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan
mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga
bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi
qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida,
haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvlar.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari hisobla-
nadilar, keng ma’noda mehnat munosabatlarining subyekti bo‘lishi
mumkin bo‘lgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs mehnat
shartnomasining taraflari hisoblanadi. Mehnat shartnomasini tuzish
haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar bo‘lishi mumkin,
masalan, tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va shu kabilar.
Mehnat shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
a)muayyan turdagi mehnat vazifalarining bajarilishi (mehnatning
predmeti);
b) ishning bajaruvchi korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalariga
qat’iy amal qilgani holda, o‘z xizmat vazifalarini bajarishi lozimligi;
d)ishning oxirgi natijalariga ko‘ra, oldindan belgilangan stavkalar,
ishbay baholar, mansab maoshlari asosida ham to‘lanishida ko‘zga tash-
lanadi.
Mehnat shartnomasining mazmuni deganda taraflar kelishuvchi
bilan, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarda aks etgan shartlar ko‘zda tutiladi. Mehnat shartnomasini tuzish,
uni o‘zgartirish va bekor qilish mehnat qonunchiligi hamda normativ
hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Yangi qonun qabul qilingunga qadar mehnat shartnomasi yozma yoki
og‘zaki
usulda
tuzilgan.
Mehnat
shartnomasi
O‘zbekiston
Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi qonuniga muvofiq 1993- yil 3-
dekabrdan boshlab barcha muassasalarda ishga kiruvchilar bilan yozma
shaklda, bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilishi va har bir tarafga
(ish beruvchi va xodim) saqlash uchun berilishi shart. Bu talab
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 74-moddasida ham
ko‘rsatib o‘tilgan.
Mehnat shartnomasining namunaviy yozma shakli O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ
hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 1997-yil 11-mart 133-sonli qarori
bilan tasdiqlangan (1-ilova). Mehnat shartnomasida ishga kiruvchi va
ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning kelishuvi


55
asosida ish joyi, xodimning mehnat vazifasi, ya’ni mutaxassisligi,


malakasi, u ishlaydigan lavozim, ishning boshlanish kuni, agar muddatli
mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, uning tugash kuni, mehnat haqi
miqdori, qo‘shimcha mehnat ta’tilining muddati, beriladigan imtiyozlar va
mehnatning boshqa shartlari belgilanadi.
Amaliyotda ayrim muassasalarda ish haqining miqdori aniq summada
(masalan, 20 ming so‘m) ko‘rsatiladi. Bu, albatta, noto‘g‘ri. Ish haqidagi
ma’lumotda lavozim bo‘yicha razradi ko‘rsatilishi kerak. Chunki bu oylik
maosh miqdori hukumat tomonidan oshirilganda ancha qiyinchiliklar va
nizolarning oldini oladi.
Mehnat shartnomasi xususiy huquqiy shartnomalarning bir turi
sifatida shartnomalarga xos barcha xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi va
uning taraflari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy munosabat, huquqlar va
majburiyatlar mazmunini ifodalaydi.
Mehnat shartnomasi ham uning taraflarida bir-birlariga nisbatan o‘zaro
huquqlar va majburiyatlarni yuzaga keltirishga qaratilgan kelishuv ekanligi
bilan har qanday shartnomalar bilan umumiy xususiyatga egadir. Ayniqsa,
tartibga solish predmeti mehnat ekanligi bilan ish bajarish (xizmat
ko‘rsatish)ga oid fuqarolik huquqiy shartnomalar (pudrat, topshiriq,
mualliflik, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish va boshqalar) bilan o‘xshash
jihatlarga ega.
Biroq, mehnat shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari va bir qator
jihatlari borki,
ular
mehnat shartnomasini fuqarolik
huquqiy
shartnomalaridan aniq farqlash imkonini beradi.
Mehnat huquqi fanida ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ana
shunday farqlovchi jihatlar qatoriga quyidagilar kiritilishi mumkin:
1) mehnat shartnomasiga ko‘ra xodim korxonada muayyan kasb,
ixtisos va malakaga oid ishni bajarishi, ish beruvchi esa ana shunday ish
bilan ta’minlashi lozim. Mehnat shartnomasi majburiyati predmeti ishning
natijasi yoki ko‘rsatiladigan muayyan xizmat turi emas, balki tirik
mehnatning o‘zi sanaladi. Har bir xodim mehnat jamoasi tarkibida
bo‘lgani holda bajaradigan ishning xususiyati ishlab chiqarish
vazifalaridan kelib chiqqan holda tegishli kasb, ixtisos doirasida o‘zgarib
turishi mumkin;
2) xodim o‘z kasbi, ixtisosi, lavozimiga oid ishni korxona ichki
mehnat tartibiga amal qilgan holda bajarishi lozim bo‘ladi. Ichki mehnat 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling