Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet17/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Alohida turdagi mehnat shartnomalariga quyidagilar kiradi: 
1) xodimlarni tashkiliy ravishda ishga qabul qilish;
2) konkurs asosida ishga qabul qilish;
3) mavsumiy ishga qabul qilish;
4) o‘rindoshlik bo‘yicha ishga qabul qilish;
5) kasanachilik bo‘yicha ishga qabul qilish.
Xodimlarni tashkiliy ravishda ishga qabul qilish fuqarolarni ixtiyoriy
asoslarda boshqa yerlarda joylashgan korxonalardagi doimiy yoki
mavsumiy ishlarga rejali ravishda jalb etishning asosiy usulidir.
Tashkiliy ravishda ishga qabul qilish ishga joylashtirish byurolarida
amalga oshirilib, korxona nomidan muddatli yozma mehnat shartnomasi
tuziladi. Shartnoma 18 yoshdan 55 yoshgacha erkaklar va 18 yoshdan 55
yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan 2 yilgacha yoki 3 yil muddatga tuziladi.
Shartnoma tuzilishidan oldin fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazilishi shart.
Yashash joyidan boshqa joylarga tashkiliy ravishda ishga qabul qilish
tartibida shartnoma tuzgan xodimlarga bir yo‘la yordam puli beriladi va
ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar to‘lanadi. Fuqarolarga uy-
joy, kasbi va ixtisosi bo‘yicha ish, shuningdek, o‘qish va malakasini
oshirish uchun imkoniyat beriladi.
Kasanachilar (uyda ishlovchilar) – korxona tomonidan ajratiladigan
materiallar, mehnat qurollari va vositalaridan foydalanib, o‘z shaxsiy
mehnati bilan ishlarni uyda bajarish haqida ish beruvchi bilan mehnat
shartnomasini tuzgan shaxslardir. Kasanachilarga o‘z mexanizmlari va
asbob-uskunalaridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. Kasana-
chilar xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqaradilar, fuqarolar va ish
beruvchilarga ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatadilar hamda boshqa


71
ishlarni ham bajaradilar. Ishlar kasanachilarning oila a’zolari qatnashu-


vida ham bajarilishi mumkin.
Amaldagi qonunlarga asosan, 15 yoshgacha bolalari bo‘lgan
ayollarga, nogironlar va pensionerlarga, tibbiy ko‘rik tomonidan uy
sharoitida ishlash tavsiya etilgan, mehnat qobiliyati past shaxslarga, kasal
oila a’zolariga uzoq vaqt qarab turuvchi shaxslarga uyda ishlash
to‘g‘risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzishda imtiyozli
huquqlar beriladi.
Kasanachilar bilan mehnat shartnomasi yozma ravishda tuzilib, unda
asosiy va qo‘shimcha shartlar belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2006- yil 5-
yanvardagi «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish
asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani
kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni
kasanachilikni rivojlantirish mehnat sohasidagi dolzarb vazifalardan biri
ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mavsumiy ishlar – yil bo‘yi emas, balki 6 oydan oshmaydigan ma’lum
davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlardir. Mavsumiy ishlarning
maxsus ro‘yxati mavjud. Ular jumlasiga, masalan, qor va muz tozalash
kabi ishlar kiradi. Mavsumiy ishlarga qabul qilinganlarga nisbatan qonun-
qoidalar ba’zi istisnolar bilan joriy qilinadi. Masalan, mavsumiy ishga
qabul qilishda sinov qo‘llanilmaydi, mavsumiy xodimlar ma’muriyatni 3
kun oldin ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini bekor qilish
huquqiga egadir, ular ta’til olish yoki uni pullik kompensatsiya bilan
almashtirish huquqidan foydalanmaydilar.
O‘rindoshlik – xodimning o‘zining asosiy ishlaridan tashqari, alohida
mehnat shartnomasi asosida muntazam haq to‘lanadigan boshqa ishlarni
bajarish. O‘rindoshlikda xodimlarga o‘z asosiy ish joyidagi bitta ish
beruvchi yoki boshqa ish beruvchida ishlashga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasida bir
kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi,
bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda
ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun,
shuningdek o‘rindoshlik asosida ish bajarilganida (xodim o‘zining asosiy
ishini bajarishidan tashqari, asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat
shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarganda),
xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari


72
o‘rtasidagi kelishuvga binoan amalda bajarilgan ish yuzasidan belgilanishi


nazarda tutilgan.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida o‘rindoshlar mehnatini
tartibga soluvchi me’yoriy hujjat qabul qilinmaganligi sababli
o‘rindoshlar mehnatiga oid munosabatlar 1989-yil 9-martda sobiq Ittifoq
davlat Mehnat komiteti tasdiqlagan (1990-yil 15-avgustda o‘zgartishlar
kiritilgan) Nizom bilan tartibga solib kelinmoqda. Shuni eslash joizki, bu
nizomning faqat Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasida amal
qilayotgan boshqa me’yoriy hujjatlarga zid kelmaydigan qismigina
qo‘llanilishi kerak.
O‘rindoshlikni kasblar, lavozimlarni qo‘shib bajarish, shuningdek
xizmat doirasini kengaytirishni ishlar hajmining kengayganligi
tushunchasidan farqlay bilmoq kerak. Jumladan:
1) xodim o‘rindoshlik asosida ishlaganida, asosiy ishdagi vaqtidan
tashqari, qo‘shimcha vazifalarni bajaradi. Qo‘shib bajarishda esa qo‘-
shimcha vazifalar asosiy ish bo‘yicha majburiyatlar bilan bir ish vaqtining
o‘zida bajariladi;
2) o‘rindoshlik ishi asosiy ish joyidagi korxona va boshqa
korxonada ham bajarilishi mumkin. Qo‘shib bajarish esa faqat bir
korxonaning o‘zida amalga oshiriladi.
3) qonun hujjatlarida o‘rindoshlik bo‘yicha ish muddati cheklangan.
U asosiy ish bo‘yicha kuniga to‘rt soatdan va asosiy ishdan bo‘sh
kunlarida to‘la ish kunidan oshmasligi kerak. Barcha hollarda ham
o‘rindoshlik bo‘yicha ishning muddati xodimlarning tegishli toifasi uchun
belgilangan ish vaqti oylik me’yorining yarmidan ortib ketmasligi kerak.
Qo‘shib olib borish tartibida esa, qo‘shimcha vazifalarning bajari-
lishi vaqt bilan emas, balki xodimning asosiy ishi bilan bir vaqtda,
qo‘shimcha ish hajmini bajarish qobiliyati va imkoniyati bilan belgilanadi.
Bir vaqtda bir necha korxonada o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat
etiladimi, degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Umumiy qoidaga ko‘ra, bir
necha korxonada o‘rindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi. Xodim
o‘rindoshlik bo‘yicha asosiy ish joyida yoki boshqa korxonada ishlashga
haqlidir.
Lekin bu umumiy qoidaga istisno holatlar ham mavjud. Mutaxas-
sisligi bo‘yicha bir necha korxonalarda ishlashga:
a) o‘rta maktablar, o‘rta maxsus, hunar texnika va boshqa o‘quv
yurtlarining o‘qituvchilari, tarbiyachilari, konsertmeysterlari, jo‘rlik


73
qiluvchi sozandalari, ularga mehnat haqi bo‘yicha tenglashtirilgan


xodimlarga;
b) maktabgacha, maktabdan tashqari va boshqa bolalar muassasalari,
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, madaniyat va san’at muassa-
salarining pedagogik xodimlariga;
d) tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga;
e) veterinar xodimlarga;
f) to‘garaklarning badiiy rahbarlari, sport murabbiylari va boshqa
mutaxassislarga ruxsat etiladi.
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, o‘rindoshlik asosida ishlash uchun
asosiy ish joyidagi ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining
roziligi talab qilinmaydi.
Shu yerda o‘rindoshlik asosida ishlash qaysi toifadagi xodimlarga
nisbatan cheklanadi, degan savolga javob berish kerak bo‘ladi. Bunga
javoban aytish lozimki, yuqorida eslatib o‘tilgan Nizomning ikkinchi
bandiga ko‘ra, korxonalarning rahbarlari, kasaba uyushma qo‘mitalari
yoxud xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan hamkorlikda alohida
mehnat shartlari va tartibiga ko‘ra, ba’zi kasb va lavozimlardagi
o‘rindoshlik, qo‘shimcha ishlar xodimlarning sog‘lig‘iga yoki ishlab
chiqarishning xavfsizligiga qarshi oqibatlarni keltirib chiqarsa, shu
kasblar va lavozimlardagi xodimlarga nisbatan o‘rindoshlikka cheklashni
joriy etish mumkin. O‘rindoshlik asosida ishlashni cheklashlar,
shuningdek 18 yoshga to‘lmagan shaxslar va homilador ayollarga ham
joriy etiladi.
Agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir
vaqtning o‘zida ikkita rahbarlik lavozimini (usta lavozimidan tashqari)
egallashga yo‘l qo‘yilmaydi. Rahbar lavozimlariga jamoalarga rahbarlik
qilish bilan bog‘liq lavozimlar kiradi.
Shunga e’tiborni qaratish lozimki, qonun hujjatlarida xodimlarning
ayrim toifalariga o‘rindoshlik yo‘li bilan ishlashni cheklash nazarda
tutiladi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-
moddasi va O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul
qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonunining 65-moddasi
sudyalarning siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi va siyosiy harakatlarda
ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq
to‘lanadigan boshqa biron-bir lavozimni egallash mumkin emasligini
nazarda tutadi.


74
O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan


«Prokuratura to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonunining 43-moddasiga
ko‘ra prokuratura organlarining xodimlari haq to‘lanadigan boshqa biron-
bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas, bundan ilmiy,
pedagogik va ijodiy ishlar mustasnodir.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling